|
Menejment va marketing
|
bet | 42/192 | Sana | 19.01.2024 | Hajmi | 2,21 Mb. | | #140803 |
Bog'liq Toshkent – 2023 Mavzu 1«Menejment va marketing asoslari» fanininMilliy kompaniya - bu noishlab chiqarish tarmoqlari, ijodiy jamoalar, tarnsport, aloqa va telekommunikatsiya korxonalari va tashkilotlarining paychilik yoki aktsionerlik asosida ko‘ngilli birlashmasidir.
O`zbekistondagi milliy kompaniyalar jumlasiga:
“O`zbekturizm” milliy kompaniyasi;
“O`zbekiston xavo yo‘llari” O`zbekiston milliy aviokompaniyasi;
“O`zbekkino” davlat-aktsionerlik milliy kompaniyalari va boshqalar kiradi.
Korxona - bu xar qanday iqtisodiy tizimda asosiy va birlamchi bo‘g‘in bo‘lib hisoblanadi. Korxona to‘g‘risidagi qonunda korxona yuridik shaxs xuquqlariga ega bo‘lgan xo‘jalik sub’ekti bo‘lib, o‘ziga tegishli yoki to‘liq xo‘jalik hisobidagi mulkdan foydalanish asosida maxsulot ishlab chiqaradi, sotadi yoki almashadi, ishlar bajaradi, xizmatlar ko‘rsatadi, deb ta’kidlangan.
Ular o‘z faoliyatlarini amaldagi qonunchilikka muvofiq ravishda o‘zaro raqobat va mulkchilikning barcha shakllari va ularning teng xuquqligi sharoitlarida amalga oshiradi.
Har bir ayrim korxona yuqori boshqaruv organlari tomonidangina emas, balki yana korxonaning o‘zidagi boshqaruvchi kichik tizim tomonidan xam boshqariladi. Korxonalar yakkaxokimlik tamoyili asosida va ayni zamonda ularning operativ-xo‘jalik jixatdan mustaqil ish ko‘rishi va tashabbus ko‘rsatishi asosida boshqariladi. Shu sababli:
Korxona boshqaruv tizimida shunchalik ijrochi sifatidagina emas, balki boshqaruvchi tizimning ishtirokchisi sifatida maydonga chiqadi.
Korxona - davlat vakili hisoblangan direktor (boshliq, boshqaruvchi) rahbarlik qiladi (13-ilova)
Firma - bu korxonadan farqli o‘laroq ishlab chiqarish va noishlab chchiqarish soxalarida turli-tuman tadbirkorlik faoliyatini bildiradi. Bunday nomni sanoat korxonasi davolash muassasi uchun xam, qurilish tresti va vositachilik tashkiloti uchun xam, savdo va konsullik faoliyati uchun xam, xodimlar tayyorlash va malakasini oshirish, sayyoxlik va boshqa tashkilotlar uchun xam nisbatan ishlatish mumkin.
Bozor munosabatlariga o‘tish jarayonida butunlay yangi tipdagi firmalar vujudga kelmoqda.
Yangi tipdagi firmalar
Lizing firmalar
|
Bunday saloxiyati qudratli xo‘jalik tizimi etarlicha moliyaviy vositalari bo‘lmagan boshqa bir korxonaga mashina-uskunalar va boshqa mulklarni shartnoma asosida muayyan muddatga berib turadi. Muddat tugagandan so‘ng ijarachi bu mulkni qoldiq qiymati bo‘yicha sotib olish xuquqiga ega bo‘ladi.
|
Injiniring firmalari
|
Ular turli inshoatlar va tuzilmalar loyixalash, qurish, foydalanishga topshirish bilan shug‘ullanadilar.
Eksport injiniring firmalari boshqa mamlakatlarga xizmat ko‘rsatadi, chet eldagi ilmiy g‘oyalar va texnik ishlanmalar bozorida litsenziyalar sotadi. Texnik yangiliklarni xorijda joriy etadi, murakkab va ulakan loyixalarni amalga oshiradi, injiniring bilan birga mashina va uskunalarni eksport qilib, etkazib buradi.
|
Konsating firmalar
|
Ular ishlab chiqarishning turli muaaolari yuzasidan maslaxatlar beradilar, loyixalash bilan shug‘ullanadilar, xo‘jalik yuritishing yangi shakllariga o‘tish, boshqaruv tizimlarini takomillashtirish va shunga o‘xshash faoliyat turlariga ko‘maklashadilar.
|
Venchur firmalari
|
Bu firmalarni tavakkalchilik firmalari deb xam atashadi. Ular kichik biznesning bir turi bo‘lib:
- ilmiy - muxandislik ishlari;
- yangi texnika, texnologiya, tovar namunalarini yaratish;
- tijorat ishini tashkil etish usullarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish;
- yirik firmalar va davlat ijara kontrakti buyurtmalarini bajarish;
-ishlab chiqarishni boshqarish bilan shug‘ullanadi.
|
Seleng firmalari
|
Ular jismoniy va yuridik shaxslarning mulklarini jlab etish va bu mulklardan jalb ettish va bu mulklardan o‘z extiyojlari bo‘yicha erkin foydalanish masalalari bilan shug‘ullanadilar. Bu mulklarga er maydonlari, binolar, mashina uskunalar, pul, qimmatli qog‘ozlar kiradi.
| |
|
| |