|
Menejment va marketing
|
bet | 44/192 | Sana | 19.01.2024 | Hajmi | 2,21 Mb. | | #140803 |
Bog'liq Toshkent – 2023 Mavzu 1«Menejment va marketing asoslari» fanininTayanch iboralar
|
|
boshqaruv strukturasi
ishlab chiqarish strukturasi
boshqarish bo`¨ini
boshqarish bosqichi
chiziqli struktura
chiziqli shtabli struktura
funktsional struktura
chiziqli funktsional struktura
dasturli maqsadli struktura
matritsaviy struktura
davlat qo`mitalari
uyushma (ittifoq)
korporatsiya
xolding kompaniyasi
korxona
Firma
|
boshqarish organi
qonun chiqaruvchi organ
ijro etuvchi organ
sud organlari
Vazirlar ma¦kamasi
Oliy majlis
Sud hokimiyati
Boshqarishning ma¦alliy organlari
Hokim
Boshqarishning tarmoq organlari
Vazirlar
Kontsern
Assosiatsiya
Kontsortsium
Milliy kompaniya
o`z-o`zini boshqarish organlari
|
|
O`z-o‘zini tekshirish uchun savollar:
1. Struktura nima?
2. Boshqaruv strukturasi nima?
3. Boshqaruvni tashkiliy strukturalarini turlari?
4. Boshqaruvni umumdavlat organlari?
5. Boshqaruvni maxalliy organlari?
6. Tarmoq organlariga nima kiradi?
7. O`z-o‘zini boshqarish organlari?
8. Chiziqli strukturani axamiyati?
Chiziqli strukturani o‘ziga xos xususiyatlari?
5-mavzu. Boshqaruv usullari
Reja:
1. Boshqarish usullari mazmuni, boshqaruv ob’ektini o‘rganish jarayonida qullaniladigan usullar.
2. Funktsional tizim-osti ob’ektlarini boshqarishning o‘ziga xos usullari.
3. Boshqarishning tashkiliy –ma’muriy usullari. Boshqarishning tashkiliy-ma’muriy usuli shakllari, farmoyish berish, tashkiliy ta’sir ko‘rsatish.
4. Boshqarishning iqtisodiy usullari. Iqtisodiy usullarning moxiyati va vazifasi. Davlatning iqtisodiyotni boshqarishdagi moliyaviy vositalarining turlari, mohiyati va mazmuni.
5. Boshqarishning ijtimoiy-ruhiy usullari . Ijtimoiy-ruhiy usullarning asosiy maqsadi. Boshqarish sotsiologiyasi, boshqarish texnologiyasi, sotsiologik tadqiqo
1. Boshqarish usullari mazmuni, boshqaruv ob’ektini o‘rganish jarayonida qullaniladigan usullar.
Usul-bu tadqiqot qilish yoki ta’sir ko‘rsatish usulidir. Tadqiqot qilish nuqtai nazardan metod deganda boshqaruv ob’ektini o‘rganish jarayonida qo‘llaniladigan usullar, ya’ni mazkur o‘quv qo‘llanmaning 4-savolida ko‘rib chiqilgan:
*sistema(tizim)li yondashuv;
*kompleksli, yondoshuv;
*tarkibiy yondashuv;
*integratsion yondashuv;
*Modellashtirish;
*iqtisodiy-meatematik yondashuv;
*kuzatish;
*eksperiment;
*sotsiologik kuzatuv kabi taxilining ilmiy usullari ushuniladi.
Ta’sir ko‘rsatish nuqtai nazrdan metod deganda esa boshqarish funktsiyalarini amalga oshirish uchun boshqaruv ob’ektiga qanday tarzda ta’sir o‘kazish usullari tushuniladi. Bunday usullarga quyidagilar kiradi:
*funktsional tizimosti ob’ektlarni boshqarish usuli;
* boshqarish funktsiyalarini bajarish usullari;
*boshqaruv qarorlarini qabul qilish usullari.
Xar xil yondashuvlar, yo‘sinlar, yo‘llar yordamida amalga oshiriladigan turli-tuman boshqaruv ishlarining majmuasi boshqaruvning aniq va o‘ziga xos usullari deb yuritiladi. Shunday qilib:
Boshqaruv usullari- bu xodimlarga va umuman ishlab chiqarish jamoalariga ta’sir ko‘rsatish usullari bo‘lib, bu usllar qo‘yidgan maqsadlarga erishish jarayonida mazkur xodimlar va jamoalarning faoliyatini uyg‘unlashtirishni nazrda tutadi.
Funktsional tizim-osti ob’ektlarini boshqarishning o‘ziga xos usullari.
Boshqarish metodlari ishlab chiqirish yoki xizmat ko‘rsatish jarayonidagi mavjud munosabatlardan ob’ektiv tarzda kelib chiqadi.
Funktsional tizimosti ob’ektlarni boshqarish usuli bu boshqariladigan ob’ektning tuzilishi bilan bog‘liq bo‘lib, uning tarkibidagi bo‘limlarni boshqarishda qo‘llaniladigan o‘ziga xos usullarni o‘z ichiga oladi. Ularni qo‘yidagi tizimosti bo‘limlar misolida ko‘rish mumkin.
|
| |