|
Menejment va marketing
|
bet | 108/192 | Sana | 19.01.2024 | Hajmi | 2,21 Mb. | | #140803 |
Bog'liq Toshkent – 2023 Mavzu 1«Menejment va marketing asoslari» fanininTashqi axborotlar, ya’ni:
yuqori tashkilotlardan olinadigan farmoyish, qaror va topshiriqlar;
mahsulot iste’molchilari talablari;
boshqa korxonalarning il¨or tajribalari;
raqobatdoshlarning xatti-xarakatlari;
bozorlardagi holat, ulardagi muvozanat;
inflyatsiya va ishsizlik darajasi;
byudjetga to`lovlar va hokazolarga oid ma’lumotlar shu turkumdagi axborotlar sirasiga kiradi. Bular tashqi muammolardan kelib chiquvchi axborotlar hisoblanadi.
Agar korxona ichida axborot oqimlarining kelishi va tashqi dunyo bilan aloqalar buzilsa, korxonaning yashashi xavf ostida qoladi.
Boshqarishda foydalaniladigan va bajarilishi uchun uzatiladigan axborotlarga qo`yidagi talablar qo`yiladi:
ishonchlilik;
tushunarli, bir ma’nolilik;
tezkorlik;
tuliqlik;
tejamlilik.
Hozirgi davrda rahbar boshqaruv ishlarida tashabbus va omilkorlik ko`rsatishi, operativ ish olib borishi, vaziyat o`zgarishni o`z vaqtida payqab olish, resurslar bilan manevr qila olishi, har bir ko?kret sharoitda maqbul qaror qabul qilishi zarur. Buning uchun rahbar ishonchli va mazmunli axborot olib turishi lozim. Ortiqcha, befoyda axborot rahbar ishini qiyinlashtiradi, ortiqcha mehnat va vaqt sarflashga olib keladi.
Axborot tushunarli bo`lishi kerak. Chalkash, bir-biri bilan taqqoslab bo`lmaydigan ko`rsatkichlar to`¨ri rahbarlik qilishga va o`z vaqtida qaror qabul qiliga putur etkazadi.
Ahborotning o`z vaqtida kelishi va o`z vaqtida bajaruvchilarga yuborilishi, ya’ni tezkorligi ham juda muhimdir. U boshqaruv jarayonining, bino-barin, ishlab chiqarishning uzluksiz borishiga yordam beradi. Shuningdek, dastlabki axborotni boshqarish turli maqsadlar uchun oson o`zgarish, undan boshqaruvning barcha bo`¨inlarida foydalanish mumkinligi, axborotning uzil-kesil ishlanish, qo`shimcha ishlov bermasdan foydlanishi ham katta ahamiyatga ega.
Zarur paytda kerakli natija beradigan axborotlar qimmatli hisoblanadi. Kech berilgan axborotlar o`z qimmatini yo`qotadi.
Ishlab chiarish vaziyatiga to`¨ri baho berish va aniq qaror qabul qilish uchun boshqaruv organi axborot bilan to`liq ta’lim etilishi, axborot hajmi maqsadga muvofiq bo`lishi kerak. Axborot etishmasligi yoki haddan tashqari ko`payib ketishi tezkor va to`¨ri boshqarishga xalal beradi.
Va, nihoya, boshqarish apparati xodimlari qanchalik yuqori malakali bo`lsa, axborot qimmati ham shunchalik yuqori va tartibga solingan bo`ladi. Boshqarish organlari ma’lumotlar qabul qiluvchi texnika vositalari bilan qanchalik mukammal ta’minlangan bo`lsa, rahborlarga ortiqcha, befoyda ma’lumotlar shunchalik kam kelib tushadi. Bu esa o`z navbatida axborot oqimidagi tejamkorlikni ta’minlaydi.
Boshqarish tizimining muvaffaqiyatli ishlashining zarur sharti faqat to`¨ri aloqagina emas, balki teskari aloqaning ham mavjud bo`lishidir. Teskari aloqa har qanday darajadagi tizimlar harakatini roslab turish uchun universal mexanizm hisoblanadi.
Boshqariluvchi tizimdan boshqaruvchi tizimga (bo`ysinuvchidan boshliqqa) kelib tushadigan axborotni, ya’ni berilgan farmoyish va buyruqning natijalari to`¨risidagi axborotni teskari aloqa deb tushunish qabul qilingan.
|
| |