|
Menejment va marketing
|
bet | 40/192 | Sana | 19.01.2024 | Hajmi | 2,21 Mb. | | #140803 |
Bog'liq Toshkent – 2023 Mavzu 1«Menejment va marketing asoslari» fanininUyushma (ittifoq) - bu jismoniy va yuridik shaxslarning ko‘ngilli jamoat birlashmalaridir. Bunday ubshmalar o‘z faoliyatini muvofiqlashtirish, manfaatlarini ximoya qilish va yagona ilmiy-texnik siyosatni ta’minlash maqsadida respublika xududida keng tarmoq yozgan. Bunday birlashmaga misol qilib:
O`zbekiston respublika savdo-xarid uyushmasi “O`ztayyorlovsavdo” (05.08.1994);
“Oziqovqatsanoat” va “Yog‘maytamakisanoat” uyushmalari (26.09.1994);
“O`zmevasabzavotuzum sanoat” uyushmasi (28.10.1994)
“Pilla” uyushmasi (03.02.1995)
“Uzmaishiyuyushma”, ya’ni axoliga maishiy xizmat ko‘rsatish korxonalari va tashkilotlarining O`zbekiston Respublikasi uyushmalarini keltirish mumkin. Bu uyushmalarning ijro etuvchi apparati tuzilmalari 3-7 ilovalarda keltirilgan.
Assotsiatsiya - bu korxonalarning paychilik asosida ko‘ngilli birlashmasidir. U bir yoki bir necha ishlab chiqarish - xo‘jalik vazifalarini birgalikda amalga oshirish maqsadida korxonalarning shartnomaviy asosida birlashishi natijasida tashkil topadi. Assotsiatsiyalar tarkibiga, odatda, muayyan xududa joylashgan va turdosh kasbga ixtisoslashgan korxonalar kiradi.
Assotsiatsiyani Muasislar kengashi boshqaradi. Bu kengash raisni saylaydi, boshqaruvni tuzadi.
Assotsiatsiyaga misol qilib:
“O`zkimyosanoat”, ya’ni sanoat korxonalari assotsiatsiyasi;
“O`zmontajmaxsusqurilish”, ya’ni montaj va maxsus ishlar bo‘yicha O`zbekiston assotsiyatsiyasi;
“O`zbeksavdo” va boshqa assotsiatsiyalarni keltirish mumkin.
Viloyatlardagi savdo va umumovqatlanish boshqarmalari negizida xududiy savdo ishlab chiqarish kontsernlari tashkil etildi. Ular muassislar sifatida assotsiatsiya tarkibiga kirdilar va viloyatlarning xokimlari tasarrufiga olindilar. “O`zbeksavdo” va uning joylardagi organlarini assotsiatsiya raisi boshqaradi.
Korporatsiya - bu rivojlangan yiri aktsionerlar jamiyat va trestlar birlashmasidir. Korporatsiyalar negizi aktsioner jamiyatlari hisoblanadi. Ular bir xil maxsulotlarning asosiy ishlab chiqaruvchilarini birlashtiradi, natijada ishlab chiqarish monopollanadi: Ayni paytda korporatsiyalar:
investitsiya kapitalining markazlashuviga yordam beradi;
ilmiy-texnika taraqqiyotiga turtki beradi;
maxsulotning raqobatdoshligi va uzoq xayotiy tsiklini ta’minlaydi.
Bulardan tashqari faoliyatining tijoriyligi, ya’ni foyda olishni maqsad qilib qo‘yishi, cheklangan javobgarlik, markaziy boshqaruv, aktsiyadorning aktsiya sarmoyasining o‘ziga tegishli qismi bilan erkin tasarruvf etishi va boshqalar korporatsiyaga xos bo‘lgan asosiy xususiyatlardir.
Bugangi kunda O`zbekistonda:
“O`zdonmaxsulot” (20.06.1994)
“O`zbaliq” (18.08.1994)
“Maxalliy sanoat” kabi korporatsiyalar faoliyat ko‘rsatishmoqda (8-9 ilovalarga qarang).
|
| |