|
Menejment va marketing
|
bet | 43/192 | Sana | 19.01.2024 | Hajmi | 2,21 Mb. | | #140803 |
Bog'liq Toshkent – 2023 Mavzu 1«Menejment va marketing asoslari» faninin |
Bu xususiy shaxslar va tashkilotlar uchun sir saqlanadigan (ishonchli) xizmatlarni bajaradilar. Ular ishonchli va kil sifatida faoliyat ko‘rsatadilar. Trast firmalar shartnoma shartlariga binoan ishonchli va kil sifatida quyidagi xizmatlarni bajaradilar:
- korxona bankrotlikka uchragan paytda mulkni sotish;
- nomli aktsiyalardan foydalanish xuquqlarini boshqa shaxsga berish;
- moliyaviy mablag‘lar, xususiylashtirish cheklari, qimmatli qog‘ozlar va xokazolardan foydalanish.
|
3. Jamoat va o‘zi-o‘zini boshqarish organlari
Konstitutsiyamizning 56-moddasida quyidagilar yozilgan: “O`zbekiston Respublikasida qonunda belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan:
kasaba uyushmalari;
siyosiy partiyalar;
omillarning jamiyatlari;
xotin-qizlar, faxriylar va yoshlar tashkilotlari;
ijodiy uyushmalar;
ommaviy xarakatlar va fuqarolarning boshqa uyushmalari, jamoat birlashlari sifatida e’tirof etiladi.
Kasaba uyushmalari xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy xuquqlarini va manfaatlarini ifoda etadilar va ximoya qiladilar. Boshqarishda faol qatnashadilar.
Siyosiy partiyalar turli tabaqa va guruxlarning siyosiy irodasini ifodalaydilar va o‘zlarining demokratik yo‘l bilan saylab qo‘yilgan vakillari orqali davlat xokimiyatini tuzishda ishtirok etadilar. Siyosiy partiyalar o‘z faoliyatlarini moliyaviy ta’minlanish manbalari xaqida Oliy Majlisga yoki u vakil qilgan organga belgilangan tartibda oshkora hisobotlar berib turadilar.
Jamoat organlari jamoalarda sog‘lash, ijodiy muxit yaratishda, ishlab chiqarishda uyushqoqlik va intizomni mustaxkamlashda ma’muriy organlarga ko‘maklashib, ma’naviy- ma’rifiy ishlar bilan xam shug‘ullanadilar.
O`zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi qonunining (02.09.199) 1-moddasida o‘zini-o‘zi boshqarish organlari xaqida quyidagicha yozilgan:
“Shaxarcha, qishloq va ovullarda, shuningdek ular tarkibidagi maxallalarda xamma shaxarlardagi maxallalarda fuqarolarning yig‘inlari o‘zini o‘zi boshqarish organlari bo‘lib, ular ikki yarim yil muddatga raisni (oqsoqolni) va uning maslaxatchilarini saylaydi”.
O`zini o‘zi boshqarish organlari jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda qatnashishga doir o‘z xuquqlarini ro‘yobga chiqarishlarida fuqarolarga ko‘maklashadi, o‘z xududlaridagi ijtimoiy va xo‘jalik vazifalarini xal etish, ommaviy-madaniy tadbirlarni o‘tkazish, davlat xokimiyati va boshqaruv organlariga O`zbekiston Respublikasi qonunlarini, O`zbekiston Respublikasi xukumatining, xalq deputatlari Kengashlari va xokimlarning qarorlarini bajarishda yordamlashish maqsadida fuqarolarni birlashtiradi.
O`zini o‘zi boshqarish organlari xududiy printsip bo‘yicha tuziladi. Ular ish olib boradigan xududlarni fuqarolarning takliflariga ko‘ra tuman, shaxar xokimi belgilaydi, ushbu qaror keyinchalik tegishli xalq deputatlari Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
Fuqarolarning yig‘ini (yig‘ilishi):
o‘zini o‘zi boshqarish organiningfaoliyat dasturi xamda xarajatlar smetasi, axoli punktlarini obodonlashtirish va sanitariya xolatini yaxshilashga doir tadbirlar rejalarini tasdiqlaydi;
rais (oqsoqol) va uning maslaxatchilari ishining asosiy yo‘nalishlarini belgilaydi, xar yili ularning hisobotlarini tinglaydi;
o‘z xududidagi ijtimoiy infrastrukturani rivojlantirish uchun axolining, tashkilot va muassasalarning mablag‘larini ixtiyoriylik asosida birlashtirish masalalari yuzasidan qarorlar qabul qiladi;
pul mablag‘lari sarflanishi ustidan nazorat qilishni tashkil etadi, zarur bo‘lganida taftish komissiyasi tuzadi va ushbu komissiya to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlaydi;
qonunlarda belgilangan tartibda o‘z xududida kichik kor-xonalar, kooperativlar, ustaxonalar, xalq xunarmandchiligi tsexlarni tashkil etish masalalarini ko‘rib chiqadi;
yig‘inning, ma’muriy-xududiy tuzilmalarning chegaralarini o‘zgartirishga, ko‘cha, maydon va boshqa joylarning nomini o‘zgartirishga doir masalalrni ko‘rib chiqadi xamda tegishli davlat organlariga takliflar tayyorlaydi;
O`zbekiston Respublikasining qonunlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
|
|
| |