|
Menejment va marketing
|
bet | 103/192 | Sana | 19.01.2024 | Hajmi | 2,21 Mb. | | #140803 |
Bog'liq Toshkent – 2023 Mavzu 1«Menejment va marketing asoslari» fanininX(iks) nazariyasi bo‘yicha ishchilar ishlashni xohlamaydi, javobgarlikdan qochadi, ular tabiatan yalqov, ishyoqmas bo‘ladilar. Shu bois ularni doimo turtib, majburlab, nazorat qilib, jazo bilan qo‘rqitib turish kerak. Shundagina ular korxona uchun yaxshi ishlaydilar.
U(igrek) nazariyasida kishilarga ishonib, qobiliyatlarini rivojlantirib, ular o‘zlarining foydaliligi va muhimliklarini his qilishsa, ishdan qoniqish hosil qilishsa, shundagina korxonaga katta foyda keltirish mumkin deyiladi. Bu nazariya xodimning o‘z mehnatidan qoniqish hosil qilishiga hamkorlik ko‘rsatuvchi:
xizmatlarning tan olinishi;
xizmatdagi o‘sishi;
malakasining oshishi;
mas’uliyatning yuqoriligi kabi omillarni motivatsiyaga da’vat etuvchi omillar deb talqin qiladi.
Bu nazariyaga binoan boshqaruvchi ko‘rsatma beribgina qolmay, har bir kishining qobiliyatini ishga yo‘naltiradi. Ishning ko‘zini bilgan rahbar o‘z bo‘ysinuvchilariga vakolatlar va qabul qilingan qarorlarni bajarishda erkinlik beradi.
Umuman rahbar oldida qo‘yidagi ikki maqsad turishi kerak:
motivatsiya vositalarini yaxshilash yo‘li bilan bo‘ysinuvchilarning norozilik darajasini pasaytirib borish;
xodimlarning tashabbusini uyg‘otadigan motivatsiyaning kuchli vositalarini qo‘llab, ularning ehtiyojlarini to‘laroq qondirish.
Motivatsiyaning ana shunday vosita (regulyator)larini qo‘yidagi jadvalda keltiramiz.
Motivatsiya regulyatorlari
Ishchi kuchi
|
ixcham ish joyi
shovqinning past bo‘lishi
ergonomika, dizayn holati
toza, ozodalik darajasi
oshxonaning mavjudligi va h.k.
|
Rag‘batlantirish
|
yaxshi ish haqi
mehnatiga yarasha adolatli rag‘batlantirish
mukofot, dividendlarni berib turish
sotsial sharoitlarni yaratish (uy-joy, bog‘cha, tibbiy xizmat, tekin ovqatlanish, sport va madaniy hordik)
|
Xavfsizlik
|
korxonaga zarurligingizni his etish;
hurmat, kasbdoshlar va rahbarlar tomonidan tan olinishi
jamoaga bo‘lgan yaxshi munosabat*
|
Shaxsiy o‘sish, yuksalish
|
o‘qish uchun imkoniyat;
amalga ko‘tarilish imkoniyati;
mas’ullik va ta’sir kuchining o‘sishi;
tashabbus, o‘zini ko‘rsatish va sinash imkoniyati.
|
Daxldorlik hisi
|
ishingizning foydaligini his etish
korxona faoliyati, rejalari va istiqboli haqida axborotlarga egaligingiz;
rahbariyat tomonidan xodimlar fikrini hisobga olishi;
hamkorlikda qarorning qabul qilinishi.
|
Qiziqish va undash
|
maroqli, qiziq, zavqli ish
mahoratni o‘stirishni talab qiluvchi murakkab ish
yuksaluvchi mas’uliyat
raqobatga chorlovchi samara
maroqli va murakkab maqsad
|
Muvoffaqiyatga intiluvchi rahbar ana shu regulyator va omillarga asoslanib o‘z ishonchi bilan boshqalarga etakchi bo‘lib, ular orqali xizmat ko‘rsatadigan mijozlarni g‘alabaga ishontiradi, atrofiga istiqbolli xodimlarni yig‘ib, ularning xurmatini qozonadi, qo‘l ostidagilarni sevadi, ularning muammosini o‘zining muammosi deb tushunadi, ishni yuqori darajada bajarishga tadbirkorlik bilan kirishadi.
Umuman mehnat natijalarini rag‘batlantirishda motivatsiyaning quyidagi iqtisodiy va noiqtisodiy usullari qo‘laniladi.
|
| |