120
yutuklaridan Preskott juda xam mamnun edi. Lekin uni Xigginsning sezilarli bo’lgan
nomaqbo’l xulk-atvori va o’ylanuvchanligi bezovta qilardi. Xiggins Yaponiya
madaniyatiga shu
darajada singib ketgan ediki, xattoki u amerikacha boshqaruvni
umuman yoddan chiqarib yuborganini Preskott xis qildi. U shunchalik «millatchi»ga
o’xshab qolganligi tufayli (gonenative) o’zining boshqaruv metodini borgan sayin
yuqotib borar edi.
Xiggins AKSHning Garbida kichkinagina shaxarchada dunyoga
kelib,
maktabdan so’ng o’zining shtatidagi Universitetga o’qishga kirdi. O’qishining yarmida
xarbiy xizmatga yullanma oldi. Kolledjda uning tilga qiziqishi ko’ringanligi tufayli,
unga yapon tilini o’rgatuvchi xarbiy chet el bilim yurtida taxsil olishga ruxsat
berishadi. 15 oydan sung uni tarjimon sifatida Tokioga yuboradilar. Yaponiyada
yashab, u yapon tilini, adabiyotini va tarixini o’rganishni davom ettirdi. Uning
yapono’rtoklari ko’paydi, u yaponiyalik bir qizni sevib qoladi va unga kaytib kelishni
va’da qiladi. Xarbiy xizmatni besh yil deganda o’tab, Xiggins kolledjga qaytib keladi.
U chet tilini maqsad emas, vositasifatida qullashni istagani uchun, kolledjda o’qishni
menedjment mutaxassisligi bo’yicha davom ettirdi. Bir yarim yildan so’ng kolledjni
a’lo
baholarga bitirib, «Uiver» kompaniyasida ish yuritishni boshladi. Bir yillik
maxsus mutaxassislik kurslarida o’qiganidan so’ng, Preskott o’z lavozimiga kelishidan
bir yil oldin Xigginsni Yaponiyaga ishga yuborishadi.
Xiggins Yaponiyaga qaytib kelishidan mamnun edi, fakatgina bu yurtga bo’lgan
muxabbatigagina emas, balki chet elda «jirkanch amerikalik» (uglyAmerican)
tushunchasini bartaraf etish maqsadida xam. Tilni mukammal bilganligi va
Yaponiyaga o’zgacha mexr bilan yondashganligi uchun u yapon axolisiga mansub turli
odamlar bilan suxbatlasha olar edi. Amerikalik menedjerlar yaponiyaliklarga
o’zlarining to’zumlarini, ideallarini va fikrlash qobiliyatini gapirib berishni va
AKSHdan kelganlarning xammasi to’g’riso’z va kelishuvchan deb o’rgatishlarini
bildi. U bu xolatdan taajubda edi va buni o’zgartirishga xarakat qildi.
Preskott davridagidek yaponiyalik istemolchilarga bog’liq muammolarni xal
etish, ishbilarmon majlislarda qatnashish, davlat organlari bilan bog’liq shaxslar bilan
aloqada bo’lish, marketing tadkikotlarini olib borish va kundalik muammolar bilan
shugullanish Xiggensga berildi. Ikkala boshliqxam kiyin va chalkashib ketgan
kunlarda uning maslaxatlariga quloq solar va uni malakali xamkasb deb xisoblashar
edilar.
Preskott fikran Xiggensning yapon madaniyatiga bog’liq bir necha «kuchli
xayajonli aloqa»larini sanab chikdi. Bir yil mukaddam Xiggens AKSHda taxsil olgan
va maqtovga sazovor Yapon Universitetini bitirgan yaponlik qizga uylandi. SHu vaqt
u Yaponiyada ma’lum muddatga qolishni kechiktirishni suragan edi. Aynan shunda
Preskott Xigginsning xulk-atvori o’zgarganini sezdi. Xiggins
yapon rayoniga kuchib
bordi, uyda kimonoda yurar, ommaviy xammomlarga borar, tuy-marosimlarga,
qo’shnilarning ziyofatiga, xattoki buddizmga taallukli motamlariga xam takliflarni
qabo’l qilar edi. «Uiver» kompaniyasio’zining ishchilariga xar ikki yilda uyga ikki
oylik oilaviy ta’til berar edi, bunda yo’l xarajatlari kompaniyaning o’z zimasida
bo’lishiga qaramasdan Xiggins bu takliflarni rad etar, undan ko’ra Yaponiyaning chet
qishloqlarini rafiqasi bilan ziyorat etishni xush ko’rar edi.
Xiggins ishida xuddi yaponiyaliklardek tashkilotchi xususiyatiga ega edi. U kup
vaqtini qo’l ostidagi ishchilarning shaxsiy xayotiga bogliq bo’lgan masalalarni xal
qilish bilan o’tkazar, tashkilotdagi ko’pchilik bilan qalin aloqada bo’lar,
xatto ayrim
yosh mutaxassislarining to’y marosimlarini o’tkazib berar edi. Xiggins orqali ko’pgina
121
mutaxassislar o’zlarining da’vo va arizalarini boshqaruvchiga yetkazishga xarakat
qilar edilar. Qo’shimcha xizmatlarga imtiyozlarni ko’paytirish, ya’ni dam olish
zonalariga yullanmalar shular jumlasidandir. Ko’pgina ishchilar Preskott qabo’l qilgan
yangi siyosatga arz qilar edilar, bu siyosat yoshi kattaligiga asoslangan lavozim
o’zgarishi printsipidan, boshqaruvchilar tomonidan ko’l ostidagilarni baholash asosida
lavozim o’zgarishi printsipiga o’tishni bildiradi.Firma ishchilari Xigginsga shu
masalaga oydinlik kiritishni so’radilar va u shunday qildi xam. Preskottga saviyasi
o’rta darajadagi boshqaruvchilarning fikrini bilish qiziq bo’lsa xam, Xiggins bilan
ziddiyatga borish unga yoqmas edi. Bu siyosatni qo’llashda Xigginsning fikrini bilish
Preskottni ikqilantirar edi, chunki u bu narsa yapon turmush tarziga to’g’ri
kelmasligini bilar edi. Preskott Yaponiya urf-odat va madaniyatida katta o’zgarishlar
ro’y beryapti deb xisoblar va Xiggens o’ylaganidek bu darajada qattiq
ta’qiqlanmaganligiga ishonar edi. Bu yangi g’oyalarni qo’llab ko’rish ko’pgina yapon
ishchilariga, Xiggens
tarafdorlaridan tashkari, manzur keldi. Bundan tashkari
rivojlanayotgan amerika kompaniyasiga maxalliy udumlardan kuchirmakashlik qilish
umuman tugri kelmaydi, deb xisoblardi Preskott. U korxonaning Yaponiya xalkiga
ko’shgan xissasi yangi fikr va g’oyalarni singdirishi deb o’ylardi. Yaqindagina bo’lib
o’tgan kelishmovchiliklar Preskottning Xigginsga nisbatan bo’lgan ishonchini xavf
ostiga ko’ydi, ilgari Preskott bu xakda o’ylab xam ko’rmagan edi. Masalan, Preskott
fikricha bitta boshqaruvchini lavozimidan chetlashtirish kerak, chunki unda tashkiliy
va boshqaruvchilik xususiyati yetarli darajada emas edi. Boshqaruvchilar xamda
Preskott tomonidan qilingan ikki yillik
ogoxlantirishga qaramasdan, bu boshqaruvchi
o’zining imkoniyatlarini ishga solmadi. Xiggins va kadrlar bo’limi boshlig’i esa bunga
qarshilik ko’rsatdilar, ular ta’kidlashicha kompaniya xech qachon bu siyosatni
qo’llamagan ekan. Ular bu ishchi juda yaxshi va rostguy mutaxassis deb ta’kidlar va
oxirgi o’n yil ichida uning layoqatsiz va beparvoligiga korxonaning o’zi aybdor deb
aytishardi.
Preskott ishdan bo’shashining bir necha xaftasidan so’ng Xiggins «Yamazaki
Farmasьyutikal»ga lavozimidan chetlashtirilgan ishchini qayta ishga oladi. Xigginsdan
nima sababdan bunday qilganini surashganida, u «mening o’rnimda xar kanday
boshqaruvchi shunday qilar edi», deb javob berdi. Preskott bu ziddiyatlar global
muammolarga olib keladi, dab xisoblardi. Xiggins esa juda ishbilarmon, tilni va
odamlarni bilishga intiluvchi boshqaruvchi edi. Bu esa eng bebaho fazilatlardandir.
Ko’p xollarda amerikalik firmalar Preskottga
uning Xigginsday urinbosari
borligiga ochik-oydin gapirar edilar. Xiggins bir nechta boshqa firmalardan kizikarli
takliflar olganini xam Preskott bilar edi. Preskott fikricha, Xiggins agar Yaponiyadan
ozgina o’zoqlashsa, undan xam yaxshi mutaxassis bo’lishi mumkin edi. Preskottning
fikricha, amerikacha yondashuvga ishonchini yo’qotmagan boshqaruvchi eng yaxshi
xalkaro tashkilotchi bo’la oladi, chunki u bir paytning o’zida boshqa mamlakatlarning
yondashuvlariga xam tayangan xolda ish olib boradi. Bunda fikrlash va oldindan ko’ra
bilish kobiliyati juda chukur bo’lishi kerak, lekin ishchining yuborilgan davlatga
extirosi chuqur va nafrati xam bo’lishi kerak emas, shundagina u xar bir vaziyatga
to’g’ri baho bera oladi.