|
Axborot tizimlari. Raxbarning axborotlarni qabul qilishi
|
bet | 110/192 | Sana | 19.01.2024 | Hajmi | 2,21 Mb. | | #140803 |
Bog'liq Toshkent – 2023 Mavzu 1«Menejment va marketing asoslari» faninin3.Axborot tizimlari. Raxbarning axborotlarni qabul qilishi.
Ishlab chiqarish doimiy rivojlanishda bo`lganligi sababli axborot turlari, soni va ko`lami ham ko`payib boraveradi. Shu bois yuqorida keltirilgan turkumlashni to`liq deb bo`lmaydi. Barcha boshqarish vazifalarini kompleks hal etish uchun axborotlar har bir boshqarish ob’ektining o`ziga xos xususiyatlarini hisobga olib aniq turkumlanadi.
Axborot tizimlari ikki xil bo`lishi mumkin.
Axborotlar tizimi
Oddiy tizim
Murakkab tizimi
13.2-sxema. Axborotlar tizimi.
Oddiy tizim. Axborot paydo bo`lgan joydan iste’mol joyiga keltiriladi. Bunday axborot telefon orqali yoki signallar vositasida kelib tushishi mumkin. Bu turdagi axborot tizimi qo`yi boshqaruv bosqichiga to`¨ri keladi. Ish joyidan masterga berilgan axborot bunga misol bo`laoladi. Bunday axborotga deyarli ishlov berilmaydi.
Murakkab tizim. Bu tizim ishlab chiqarish va boshqaruv tarkibining murakkabligi bilan bo¨liq. Bu erda dastlabki axborot yuzaga keladi. Ishlov berishda hisoblash texnikasidan keng foydalaniladi.
Murakkab axborot tizimining har xil darajada mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish turlari quyidagilardan iborat:
Axborotlarni to`la o`zlashtirish davri.
Bunda axborot oddiy mexanizimlardan foydalanilgan holda butunlay qayta ishlanadi.
* Aralash axborot tizimi.
Bunda axborotni mexanizatsiyalashgan va avtomatlashgan qurilmalari yordamida o`zgartirishlarga erishiladi. Bu tizim avtomatlashgan nazoratni ta’minlaydi, ba’zida korxonaning ishlab chiqarish faoliyati ustidan oddiy boshqaruv jarayonini amalga oshiradi.
* Axborot-ma’lumot tzimi.
Bunda ko`z bilan bajariladigan nazorat uchun ba’zi bir ma’lumotlarni berish bilan cheklanadi.
* Kuzatuv axborot tizimi.
Bu tizim avtomatlashgan nazorat va boshqaruvni ta’’minlaydi.
Keyingi ikkala tizim asosan texnologik jarayonlar to`¨risidagi axborotlarni qayta ishlash uchun qo`llaniladi.
|
| |