111
2004 yil sentyabrida dushanba kuni soat 9.00 da direktor bosh menejerlarni
yig’di va chet el investorlarning kelishi xaqida xabar berdi. U ishlab chiqarish
bo’yicha direktor o’rinbosariga mexmonlarni kutib olishni topshirdi. Payshanba kuni
mexmonlar kundo’zgi samolyot bilan kelishdilar va ularni ishlab chiqarish bo’yicha
direktor o’rinbosari kutib oldi. U mexmonlarni mexmonxonaga joylashtirdi,
keyin
nonushta qilishdilar. Nonushtadan keyin mexmonlarga korxonaga borish taklif etilgan
edi.
Mexmonlar
ofisga
kelishganda
kotiba
bosh
direktorni
xokimiyatga
chaqirishganliklarini va u faqat tushlikka yaqin kelishini aytdi. Mexmonlarga shaxarda
ekskursiya taklif etildi. Ular bundan muloyimlik bilan
voz kechib, korxonani ko’rish
istagini bildirishdilar. TSexlarning birida mexmonlar tsex boshqaruvchisi bilan
maxsulotni ishlab chiqarish texnologiyasi xaqida suxbatlashni xoxladilar. Biroq u
joyida yo’q edi, chunki ishchilar gapiga qaraganda u vinpunktga ketgan edi. Soat
12.30 da bosh direktor kelib, tushlik qilishni taklif etdi. Mexmonlar yana muloyimlik
bilan voz kechib, mo’zoqaralarni boshlashni taklif etdilar. Bosh direktor o’zining
o’rinbosariga xamma bo’limlar boshliqlarini chaqirishni buyurdi.
Mo’zoqaralarni boshlab, mexmonlar investitsiyalanishi ko’zlanuvchi loyixaning
texnik-iqtisodiy asosini so’radilar. Aniqlanishicha, bu topshiriq berilgan bosh injener
loyixaning asosini tayyorlamagan, chunki mazkur topshiriqni
bajarilish muddati
belgilanmagan edi. Mexmonlar ketganidan so’ng bosh direktor bosh injenerni ishdan
chetlashtirdi.
Yilning oxiriga borib direktor qiyin moliyaviy axvol uchun
ishdan
chetlashtirilgan edi.
2005 yildan AOOT «WINWEST» ni yangi direktor boshqardi. U quyidagi
muammoga duch keldi:
1. Korxona davlat oldida soliqlarni to’lash bo’yicha katta qarzga ega.
2. Korxona omborxonalarida ko’p tayyor maxsulot yig’ilib qolgan.
3. Vinoni solish bo’yicha moslamalar ma’naviy eskirgan.
Yangi bosh direktor kutib turmasdan qat’iy faoliyatni boshlab yubordi. O’zining
birinchi kunini bosh direktor bo’limlar boshliqlarini yig’ish va ularga o’zining
pozitsiyasini: vujudga kelgan vaziyatdan chiqish yechimlarini birgalikda izlash
kerakligini va xamma savollar birgalikda xal qilinish zarurligini aytish bilan boshladi.
Biroq, oldingi direktor qarindoshi bo’lgan ishlab chiqarish bo’yicha
direktor
o’rinbosari lavozimini qiskartirganidan ko’plar xayratda kolgan edi. Iqtisodiyot
bo’yicha direktor o’rinbosari lavozimiga u oyok- kiyim maxsulotlarini ishlab chiqarish
bilan shug’ullanuvchi korxonadan o’ziga yaxshi tanish bo’lgan mutaxassisni taklif
qildi. Unga bosh vinodel va bosh injenerni bevosita buysundirdi. Qayd qilish kerakki,
bosh injener xam, bosh vinodel xam mazkur korxonada 20 yildan ko’p ish stajiga ega
edilar.
Bosh direktor ishlab chiqarish faoliyatini bevosita o’zi boshqarishni boshladi.
Qo’l ostidagi xodimlar istalgan vaqt, agar u kabinetida bo’lsa, kirib joriy savollarni xal
qilishlari mumkin edi.
Bosh direktor etiborga olgan asosiy masalalardan biri bo’lib o’zumni tayyorlash
va birlamchi qayta ishlash xisoblanardi. U xar kuni ertalab tumanlarda joylashgan
vinpunktlarga chiqib, maxsulotni tayyorlashni o’zi boshqarar edi.
U boshqargan korxona o’z urf-odatlarga, butun ishchilar
dinastiyalarga ega
bo’lishini tushunib turib va mazkur potentsialni saqlab qolish maqsadida bosh direktor
ishchilarni muqofotlashga katta etibor qaratar edi. SHunday qilib, xar oy va
bayramlarda xodimlarga bir oklad miqdorida muqofot to’lanardi, nafaqaxo’rlarga
112
xuddi shunday bayramlarda muqofotlar berilar edi. Kadrlar bo’limi boshlig’ini nafaqa
yoshida ekanligidan kelib chiqib, bosh direktor mazkur lavozimga boshqa kishini,
shaxar OO’Yularining birida ishlovchi menejerni taklif qildi.
Kadrlar bo’limining yangi boshlig’i
ishga kelib, birdaniga jamoani yoshartirish
zarurligini ta’kidlab, boshqaruvning tashkiliy to’zilmasida o’zgarishlar qilishni taklif
qildi. Bu masalaga katta ish stajiga ega bo’lgan boshqa bo’lim boshliqlar negativ javob
bera boshladilar. Bundan tashqari, ular ishlab chiqarish ishida kichik stajga ega
bo’lgan kadrlar bo’limi boshlig’iga ishonchsizlik bilan qarar edilar.
Bunga qaramasdan bosh direktor bo’larning xammasi
ikkinchi darajali savollar,
asosiysi esa - ishlab chiqarish deb xisoblab, vujudga kelgan nizoga aralashmas edi.