• Xullas, avtokratik rahbar o‘ziga bino qo‘igan, dimog‘dor, o‘z qobiliyati va imkoniyatlariga ortiqcha ishonadigan, hukimini o‘tkazishga intiladigan kishilardan etishib chiqadi.
  • Singviniklar
  • Rahbarlik uslubga qarab rahbarlarning turlarga bo‘linishi




    Download 2,21 Mb.
    bet54/192
    Sana19.01.2024
    Hajmi2,21 Mb.
    #140803
    1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   192
    Bog'liq
    Toshkent – 2023 Mavzu 1«Menejment va marketing asoslari» faninin

    Rahbarlik uslubga qarab rahbarlarning turlarga bo‘linishi

    Avtokratik rahbarlar

    *Bunday turdagi rahbar:

    • buyruq chiqarish, qaror qabul qilish, xodimlarga jazo berish yoki rag‘batlantirishda jamoa fikirini hisobga olmaydi;

    • o‘zini jamoadan uzoq tutadi; jamoa a’zolarini bevosita muloqatda bo‘lishini chegaralab qo‘yadi;

    • o‘zining noo‘rin harakatlarining tanqid qilinishiga chiday olmaydi;

    • o‘ziga bo‘ysinuvchilarning harakatlarini keskin ravishda tanqid qilishni yaxshi ko‘radi;

    • muttasil buyruq berishga, hammani o‘z istaklariga so‘zsiz bo‘isindirishga intiladi;

    • ko‘p gapirishni yoqtirmaydi, lekin bo‘isinuvchilari bilan muomilada bo‘lganda uning rahbarlik g‘ururi balandligi, uzini katta tutish sezilib turadi;

    • o‘ziga bo‘isynuvchilari oldida qovog‘i solingan kayfiyatda bo‘ladi.

    Xullas, avtokratik rahbar o‘ziga bino qo‘igan, dimog‘dor, o‘z qobiliyati va imkoniyatlariga ortiqcha ishonadigan, hukimini o‘tkazishga intiladigan kishilardan etishib chiqadi.
    Bunday rahbar nazoratdan chetda qolsa o‘sha erda dag‘allik, takabburlik, tazyiq o‘tkazish, majbur qilish kabi o‘ta salbiy holatlar avj uradi.
    Biroq avtokratik boshqaruv usulini har jihatdan, yomon deb bo‘lmaydi. Ba’zi bir hollarda bo‘ysinuvchilarning madaniy darajasi, axloqi pastligi sababli avtokratik uslubini tanlab olish ham ish berib holishi mumkin.

    Liberal rahbar

    *Bunday turdagi rahbar:

    • idorasiz, tashabbussiz bo‘ladi;

    • o‘z zimmasiga mas’uliyat olishni yoqtirmaydi;

    • ishni o‘z holiga tashlab ko‘yadi;

    • idoraga nisbatan qat’iy bo‘lishdan hayiqadi;

    • o‘zini haddan tashqari ehtiyot qiladi;

    • biron xodim bilan ham aloqani buzishni istamaydi;

    • talabchan emas, sust nazorat qiladi;

    • suiste’mollarga bevosita yo‘l qo‘imasa ham o‘zini bilmaslikka soladi;

    Bunday rahbar tashqaridan ko‘rsatiladigan ta’sirga moyilligi bilan ko‘zga tashlanib turadi.

    Demokratik rahbar

    *Bunday turdagi rahbar:

    • boshqarish funktsiyalarini jamoa fikri bilan hisoblashib amalga oshiradi;

    • ishlab chiqarishni boshqarishga xodimlarni jalb qiladi; ularning bildirgan fikriga quloq soladi; ular bilan maslahatlashadi, ijobiy tamonlarini inobatga oladi;

    • barcha bilan barobar va samimiy munosobatda bo‘ladi, ustunligini bildirmaydi;

    • buyruq berish yo‘li yuilan emas, balki ishontirish uslubida ish tutadi;

    • buyruq rahbarlik uslubi bo‘isinuvchilarning shaxsiy tashabbusini, ijodiy faoliyatini rivojlantiradi va jamoada o‘rtoqlik va ishchan muhitni yaratadi.

    qayd etilgan rahbarlik uslublari sof holda uchramaydi. xayotda har bir rahbarning ish uslubi har hil bo‘ladi, lekin yuqoridagi uch uslubdan biri yaqqolroq sezilib turadi. Turli hil ishlab chiqarish vaziyatlarida har xil xodimga nisbatan rahbarlikning ijolbiy tamonlaridan foydalanish kerak. Rahbar haqiqiy ahvolga qarab ish tutish va buysinuvchilarning o‘ziga hos shaxsiy xislatlarni hisobga olib muomala qilishi kerak.
    xar bir boshqaruv uslubning samarodarligini baholash uchun amerikalik olim L. Laykert qo‘idagi koeffetsientni hisoblashni taklif qilgan:
    bu erda, -avtokratik –liberallik koeffitsienti
    EIU- rahbarlik uslubdagi ishontirish unsurlari yig‘indisi;
    EMqU- rahbarlik uslubdagi majbur qilish unsurlari yig‘indisi
    R.Laikertning fikricha bu nisbat 1,9 ni tashkil qilishi lozim. Boshqacha qilib aitganda rahbarlik uslubida rahbar ishontirish unsurlarini majbur qilish unsurlaridan taxminan ikki barovar ko‘proq qo‘llagandagina uning rahbarlik uslubi optimal, maqsadga muvofiq, samarali bo‘lgan hisoblanadi.
    Umuman olganda har uchala turdagi rahbarlikning boshqarish funktsiyalarini bajarishdagi va ijtimoi munosabatlardagi o‘ziga xos xususiyatlarni qo‘idagi jadvalda umumlashtirib ko‘rsatish mumkin.

    Rahbarlik turlarining, o‘ziga xos xususiyatlari



    ¹

    Belgilar

    Rahbarlik turlari







    Avtokratik rahbar

    Demokratik rahbar

    Liberal rahbar

    1

    qaror habul qilishda

    Yakkabosh, jamoa fikri bilan hisoblashmaydi

    Jamoa fikri bilan hisoblashadi

    Ko‘rsatmaga binoan ish tutadi

    2

    qaror echimlarini bo‘ysinuvchilarga etkazishda

    Yozma va og‘zaki buiruq, ko‘rsatma orqali

    Taklif orqali

    Iltimos qilish, yalinish orqali

    3

    Ma’suliyatni taqsimlash orqali

    To‘la tukis rahbar qo‘lida

    Vakolatiga binoan

    To‘la-to‘kis ijrochilar-ning fikriga binoan

    4

    Bo‘isinuvchilarning
    tashabbuskorligiga

    Io‘l qo‘yadi

    Rahg‘batlan-tiradi va foydalanadi

    To‘la- to‘kis tayanadi

    5

    Kadrlarni tanlashda

    Kuchli raqobat-doshlardan qutilish tarafdori

    Ishchan, bilimdon xodimlarga mo‘ljal oladi va ularning o‘sishiga yordam beradi

    Beparvo



    6

    Bilimga bo‘lgan munosobatda

    xamma narsani o‘zim bilaman deb hisoblaidi

    Mutassil o‘qiydi va qo‘l ostidagi bo‘ysinuvchilardan ham shuni talab qiladi

    E’tiborsiz, baribir, beparvo

    7

    Muomalada

    Salbiy, masofa saqlaydi

    Ijobiy muloqatda kirishimli va faol

    Tashabbus ko‘rsatmaydi

    8

    Bo‘isinuvchilariga nisbatan

    Kayfiyatiga qarab muomala qiladi, asabli

    har xil, talabchan, xairixoh, andishali

    Talabchan emas, muloyim

    9

    Intizomga nisbatan

    qattiq, formal, yuzaki

    Maqsadga muvofiq talab qiladi

    Yumshoq yuzaki

    10

    Rag‘batlantirishga nisbatan

    Onda sonda rag‘batlantirib tez-tez jazolash tarafdori

    Onda-sonda jazolab tez-tez rag‘batlantirish tarafdori

    Aniq mo‘ljali yo‘q

    xar uchala rahbarlik turi o‘rtasida mutanosiblik mavjud bo‘lib aniq sharoitlarda birining salmog‘i oshishi bilan boshqasining salmog‘i kamayadi.
    4. Rahbarlik fazilatlari to‘g‘risidagi Gippokrat fikrlari: “Sangviniklar”, “Flegmatiklar”, “Xoleriklar”, “Melanxoliklar”.Rahbarga quyiladigan talablar.
    Fazilat-bu ijobiy xislat, yaxshi sifat yoki xususiyatdir. Kishilarda fazilatlarning turlicha bo‘lishi hamda har xil xulq- atvorlar insonning badanida aylanib yuradigan suyuq moddalarga ko‘p jihatdan bog‘liq ekanligi tajribada kuzatilgan.
    qadimgi tibbiyotning yirik namoyondasi Gippokrat inson badanida qon asosii o‘rinni shig‘ol etsa, bunday odam harakatchan, engil bo‘ladi, taasurotlarning almashinishiga tez ko‘nikib keta qoladi, o‘z atrofida sodir bo‘layotgan voqealarga darhol va ishtiyoq bilan aralashadi, degan fikri bejiz emas.
    Mana shu xil kishilarni Gippokrat Singviniklar (xushchaqchaq kishilar) deb atagan. Bu lotincha “singvinis” ya’ni “qon” degan so‘zdan kelib chiqqan.
    Singviniklar tuyg‘u (jo‘shqin) xususiyatlari bilan ajralib turadi. Ular:



    • yangi kishilar bilan tez til topishadigan;

    • bir ish turidan ikkinchi ish turiga tezda ko‘niqadigan;

    • bir turda bajariladigan ishlarni yoqtirmaidigan;

    • yangi sharoitga osonlik bilan o‘rganadigan;

    • xushchaqchaq;

    • harakatlari shiddatli;

    • nutqi tez;

    • kelajakka ishonch bilan qaraydigan;

    • so‘zini aniq va ma’noli qilib, imo ishoralar bilan gapradigan kishilardir.

    Singviniklar ish jarayonida kechgan ko‘ngilsiz hodisalarni tezda esdan chiqarib yuboradilar. Ular o‘z kuchi hamda qobiliyatlariga ortiqcha baho berish xususiyatiga egadirlar.
    Rahbarlar ularning ishini salbiy baholashdan ko‘ra ularga nisbatan qattiq qo‘l va talabchan bo‘lsalar ijobiy natijaga erishish mumkin.
    Singviniklar yuqori lavozimga intiladigan kishilar bo‘ladilar.
    Agar kishi tanasida shillik hukmron o‘rin tutsa, unday kishilar og‘ir, tepsa tebransmas, kayfiyatlari va intilishlari ancha barqaror, voqealar va hayot taasurotlariga loqayd qaraydigan bo‘ladilar. Bunday xil kishilar flegmatiklar deb atalgan. qadimgi yunonlar shilliqlarni “Flegma” deyishgan.

    Flegmatiklar:

    • ta’sirchanligi sust bo‘ladi;

    • bir turdagi ishdan ikkinchi turdagi ishga sekinlik bilan ko‘chadilar;

    • faolliklari kam;

    • yangi sharoitda qiyinchilik bilan moslashadilar;

    • harakatlari va nutqlari sust;

    • ko‘ngilsiz hodisa yuz berganda osoyishtaliklarini buzmaydilar;

    • sabr-toqatli chidamli bo‘lib, so‘zlaganda xotirjam, o‘zga shaxslar bilan hayajonlanmay gapiradilar.

    Flegmatiklar chidamliligi, matonati, o‘zini tuta bilishi bilan ajralib turadi.
    Gippokratning fikricha, agar kishi tanasida za’faron safro ustun tursa, bunday kishi tezkor, qa’tiy-harakatchan bo‘ladi. Bu toifa kishilarni Gippokrat xoleriklar (qoni qiziq kishilar) deb atagan. qadimgi yunonchada safroni “xoley” deyishgan.
    Xoleriklar – ko‘tarinki ruhda ishlay oladigan, qarshiliklarni enga oladigan kishilar bo‘lib, ularning ishlash zavqi kayfiyatining bo‘zilishi bilanoq tez o‘zgarishi mumkin. Ular serjahl, o‘zini yaxshi ko‘radigan, tez gapiradigan odamlar bo‘lib, ular boshqalardan gapining ohangi o‘zgaruvchanligi bilan ajralib turadilar. Xoleriklarning vazminlik darajasi xuddi singviniklarnikidek bo‘ladi. Rahbar va boshqa kishilarga nisbatan o‘zini to‘g‘ri tutadi.
    Nihoyat, Gippokrat yana bir tur kishilarni ajratadiki, bundaylarning ahvoli, ruhiyati bir xilda turmaydi. Ular yomon kayfiyatga ko‘proq moyil bo‘ladilar, arzir-arzimas narsalardan qattiq kuyunaveradilar. Bunday kishilarni ulug‘ shifokor melanxoliklar deb atagan. qadimgi yunonchada “melanxolik” so‘zi “qora safro” degan ma’noni bildirgin.



    Melanxoliklar:


    Download 2,21 Mb.
    1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   192




    Download 2,21 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Rahbarlik uslubga qarab rahbarlarning turlarga bo‘linishi

    Download 2,21 Mb.