|
Farmoyishli ta’sir o‘tkazish shakillarini
|
bet | 48/192 | Sana | 19.01.2024 | Hajmi | 2,21 Mb. | | #140803 |
Bog'liq Toshkent – 2023 Mavzu 1«Menejment va marketing asoslari» fanininFarmoyishli ta’sir o‘tkazish shakillarini
amalga oshirish yo‘llari
Direktiva
|
* bu usul xar bir rahbarning, ijrochining va boshqaruvchi organning burchlari, xuquqlari va ma’suliyatini aniq belgilashga asoslanadi. Bular mansabga oid qo‘llanmalar, turli boshqarish bo‘g‘inlrining funktsiyalari va vazifalari to‘g‘risidagi nizomlar bilan qonunlashtiriladi.
Direktivlar ishlab chiqarish jarayonida qatnashuvchilarning yuqori boshqaruv organlarining qarorlari, buyruqlari, farmoyishlarini bajarish uchun shaxssan javoblar bo‘lishini ta’minlaydi.
|
Buyruq
|
*bu korxona rahbari, u bo‘lmaganda uning uo‘rinbosari chiqaradigan davlat boshqaruvi aktidir. Buyruq mazkur organ(tashkilot) kompetentsiya(vakolat) doirasida, amaldagi qonunlar, yuqori organlar qaror va farmoyishlariasosida va shu qaror va farmoyishlarni ijro etish uchun chiqariladi.
Buyruq yuridik akt bo‘lib, uni ijro etish uchun majburiydir. Buyruqlar umumiy qoidalarni belgilasa, normativ xarakterda bo‘lsa, lavozimga tayinlasa, tashkkkur e’lon qilsa, u xolda u individual xarkterda bo‘ladi.
|
Ko‘rsatma
|
*bu aniq ijrochilarga yoki aniq ish yuzasidan beriladigan boshqarish qarorlarining tashkiliy xuquqiy shaklidir.
Ko‘rsatkichlarda odamga buyruqni amalga oshirish uchun qanday ish olib borish, qanday natijalarga erishish zarurligi tushuntiriladi va maslaxat beriladi.
Ko‘rsatma buyruqning o‘zida, xujjatlardagi rezolyutsiyada, xolatda yoki og‘zaki tarzda berilishi mumkin.
|
Farmoyish
|
*bu barcha boshqaruv organlari ma’muriyati tomonidan tezkor joriy masalalar bo‘yicha beriladigan boshqaruv aktidir.
Farmoyishning buyruqdan farqi shundaki, u xususiy masalalarni xal etishga qaratiladi va direktor, uning o‘rinbosarlari, bo‘lim boshlig‘i, master, funktsional xizmatlar boshliqlari tomonidan o‘z kompaniyasi (vakolati) doirasida chiqariladi.
|
Rezolyutsiya
|
*bu yig‘ilish, majlis, konferentsiya va xokazolarda muxokama qilingan masalalar yuzasidan qabul qilingan qarordir.
Xujjatga mansabdor shaxs tomonidan yozilgan yozuv xam rezalyutsiya hisoblanadi va boshqaruvning quyi bo‘g‘inlari tomonidan bajarilishi majburiydir.
|
Yo‘l-yo‘riq
|
*bu normativ xuquqiy akt bo‘lib, u tashkilot va fuqarolarga ularning funktsional vazifalaridan kelib chiqadigan xati xarakatlarini tayinlab beradi.
|
Shunday qilib, boshqarishning farmoyishli ta’siri o‘tkazish usuli yakkaboshchilik munosabatlari, intizom va ma’suliyatga asoslandi. Mantiqam bu usulni quyidagi ibora bilan izoxlash mumkin:
Farmoyishli ta’sir o‘tkazish usulidan foydalanish ma’lum talablarga javob berish kerak. Buyruqlar, farmoyishlar va boshqa aktlarda, ular xaq yozma ravishda chiqarilgan, xox og‘zaki tarizda berilgan bo‘lsin:
Birinchidan, nimaga asoslanib chiqarilganligi aniq ko‘rsatilishi shart;
Ikkinchidan, qabul qilingan qaror moxiyati qisqa va ravshan bayon etilishi lozim;
Uchinchidan, ijrochi, ijroni nazorat qilish shakli, kuchga kirish va bajarish muddati ko‘rsatilishi zarur;
To‘rtinchidan, buyruq va farmoyishlar qisqa, tushunarli va aniq bo‘lishi kerak. Mujamal va umumiy jumlalar, topshiriqlar ijrochilarning buyruq bandlarini to‘liq va o‘z muddatida bajarishga da’vat eta olmaydi.
Beshinchidan, buyruq va farmoyishlarni eng quyilay muddatlarga chiqarish va ijrochilarga etkazish kerak. Kechikish ijrochilarga buyruq mazmunini to‘liq anglash, uni bajarish uchun zarur bo‘lgan xamma ishlarni qilish imkonini bermaydi. Bunday xolda ijroning sifati puxta bo‘lmaydi.
Va, aksincha, buruqni juda vaqtli chiqarish xam maqsadga muvofiq emas. Chunki uni bajarish muddati etib kelguncha ijrochining ma’suliyati ishtiyoqi pasayishi mumkin.
Oltinchidan, buyruq va farmoyishlar imkon qadar kamroq bo‘lishi kerak. Buyruq bozlik, bo‘lar-bo‘lmasga buyruq, farmoyish va ko‘rsatmalar chiqara berish ishga naf keltirmaydi. Boshqarish sifati buyruqlarning ko‘pligi bilan belgilanmaydi. Yaxshi tashkil etgan boshqaruv jarayonlari o‘rtatilgan tartib va ana’nalar tufayli normal beriladi.
Shuni ta’kidlash joizki, buyruq va farmoyishlar bajarish uchun chiqariladi. Bu esa ularning bajarilishini nazorat qilishni talab qiladi.
Boshqarishning xuquqiy vositalari degnada ijtimoiy munosabatlarga yuridik, qonuniy ta’sir o‘tkazish jarayonida qo‘llaniladigan xuquqiy normalar majmui tushuniladi.
Xuquqiy normalari yo davlat tomonidan (turli tashkilotlar orqali) chiqariladi, yoki agar jamoat tashkilotlari tomonidan chiqarilsa, davlat tomonidan tasdiqlanadi.
Xuqiqiy normalari turli qonuniy xujjatlar, nizomlar, buyruqlar, farmoyishlar va xokazolar shakliga kiritiladi. Boshqarish amaliyotida teng xuquqli boshqaruv sub’ektlari o‘rtasida, masalan, korxonalar, birlashmalar o‘rtasida vujudga keladigan munosabatlar bo‘ladi. Bunday xollarda xuquqiy muvofiqlashtiruvchi (koordinatsion) xujjatlar yoki kelshtiruvchi xujjatlar nashr etiladi.
Teng xuquqli tomonlarning xo‘jalik soxasidagi o‘zaro aloqalari xo‘jalik shartnomalarini tuzish yo‘li bilan tartibga solib turiladi.
Xuquqiy normalar muayyan sanktsiyalarni nazarda tutadi. ¡o‘llaniladigan ta’sir choralarining xarakteriga qarab, ular moddiy, intizomiy, jinoiy-xuquqiy sanktsiyalarga bo‘linadi.
Moddiy javobgarlik-bu korxonalar va tashkilotlarning, shuningdek, ayrim mansabdor shaxslarning zimmasiga xo‘jalik faoliyatining natijalari uchun yuklatiladigan ma’suliyatdir. Moddiy javobgarlik:
*jarimalarda;
*pensiyalarda 5;
*neustoykalar6 va xokazolar ifodalanadi.
Ijtimoiy javobgarlik- bu xizmat burchlarini bizish, suiste’mol qilish natijasida kelib chiqadi.
Bunda jazo:
*tanbex;
*xayfsan;
*muayyan muxlatga maoshi pastroq ishga o‘tkazish;
*muayyan muxlatga pastroq vazifaga, lavozimga o‘tkazish va xokazolar yuqori mansablar shaxs tomonidan beriladi.
Ma’muriy javobgarlik-bu yuridik javobgarlik turi bo‘lib vakl qilingan organ yoki mansabdor shaxsning qonunbuzarlik qilgan shaxsga nisbatan ma’muriy jazo chorasini qo‘llashda ifodalanadi. Bunday jazolar turli-tuman sanktsiyalarda-nachetlar(qaytarib olinishi lozim bo‘lgan xarajat), jarimalar va xokazolar ko‘rinishida bo‘ladi.
Jinoiy javobgarlik-bu mansab bilan bog‘liq bo‘lgan janoyatlar qilinganlik uchun sudlar tomonidan qo‘llaniladigan jazodir. Shunday qilib:
4. Boshqarishning iqtisodiy usullari. Iqtisodiy usullarning moxiyati va vazifasi. Davlatning iqtisodiyotni boshqarishdagi moliyaviy vositalarining turlari, mohiyati va mazmuni.
Boshqarishning iqtisodiy usullari iqtisodiy manfaatlardan foydalanishga asoslanadi. Zero, xar bir muayyan jamiyatning iqtisodiy munosabatlari, eng avvalo manfaatlar tarzda namoyon bo‘ladi. Manfaatlar uch xilda bo‘ladi:
* umumjamiyat manfaatlari;
*jamoa manfaatlari;
*shaxsiy manfaatlar.
Bu manfaatlarni uyg‘un sur’atda bog‘lab olib borish muammosi bir qator vazifalarni xal qilishni, xar bir davr sharoitlariga muvofiq keladigan munosabatlar o‘rnatishni talab qiladi.
Masalan, bozor iqtisodiyoti sharoitida umumjamiyat manfaatlarini ro‘yobga chiqarish maqsadida quyidagi iqtisodiy boshqaruv usullariga, ya’ni:
*korxonalar va xo‘jaliklarga faoliyat yuritishlariga erkinlik va mustaqillik berish;
*xo‘ajaliklarni pirovard natijalariga binoan moddiy rag‘batlantirish, soliq imtiyozlarini berish;
*korxona va xo‘jaliklar o‘rtasidagi o‘zaro shartnomalarning bajarilishi intizomini mustaxkamlash va ularning rolini oshirish;
*moliya-kredit munosabatlarini takomillashtirish;
*bozor munosabatlari mexanizmlari: baxo, foyda, soliq, rentabellik, rag‘obat va xokazolarga keng e’tibor beriladi.
Iqtisodiy boshqaruv usullarining asosiy vazmfasi ishlab chiqariladigan maxsulot (xizmat) birligiga sarflanadigan xarajatni kamaytirishga imkon beruvchi xo‘jalik mexanizmlarining yangi usullarini, shunungdek, manfaatdorlik muxitini vujudga keltirish va ulardan samarali foydalanishdir.
Bu usulda kishilarning shaxsiy va guruxiy manfaatlarini yuzaga chiqarish orqali ularning samarali ishlashni ta’minlanadi. Shu maqsadda qo‘shimcha ish xaqi to‘lash, mukofotlar berish, bir yo‘la katta pul bilan taqdirlash kabilar muxim kasb etadi. Iqtisodiy metodlar boshqarishning barcha metodlari ichida etakchi o‘rinni egallaydi. Xar qanday darajadagi rahbar bu metodning mazmunini yaxshi bilishi va ularni to‘g‘ri qo‘llay olish kerak. Boshqariluvchi ob’ektga metodlar orqali ko‘rsatiladigan ta’sir korxonalari:
*jiddiy rejalar qabul qilishga:
*mexnat va moliya resurslaridan yanada unumliroq foydalanishiga;
*yangi texnolgiyalarni joriy qilishga;
*mexnat unumdorligini oshirishga;
*raqobatbop maxsulotlarni ishlab chiqarishga rag‘batlantiradigan bo‘lish va shunga davlat etish kerak.
Shu bilan birga iqtisodiy metodlar shunday tanlanishi va qo‘llanilishi kerakki, bunda jamoalar va xar bir xodimning manffatlarigina emas, balki butun jamiyat manfaatlariga rioya qilinadigan bo‘lsin. Bir korxona uchun faoydli tadbir davlatga xam foydali bo‘lsin.
Boshqarishning iqtisodiy usullari va ularning shakllari jumlasiga:
*kredit va foiz stavkasi;
*soliq va soliq yuki;
* boj to‘lovlari;
*subsidiya va sanktsiya;
*litsenziya;
*transfert to‘lovlari;
*narx-navo va xokazolar kiradi.
Boshqaruv organlari, xususan, davlat bu usullar qo‘llab, bozorni shakillantirish chog‘ida xam, uning o‘zini-o‘zi boshqarishi bosqichida xam g‘oyat muxim jarayonlarni boshqaradi.
Agar ma’muriy boshqarish usullari o‘zini-o‘zi boshqaradigan bozor mexanizmlariga qarshgilik ko‘rsatsa, ularga to‘sqinlik qilsa, iqtisodiy usullar esa aksincha, ularga foydalanishga tayanadi. Xo‘jalik soxasiga xam davlatning ta’siri tubdan o‘zgaradi. Binobarin, ma’muriy boshqarish metodida davlat korxonalariga. £z ta’sirini qat’iy belgilangan reja orqali o‘tkazsa.
Boshqarishning iqtisodiy metodlari yordamida esa, u korxonalarga bozor orqali o‘z ta’sirini o‘tkazadi.
Natijada bozor korxona va firmalar faoliyatini, davlat esa bozorning o‘z qonuniyatlaridan kelib chiqqan xolda makroiqtisodiyot boshqarishini amalga oshiradi. Bu esa davlatning bozor va korxonalar faoliyatiga minimum darajada aralashuvini ifodalaydi.
Kreditning boshqarishdagi rolini quyidagicha izoxlaymiz. Davlat kredit tizimi orqali iqtisodiyotga faol ta’sir etadi. Bunda qarzga beriladigan pul miqdorini o‘zgartirish uchun foiz stavkasidan foydalaniladi. Bozor qoidasiga ko‘ra foiz kamaysa, qarz pulga talab oshadi. Binobarin, kredit ko‘proq olinadi va ko‘proq ishlab chiqarishga investitsiya qilinadi.
Kreditning iqtisodiy o‘sishiga aloqadorligini hisobga olgan xolda davlat uni arzonlashtirish choralarini ko‘radi. Davlatning qo‘lida katta pul to‘planadi, bu pul bankka qo‘yiladi va ishlatilishiga qadar kredit resursini tashkil etadi. Davlatning puli kapital bozoriga chiqib kreditning taklifini ko‘paytiradi.
Shu tariqa davlat bo‘sh turgan pulning tarkibini o‘zgartirish orqali bozordagi pulga bo‘lgan talab va taklifni o‘zgartirishga erishadi.
Bo‘sh pullar:
*xozir qarz berish uchun ajratilgan;
*zaxiradagi kredit rezervi sifatida turgan pullarga bo‘linadi.
|
| |