• Filantropiya to’g’risida taqriz
  • Menejment va marketing




    Download 6,3 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet105/158
    Sana10.02.2024
    Hajmi6,3 Mb.
    #154089
    1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   158
    Bog'liq
    33740 Strategik boshqaruv

    G’alabadan so’ng 
    Ben & Gerry kompaniyasi faoliyati muvaffaqiyatli rivojlandi. Distribьyutorlar 
    kanallari yanada kengaydi, firmaning mo’zqaymoqlari supermarketlar, baqqollar 
    do’konlari, oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berish tarmog’i, shuningdek
    kompaniyaning litsenziyaga ega yoki franchayzing do’konlari tarmog’i orqali sotila 
    boshlandi. 1992 yilga kelib kompaniyaning tovar aylanmasi 130 mln. dollarga yetdi va 
    u jahon bozoriga chiqishga tayyor edi. 
    Ben & Gerry nomi va sifat bilan bog’liq yuqori obro’ kompaniyaga bozorda 
    mavaffaqiyat keltirdi. Kompaniya asoschilari say’-harakati tufayli tashkiliy madaniyat 
    va kompaniya vazifalari belgilab olindi. Kompaniyaning biznesga yondashishini 
    belgilab beruvchi ikkita muhim hujjat ishlab chiqildi. 
    1988 yil kompaniya: “Biz o’zaro barqarorliknig yangi korporativ tamoyillarini 
    yaratib, hayotga tadbiq etmoqchimiz”,-deb elon qildi. Bu tamoyil kompaniyaning 
    asosiy maqsadlarini belgilab beruvchi Filantropiya to’g’risida (Phylantropy Statement) 
    va Dastur to’g’risida (Mission Statement) taqrizlarda qayd etilgan. 
    Filantropiya to’g’risida taqriz 
     
    Ben & Gerry kompaniyasi o’zining 7,5 % daromadini (soliq solinishidan oldingi) 
    quyidagicha taqsimlaydi: kompaniya jamg’armasiga; Vermontdagi Community Action 
    Teams xodimlariga; ijtimoiy rivojlantirish bo’limi bolig’i t’sis etgan korporativ 
    grantlarga. Biz ijtimoiy o’zgarishlarga yo’naltirilgan loyihalarni; muammolarni hal 
    qilishda ijodiy yondashuvni namoyon qiluvchi loyihalarni qo’llab quvvatlaymiz. 
    Kompaniya jamg’armasini 8 kishidan iborat kengash boshqaradi. Kengash kam 
    ta’minlangan oilalardagi bolalarga tegishli, atrof muhit bilan bog’liq masalar bilan 
    shug’ullanadi. 
    Dastur 
    Ben & Gerry kompaniyasi o’zaro barqarorlikning yangi korporativ tamoyillarini 
    ishlab chiqib, uni hayotga tadbiq etadi. Bizning vazifamiz uchta o’zaro bog’liq 
    maqsadga erishishdan iborat: 
    - mahalliy sut mahsulotlaridan oliy sifatli mo’zqaymoy va ko’proq miqdorda 
    qo’imchalarga boy mahsulot ishlab chiqarish, tarqatish va sotish; 
    - kompaniyani birinchi darajali vazifalarimizni bajarish maqsadida boshqarish: 
    daromadning o’sishi uchun mustahkam moliyaviy asos yaratish, aktsionerlarimizning 
    farovonligini oshirish, kompaniya xodimlari yuqori mansablarga erishishi va ularni 
    iqtisodiy rag’batlantirish uchun imkoniyatlar yaratish; 
    - biznesning jamiyatdagi rolini hisobga olib, jamiyatning keng tabaqalarini 
    mahalliy va xalqaro miqiyosda hayot darajasini oshirgan holda kompaniyani 
    boshqarish. 
    Savollar: 
    1. Mo’zqaymoq alohida tovar turi sifatida qanday asosiy xususiyatlarga ega? 
    2. Mo’zqaymoqning kutilayotgan afzalliklari nimada? 
    3. Ben & Gerry kompaniyasi tovarlarining qo’shimcha xislatlari qanday? 
    4. Eng qimmat mo’zqaymoq xayotiylik tsiklining qaysi bosqichida turibdi? 


    119 

    Download 6,3 Mb.
    1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   158




    Download 6,3 Mb.
    Pdf ko'rish