• T eskari aloqa
  • Axborotlarga qo’yiladigan talablar, teskari aloqa. Axborotlarni o’ziga xos belgilariga qarab tur va belgilariga ajratish, klassifikatsiya qilish




    Download 2,21 Mb.
    bet109/192
    Sana19.01.2024
    Hajmi2,21 Mb.
    #140803
    1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   192
    Bog'liq
    Toshkent – 2023 Mavzu 1«Menejment va marketing asoslari» faninin

    2.Axborotlarga qo’yiladigan talablar, teskari aloqa. Axborotlarni o’ziga xos belgilariga qarab tur va belgilariga ajratish, klassifikatsiya qilish.

    Boshqaruv tizimi unsurlari ichida murakkab, ko`p tomonlama va xilma-xil aloqalar mavjudligi sharoitida teskari aloqaning ahamiyati ayniqsa ortadi. Boshqaruvchi tizim farmoyish yoki buyruq (topshiriq) bergandan keyin shu farmoyish yoki buyruq qanday bajarilayotganligi to`¨risida teskari aloqa yo`li bo`yicha o`z vaqtida axborot bilan ta’minlanib turilmasa, boshqarish jarayoni buziladi va boshqaruv tizimi butunlay izdan chiqadi.


    Ishlab chiqarishni va davlat boshqarishning barcha darajalarida mustahkam teskari aloqa mavjudligi xarakterlidir. Oddiy bir misol. Mamlakatimizning iqtisodiy va sotsial rivojlanishi bo`yicha ishlab chiqiladigan barcha qonunlar albatta umumxalq muhokamasiga qo`yiladi, ularga mehnatkashlarning mulohaza va istaklari hisobga olinib, qo`shimchalar va o`zgartirishlar kiritiladi.
    Teskari aloqa yordamida axborotni jo`natuvchi bilan uni qabul qiluvchi o`rtasida aloqa o`rnatiladi. Bu jarayonda axborotni qabul qiluvchi axborot bilan o`zaro almashuv jarayonining barcha bosqichlarini takrorlaydi, natijada axborotni yuboruvchi endi uni qabul qiluvchiga aylanadi, ya’ni har ikkala tomon o`z vazifalarini o`zaro almashgandek bo`linadi.
    T eskari aloqa-bu eshitganga, o`qiganga yoki ko`rganga nisbatan aks ta’sir yoki ta’sirlanish tayanchi. Bunda mazkur axborotni olgan shaxs shu axborotga bo`lgan munosabatini, tushunganligi yoki to`liq tushmaganligini, qo`llab quvvatlashi yoki inkor etishini shu axborotni yuborgan shaxsga bildiradi. Bunday aloqa har ikkala tomonning bir-birini qanchalik tushunganini bilish uchun zarur.
    Rahbar berilgan topshiriq yoki aytilgan so`z har doim bo`ysinuvchilar tomonidan birdek qabul qilinadi deb o`ylamasligi kerak. Bunday xato fikrga boruvchi rahbar o`zini real voqelikdan uzoqlashtiradi. Teskari aloqani samarali o`rnatmagan rahbarning boshqaruv faoliyati zaiflashadi va inqirozga yuz tutadi.
    Shov-shuv axborot almashuv jarayonida salbiy ta’sir ko`rsatuvchi unsurlardan hisoblanadi. Axborotlarni uzatish nazariyasi tili bilan aytganda shov-shuv-bu ¨oyani buzib talqin qilishda namoyon bo`ladi. Aytilgan so`zdan tortib to uni qabul qilingungacha bo`lgan masofadagi turli to`sqinlar, shov-shuvlar axborotni kodlashtirish va dekodlashtirish, shuningdek rahbar bilan bo`ysinuvchi o`rtasidagi aloqa jarayoniga katta ta’sir o`tkazishi mumkin.
    Shu sababli shov-shuvni ham e’tiborsiz qoldirish mumkin emas.
    Hozirgi davrda xalq xo`jaligining turli bo`linmalari faoliyatini boshqarish, eng avvalo tegishli boshqaruv qarorlarini qabul qilish turli-tuman axborotlarga bo¨liq. Axborotlarning xilma-xilligi har bir boshqaruv ob’ektining faoliyati ko`p tomonlamaligi bilan, boshqaruv sohalari ham turli tumanligi bilan belgilanadi. Bular esa pirovard natijada ishlab chiqarish jarayonlari miqyosining kattaligi, o`ta murakkabligi va davom etish sur’atlarining yuqoriligi bilan bo¨liqdir.
    Boshqaruv axborotlari o`ta turli-tuman bo`lagnligi tufayli mazkur boshqarish qarorlarini ishlab chiqish uchun zarur va etarli axborotni tanlab olish ancha qiyin. Barcha axborotlarni o`ziga xos belgilarga qarab tur va guruhlarga ajratish, ya’ni klassifikatsiya qilish yoki tasniflash bu qiyinchilikni bartaraf etish yoki bir oz engillashtirishga ma’lum darajada yordam beradi.
    Turkumlaganda axborot tizimi har tomonlama soddalashadi, shuningdek uni to`plash, uzatish va turlarga ajratish osonlashadi,buning natijasida rahbar xodimlar axborot bilan to`liqroq ta’min etiladi. Barcha axborotlarni quyidagi belgilar bo`yicha turkumlash mumkin.
    Axborotlar turlari

    Mazmuniga qarab

    • iqtisodiy;

    • huquqiy;

    • sotsial;

    • texnikaviy;

    • tashkiliy;

    • texnologik va hokazo.

    Kelish manbai va foydalanish joyiga qarab

    • ichki axborot;

    • tashqi axborot;

    Kimga mo`ljallanganligiga qarab

    • korxona uchun;

    • bo`lim uchun;

    • tsex uchun;

    • uchastka uchun.

    Barqarorlik xarakteriga qarab

    • oddiy axborot

    • shartli-doimiy axborot;

    • o`zgarib turuvchi axborot.

    Foydalanish uchun tayyorligiga qarab

    • dastlabki axborot;

    • oraliq axborot;

    • yakuniy axborot;

    Davriyligiga qarab

    • smenali axborot

    • sutkali axborot

    • kvartallik va h.k.axborot.

    Boshqaruv jarayonidagi vazifasiga qarab

    • direktiv axborot

    • hisobot ko`rinishida axborot

    • hisoboga olish bo`yicha axborot

    • nazorat qilish bo`yicha axborot

    Voqealarning kelib chiqishini aks ettirish vaqtiga qarab

    • tarixiy axborot

    • joriy axborotlar

    • perspektiv axborotlar

    Mo`ljallanganligiga qarab

    • bir maqsadli axborotlar

    • ko`p maqsadli axborotlar, ya’ni ko`p muammolarni echishga mo`ljallangan axborotlar.

    Mustahkamlash va saqlash imkoniyatiga qarab

    • o¨zaki axborotlar

    • yozma axborotlar

    • ovozli axborotlar

    • tasvirli axborotlar va h.k.

    Muhimligiga qarab

    • o`ta muhim axborot (ko`rsatma, qo`llama)

    • muhim bo`lmagan axborotlar va h.k.

    To`liqligiga qarab

    to`liq, kompleks axborotlar
    to`liq bo`lmagan axborotlar

    Xarakteriga qarab

    • individual axborotlar

    • funktsional axborotlar

    • universal axborotlar

    Ishonchliliga qarab

    • ishonchli axborotlar

    • ehtimolli axborotlar


    Download 2,21 Mb.
    1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   192




    Download 2,21 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Axborotlarga qo’yiladigan talablar, teskari aloqa. Axborotlarni o’ziga xos belgilariga qarab tur va belgilariga ajratish, klassifikatsiya qilish

    Download 2,21 Mb.