1. O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini qabul qilish, unga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish;
|
2. O`zbekiston Respublikasi ¡onunlarini qabul qilish xamda ularga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish;
|
3. O`zbekiston Respublikasi ichki va tashqi siyosatining asosiy yo‘nalishlarini belgilash va davlat strategik dasturlarini qabul qilish;
|
4. O`zbekiston Respublikasining qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud xokimiyatlari tizimini va vakolatlarini belgilash;
|
5. O`zbekiston Respublikasi tarkibiga yangi davlat tuzilmalarini qabul qilish va ularning O`zbekiston Respublikasi tarkibidan chiqishi xaqidagi qarorlarin tasdiqlash;
|
6. Boj, valyuta va kredit ishlarini qonun yo‘li bilan tarktibga solish;
|
7. Ma’muriy-xududiy tuzilish masalalarini qonun yo‘li bilan tartibga solish, O`zbekiston Respublikasining chegaralarini o‘zgartirish;
|
8. Vazirlar Maxkamasining taqdimiga binoan O`zbekiston Respublikasining byudjetini qabul qilish va uning ijrosini nazorat etish, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni joriy qilish;
|
9. O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga va maxalliy vakillik organlariga saylov tayinlash; Markaziy saylov komissiyasini tuzish;
|
10. Vakolati tugashi munosabati bilan O`zbekiston Respublikasi Prezidenti saylov kunini tayinlash;
|
11. O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisini va uning o‘rinbosarlarini saylash;
|
12. O`zbekiston Rsepublikasi Konstitutsiyaviy sudini saylash;
|
13. O`zbekiston Respublikasi Oliy sudini saylash;
|
14. O`zbekiston Respublikasining Oliy xo‘jalik sudini saylash;
|
15. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga muvofiq O`zbekiston Respublikasi Tabiatni muxofaza qilish davlat qo‘mitasining raisini tayinlash va vazifasidan ozod etish;
|
16. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Bosh Vazir, uning birinchi o‘rinbosari va o‘rinbosarlarini, VazirlarMaxkamasi a’zolarini tayinlash va lavozimidan ozod etish to‘g‘risidagi farmonlarini tasdiqlash;
|
17. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining O`zbekiston Respublikasi Bosh prokurori va uning o‘rinbosarlarini tayinlash va lavozimlaridan ozod etish to‘g‘risidagi farmonlarini tasdiqlash;
|
18. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining raisini tayinlash va lavozimidan ozod etish;
|
19. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining vazirliklar, davlat qo‘mitalari va boshqa davlat boshqaruv organlarini tuzish va tugatishi xaqidagi farmonlarini tasdiqlash;
|
20. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining umumiy yoki qisman safarbarlik e’lon qilish, favqulotda xolat joriy etish; uning muddatini uzaytirish va to‘xtatish to‘g‘risidagi farmonlarini tasdiqlash;
|
21.Xalqaro shartnomalarni va bitimlarni ratifikatsiya (tasdiqlash) va denonsatsiya (barvaqt to‘xtatish) qilish;
|
22. Davlat mukofatlari va unvonlarini ta’sis etish;
|
23. Tumanlar, shaxarlar, viloyatlarni tashkil etish, tugatishi, nomini o‘zgartirishi va ularning chegaralarini o‘zgartirish;
|
24. Ushbu Konstitutsiyada nazarda tutilgan boshqa vakolatlarini amalga oshirish kiradi.
|