99
Bunga siz nima deysiz?
1. Ikkinchi masterning gapiga to’la qo’shilaman. Yaxshi maosh bo’lsa, kayfiyat
ham yaxshi bo’ladi.
2. Zamonaviy bu o’z ijtimoiy holatini yaxshi tushungan
va madaniyat doirasi
keng bo’lgan odam. SHuning uchun unga axloq, odob va ma’naviy
sifatlar birinchi
navbatda turadi, demak, birinchi master haq.
Har qaysi master o’zicha haq, chunki ular keltirilgan omillar jamoada kayfiyat
shakllanishida katta ahamiyat kasb etadi. Moddiy rag’batlantirish va yaxshi so’zli
bo’lishni birga qo’shib olib bormoq - bu har qanday rahbar uchun juda muxim narsa.
Vaziyatli masala - 2
Yosh ishchi mehnat va ishlab chiqarish intizomini bir necha bor buzmoqda.
Master u bilan suxbatlar o’tkazdi. Jarima solishga ham to’g’ri keldi. Yosh ishchi
ishlaydigan brigadada 12
kishi bor, ulardan biri uning do’sti hamma narsada uni
qo’llaydi, 6 kishi jamoa ishlari bilan unchalik qiziqmaydi, ishdan so’ng uyga ketishga
shoshiladi. 5 kishi jamoatchilik
topshiriqlarini bajarishadi, brigadir kasaba uyushmasi
qo’mitasi a’zosi.
Yosh ishchi bilan yana "favqulotda holat" yo’z berdi.
Uning axloqini
baholashda siz master o’rnida nima qilar edingiz?
1. Brigada jamoasi yig’ilishida yosh hodimning harakatini muxokamaga qo’yar
edim.
edim.
2. Jamoa qatnashuvisiz o’zim qaror qabo’l qilar edim.
3. Yosh ishchining harakati muxokamasiga faqat brigada faollarini taklif qilar
Boshqa javob yo’q.