Sotsialogik tadqiqotlarni uyushtirish usullari




Download 2,21 Mb.
bet50/192
Sana19.01.2024
Hajmi2,21 Mb.
#140803
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   192
Bog'liq
Toshkent – 2023 Mavzu 1«Menejment va marketing asoslari» faninin

Sotsialogik tadqiqotlarni uyushtirish usullari


Xujjatli usul

* bunda zarur ma’lumotlar statistik to‘plamlardan, boshling‘ich uchet xujjatlaridan olinadi.

Shaxsiy xarakterdagi xujjatlardan foydalanish usuli

* turli masalalar yuzasidan kishilar yozgan bir qancha xujjatlar: ariza, shikoyat, qarindosh-urug‘ va tanishlarga yozilgan xatlar, tarjimai xol, tushuntirish xatlari, va xokazolar turli guruxdagi kishilarning xayotiy maqsadi, yurish-turish sabablari, talablari, extiyojlari, tashkishari to‘g‘risida fikr yuritish imkoniyatini beruvchi muxim sotsiologik axborot bo‘lishi mumkin.

Ilmiy konferentsiyalar o‘tkazish usuli

* Bunday konferentsiyalarni tayyorlash va uni o‘tkazishda odatda ayrim masalalar yuzsidan material to‘plovchi, amaliy tavsiyanomalar ishlab chiquvchi bir qancha xodimlar ishtirok etadi.
Bu metodning ijobiy tomoni shundaki, muammolarni o‘rganishga keng jamoatchilik jalb etiladi va jamoa fikridan foydalaniladi.

Anketali usul

*Oldindan tayyorlangan dastur bo‘yicha yozma ravishda savollar beriladi va yozma javoblar olinadi.

Intervyu olish usuli

*Bunda muammoni o‘rganish uchun xodim bilan bevosita suxbat o‘tkaziladi. Raxbar yoki tadqiqotchi suxbat davomida masalalari aniqlashlari, chuqurlashtirishlari va shu yo‘l bilan ishonchli va mukammal ma’lumotlar olishlari mumkin.

Kuzatish usuli

*Jamoa faoliyatini shaxsan kuzatish, odamlar bilan uchrashish va muloqatda bo‘lish, ob’ektiv va batafsil axborot yig‘ish, shuningdek xar bir jamoa rolini baxolash imkonini beradi.

Sotsial eksperiment o‘tkazish usuli

*Bu usulda sun’iy ravishda sotsial vaziyatni vujudga keltirish yo‘li bilan sotsial xodisalar to‘g‘risidagi ilmiy xulosalar va mavjud bilimlar tekshirib ko‘riladi. Buning uchun maxsus gurux uyushtirilib, shu gurux faoliyati umumlashtiriladi va amaliy xulosalar chiqariladi.

¡ayd qilingan sotsiologik tadqiqotlarning xam ijobiy, xam kamchiliklari bor. Shuni hisobga olgan xolda, u yoki bu usulgi voqealikni real aks ettirishga va ko‘proq samara berishga qarab tanlash lozim. Tajribalar esa bu usullarni ma’lum darajada birga qo‘shib qo‘llanishi maqsadiga muvofiq ekanligini ko‘rsatadi.
Mexnat jamoalarida sotsial-ruxiy iqlimning xolati chiqqan nizomlar soni bilan belgilanadi.
Nizo-bu rahbar, ishchi va boshqa xodimlar orasida muayyan masalalarni xal qilishda tomonlarning bir-biri bilan bir echimga kela olmaganligini bildiradi.
Jamoa a’zolari orasida nizolarning ko‘pchiligi ishlab chiqarishning qoniqarsiz tashkil qilinganligi, rahbarlarning ish jarayonida o‘ziga bo‘yinuvcht jamoa a’zolarning ruxiy xolatlarini hisobga olmaganligi, zarur ish sharoitining yaratilmaganligi va boshqa sababalar natijasida vujadga keladi.
Nizolar qanchalik ko‘p bo‘lsa, mexnat jamoalarida nizo chiqaruvchi ayrim shaxslar bo‘lishi turgan gap. Bunday shaxslar ish paytida foydali mexnat bilan shug‘ullanish o‘rniga, o‘zlarining nizolarida ko‘rsatilgan masalalar rahbar xodimlar tomonidan qanday qabul qilinayotgani to‘g‘risida gapirib xam o‘zlarini, xam boshqalari ishdan chalg‘itib, ishlashga xalaqit beradilar.
Bunday xol ikki shaxsning kurash jarayoni, ularning nizolari rahbar xodimlari yoki jamoat qrtoqlik kengashi ko‘rib chiqib, kim noxaq, kim xaqligini aniqlab, shu masala yuzasidan chiqarilgan xukm natijalarini tushuntirib, ularning shu xukmlarning to‘g‘riligiga iqror bo‘lguncha davom etadi.
Bunday nosog‘lom vaziyat jamoat a’zolarining barchasiga etib boradi. Bundan ayrim ishchi xodimlar vaqtincha manffatdor bo‘lib, ularning ichidan o‘zlariga yoqmagan shaxslar ustidan g‘iybat uyushtirib vaziyatni jiddiylashtirishga xarakat qiladilar.
Bularning xammasi mexnatkashlar kayfiyatiga salbiy ta’sir qiladi, ularni asabiylashtiradi, natijada sotsial-ruxiy vaziyat yomonlashdi. Bu esa o‘z-o‘zidan ishga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Tayanch iboralari:




  • Boshqarish usullari

  • Funktsional tizimosti ob’ekti

  • Delfa usuli

  • Loyixalash

  • Reglamentlash

  • Normalash

  • Qo‘llanma chiqarish

  • Qaror qilish

  • Moddiy javobgarlik

  • Intizomiy javobgarlik

  • Jinoiy javobgarlik

  • Kredit

  • Soliq



Download 2,21 Mb.
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   192




Download 2,21 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Sotsialogik tadqiqotlarni uyushtirish usullari

Download 2,21 Mb.