|
Menejment va marketing
|
bet | 33/192 | Sana | 19.01.2024 | Hajmi | 2,21 Mb. | | #140803 |
Bog'liq Toshkent – 2023 Mavzu 1«Menejment va marketing asoslari» fanininSalbiy tomonlari
|
Ijobiy tomonlari
|
bunda boshqaruv faoliyati chuqur ixtisoslashadi. Bu esa boshquruv samaradorligi-ning kasb maxorati darjasi-ning o‘sishini ta’minlaydi. Masalan, marketing bo‘yicha mutaxassis shu soxani boshqa yuqori organlari rahbar-laridan yaxshi biladi va bu ishni yuqori saviyada bajaradi;
Funktsional soxada muvo-fiqlashtirish ishini yaxshi-lashga erishiladi. Xizmat-chilar bunga yaxshi va tez ko‘nikma xosil qiladilar.
moddiy xarajatlarni kamaytiradi va boshqarish-dagi takrorlanishlarga chek qo‘yadi va xokazo.
|
funktsional organlar o‘ziga topshirilgan funktsiyalarni sifatli bajarishdan manfaatdor bo‘lib, “begona” funktsiyalar uchun xam, butun korxonaning umumiy faoliyati uchun xam javob bermaydi.
Bunda xar bir rahbar o‘z funktsiyalari bo‘yicha farmoyish berish uchun barcha xuquqlarga egadir. Binobarin, bu narsa:
yakka boshchilik tamoyillari-ning buzilishga;
ijrochilarning ma’suliyati mustaxkam intizom bo‘lmasli-giga olib keladi. Chunki xar bir ijrochi bir boshliqqa emas, ayni vaqtda bir necha boshliqqa bo‘ysinadi, ko‘pincha ulardan bir-biriga zid ko‘rsatmalar oladi.
|
Funktsional strukturadagi qayd qilgan kamchiliklar, ya’ni:
funktsional bo‘limlarning ishlashlarini muvofiqlashtirish darajasi yuqori emasligi;
rahbarlarning vazifalari va xuquqlari unga muvofiqlashmaganligi;
ishning pirovard natijalari uchun aniq va mas’ul xodimlarning yo‘qligi;
funktsional bo‘linmalar o‘rtasida ish yuzasidan nizolarning mavjudligi;
boshqaruv apparatida ishga byurokratik munosabatda bo‘lish xollarining mavjudligi kabilarni bartaraf etish uchun chiziqli-funktsional (aralash) turdagi boshqaruv strukturasi tuziladi.
|
| |