|
Motivatsiyaning iqtisodiy va noiqtisodiy omillari
|
bet | 104/192 | Sana | 19.01.2024 | Hajmi | 2,21 Mb. | | #140803 |
Bog'liq Toshkent – 2023 Mavzu 1«Menejment va marketing asoslari» fanininMotivatsiyaning iqtisodiy va noiqtisodiy omillari
Iqtisodiy motivlar
|
Noiqtisodiy (tashkiliy va ma’naviy) omillar
|
|
Maqsadli motivlar
|
Mehnatni boyitish motivlari
|
Daxldorlikni oshirish omillari.
|
1
|
2
|
3
|
4
|
ish haqi
tadbirkor lik foydasi
turli imtiyoz va mukofotlar berish yoki
jarima
mukofotdan mahrum etish va h.k.
|
xodimlar oldi-ga ular faoliyati-ni yuksaltiruvchi aniq va ravshan maqsadlarni qo‘yish
|
xodimlarning ish faoliyati doirasini kengaytirish
xodimlar meh-natini boyitish;
murakkab ish berish;
yanada yuqoriroq bosqichdagi ish be-rish va h.k.
|
Sotsial masalalarni echishda xodimlarga hal qiluvchi ovoz berish
qarorlarni qabul qi-lishda xodimlarni jalb qilish
xodimlarga mas’-uliyat yuklash va vakolat berish va h.k.
|
Motivatsiya-bu faqat mukofotlarni tarqatish emas. O`z xizmat vazifalarini bajara olmagan ¸ki mehnat intizomini buzgan xodimlarni adolatli jazolash ham ularni o‘z faoliyatlarini yaxshilashga undaydi.
Qo‘yida nemis olimlari V. Zigert va L. Langlarning mehnatni tashkil qilish va uni motivlashtirish bo‘yicha takliflarini keltiramiz:
har bir harakat, ayniqsa mazkur harakatni bajarilishini talab qiluvchining harakati obdon o‘ylangan bo‘lishi kerak;
kishilar mehnatidan zavq olishi kerak, ishi uchun javob berishi lozim, natija uchun birga kurashi darkor;
har bir kishi o‘z ish joyida o‘zini nimaga qodir ekanligini ko‘rsatgisi keladi;
kishilarning o‘z ishlarini takomillashtirish to‘g‘risidagi fikrlarini bilish lozim;
kishilarni o‘zligini anglashga imkon berish kerak;
maqsadga erishishga o‘z daxldorliligini his etgan xodim yanada ko‘proq kuch bilan ishlashga, o‘zini ko‘rsatishga harakat qiladi;
yaxshi ishlaydigan kishilar ham moddiy ham ma’naviy tomondan tan olinishiga haqlidirlar;
har bir xodimga barcha axborotlarga kira olish huquqi bo‘lishi kerak, buning ustiga tez bo‘lishi muhimdir;
xodimlarning ish faoliyati yo‘nalishini o‘zgartirish to‘g‘risidagi qaror ularning ishtrokida, ularning tajribasi, bilimiga asoslangan holda qabul qilinishi kerak;
o‘z o‘zini nazorat bo‘lishi kerak;
ish jara¸nida xodimlar yangi bilimlarni ola olishi lozim;
xodimlardan suvini siqib chiqarish emas, balki ularning tashabbuslarini qo‘llab quvvatlash darkor;
xodimlar o‘z mehnatlarining sifati to‘g‘risida axborotga ega bo‘lishlari lozim;
har bir xodim o‘z o‘ziga imkoniyat boricha xo‘jayin, boshliq bo‘lishi kerak:
har bir kishi muvaffaqiyatga intiladi.
|
| |