|
Menejment va marketing
|
bet | 102/192 | Sana | 19.01.2024 | Hajmi | 2,21 Mb. | | #140803 |
Bog'liq Toshkent – 2023 Mavzu 1«Menejment va marketing asoslari» fanininKutish nazariyasi amerikalik ruhshunos V.Vrum tomonidan 1964 yilda ishlab chiqilgan. Uning mohiyati shundaki, motivatsiya nafaqat ehtiyojni qoniqtirishga, shuningdek maqsadga erishish uchun tanlangan hohshga ham bog‘liq. Kutish nazariyasida 3 ta muhim omilning o‘zaro munosabati asosiy o‘rinni tutadi:
mehnat xarajatlari (MX) bilan natija (N) o‘rtasidagi farqni kutish (MX-N);
natija(N) bilan rag‘batlantirish (R) o‘rtasidagi farqni kutish (N-R);
rag‘batlantirish qiymati (Q), ya’ni qoniqishning yoki qoniqmaslikning nisbiy ko‘rsatkichi.
Xar uchala omil o‘rtasidagi bog‘lanishni qo‘yidagicha ifodalash mumkin:
Motivatsiya (M) =(MX-N) (N-R) Q.
Kutilgan narsa qanchalik qoniqishga olib kelsa, shunchalik motivatsiya kuchli bo‘ladi. Bu degan so‘z-ehtiyoj tushunchasidan tashqari rahbar murakkab, qiyin ishga astoydil ishlaganga yaxshi haq to‘lanadigan va rag‘batlanadigan aniq kutish vaziyatlarini yaratish kerak. Kutish nazariyasining mohiyati ham shuni taqoza etadi.
Adolatlilik nazariyasiga binoan kishilar o‘zlari erishgan rag‘bat darajasini shu tizimda band bo‘lgan boshqa kishilar erishgan rag‘bat darajasi bilan qiyosiy taqqoslaydi, ya’ni:
_____________________________________________________
Individual daromad Boshqa shaxs daromadi
_________________ = ___________________
Individual xarajat Boshqa shaxs xarajati
_____________________________________________________
Dj.Adams fikricha xarajat tarkibida nafaqat xodimning mazkur ishni bajarishga sarflagan mehnati, shu bilan birga uning shu korxonada ishlagan ish staji, malaka darajasi, yoshi, sotsial mavqei kabilar ham inobatga olinadi.
Agar barcha baholashlar va taqqoslashlar natijasida adolatsizlikka yo‘l qo‘yilmaganligi ma’lum bo‘lsa, u holda motivatsiya omillari ijobiy tomonga ishlaydi. O`zgalarga qanday yondoshilgan bo‘lsa unga ham xuddi shunday yondoshilgan bo‘lsa, u holda xodim kuchiga kuch qo‘shib mehnat qiladi va aksincha. Ya’ni agar xodim bu erda adolatsizlikka yo‘l qo‘yilganini sezsa, ya’ni rag‘batlantirishda tengsizlik bo‘lgan bo‘lsa, u holda korxonada asabbuzarlik holati vujudga kelib ixtiloflarning sodir bo‘lishga sabab bo‘ladi. Adolat tarozisi buzilgan bo‘ladi.
Kimki qo‘lidan keladigandan ortiqchasiga intilsa, u adolatdan mahrumdir.
Toki kishilar mehnatiga, qobiliyatiga, bilim zakovatiga yarasha taqdirlanmas ekanlar, ular unumdorlikni, intensivlikni oshirishga harakat qilmaydilar. Korxonada hamjihatlik muhiti qaror topmaydi.
Motivlashtirishda X (iks) va U (igrik) nazariyalari ham a’lohida o‘rinni tutadi. Bu nazariyalarning muallifi amerikalik ruhshunos D.Mak Gregor bo‘lib, u boshqaruvchi va xodimlarning mehnatga bo‘lgan munosabatini ifodalaydi.
|
| |