-Mavzu: o`yinchoqlar va ularning ishtirokchilari




Download 0,97 Mb.
Pdf ko'rish
bet115/121
Sana20.12.2023
Hajmi0,97 Mb.
#124460
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   121
Bog'liq
Nutq o`stirish mashg`ulot ishlanmasi

 
68-Mavzu: o`yinchoqlar va ularning ishtirokchilari 
Maqsad: o`yinchoqlar haqida tarbiyalanuvchilarga tushuncha berish. Qadimgi va xozirgi 
o`yinchoqlarni ixtirochilari haqida bolalarni bilimini shakllantirish. 
Bolalarda o`yinchoq va uning ixtirochilari hurmat va havas uyg`otish ularni qolgan merosni 
asrab avaylashga o`rgatish. 
 
Maqsad: o`yinchoqlarning nomini, ularning rangi va kattaligini to`g`ri aytishga o`rgatish.
 
Vazifalar : Qarama-qarshi ma’noli so`zlardan malakasini shakllantirish. (Baland-past) otlar 
va sifatlar to`g`ri gramatik shakllarda qo`llashga o`rgatish “E” tovushini to`g`ri talaffuzini 
aniqlash va mustahkamlash. (alohida tovush birikmalarida, so`zlarda) 
 
Mashg`ulotning borishi: 
Bugun sizlar bilan o`yinchoq va uning ixtirochilari haqida gapirib o`tamiz. O`yinchoqlar 
qadim zamonlarda Hamri buvi tomonidan yaratilgan o`yinchoqlar bo`lgan. Hozirgi 
ma’lumotlarga qaraganda yer yuzidagi eng ko`p tayyorlanadigan o`yinchoqlar xitoy 
zimmasiga to`g`ri keladi. Yanada aniqroq aytadigan bo`lsak million o`yinchoqlarni 
tayyorlash uchun qancha ishchi kuchi kerak ekanligini tasavvur eta olasizmi? 
Balki cheksiz ishlab chiqarilish jarayonida qandaydir texnologiya yoli robotlar ishtirok etadi 
deb o`ylashingiz mumkin. Ammo bunday emas. O`yinchoqlarning barini odamlar qiladi. 
Ularning hammasi qo`l mehnatida bajariladi. 
Tarbiyachi xonaga o`yinchoq solingan yuk mashinasini olib kiradi. (ayiqchalar, echki, 
qo`g`irchoqlar, archalar solingan). 
Qaranglar mashinada qanday o`yinchoqlar olib kelibman ? 
(bolalar javobi) To`g`ri, ayiqchalar, echkini va archalarni olib keldim. Siz bu o`yinchoqlarni 
o`ynashni yaxshi ko`rasizmi? Bular nima? To`g`ri ayiqchalar/ bitta ayiqcha qanday rangda 
(oq). Boshqa ayiqchaqanday raqngda? (qora) ayiqchalar qanday qichqiradi (eeeee) Said oq 
ayiqcha qanday qichqiradi ko`rsat-chi? (Tarbiyachi o`yinchoqni bolaning qo`liga beradi) qora 
ayiq qanday qichqiradi? Mana bular nima ? (archalar). Qaranglarchi hamma archa bir hilmi? 
Mana bu archa baland, bular-chi qanday? To`g`ri ular past. Keyin tarbiyachi ikki bolani 
chaqiradi va bittasiga stul ustiga bakand archalarni, ikkinchisiga esa past archalarni qo`yishini 
buyuradi. So`ngra tarbiyachi o`g`il va qiz qo`g`irchoqlarni oladi va “Qizning ismi E’tibor” 
deydi. Qizning ismi nima ekan ? (umumiy va yakka-yakka javoblar). 
Qaranglar-chi, mashinada qanday o`yinchoq kelibdi? (echki). Echki qanday ma’raydi? (mee). 
Keyin tarbiyachi bolalarning uylarida qanday o`yinchoqlar borligini so`raydi. Kam faol 
bolalarni faollashtirish uchun ularga savolllar bilan murojaat qiladi. Doniyor sen qaysi 


101 
o`yinchoqlar bilan o`ynashni yaxsho ko`rasan? Lola sening o`yinchog`ing qaysi? 
O`yinchoqlar nima uchun kerak? va H.K 
Tarbiyachi bolalarga o`ynashni taklif qiladi/ sizlar hammangiz ayiqchalar bo`lasiz, men ona 
ayiq bolaman. Mana ayiqchaalr inlaridan chiqib sayr qilishga ketdilar. Ular o`rmonda 
yuradilar va (eee) deb qichqiradilar. (bolalar xona bo`ylab yuradilar va “e” tovushini talaffuz 
qiladilar). Tarbiyachi ayiqchalar sayr qilib bo`ldilar va inlariga ona-ayiq oldiga keldilar 
deydi. Bolalar o`z joylariga o`tiradilar. Kelinglar, bolalar ayiqcha, echki, E’tibor, Erkin bilan 
qanday voqealar yuz berganligi haqida hikoya tuzamiz. Tarbiyachi stol ustiga archa qo`yadi 
va hikoyani boshlandi. Kunlardan bir kun echki o`rmonda sayr qilib yurgan edi. Oldidan 
ayiqcha chiqib, echkiga “eee” deb qichqiradi. Echki qanday qichqirdi? Echki qo`rqib ketib 
“me me me” deb qichqirdi. Echki qanday qichqirdi? Shu vaqt Erkin, E’tibor degan bolalar 
o`rmonda yurishgan ekan. Ular echkini ovozini eshitib yugurib kelishdi va echkini ovutishdi. 
Hamma hursand bo`ldi. kim hikoyani qaytaradi? Erkin, E’tibor so`zlarida “e” tovushi bormi? 
Kelinglar Erkin, E’tibor so`zlarini qaytaramiz. Bolalar bilimini tekshirish va mustahkamlash 
uchun
Savollar: 
1. Oq ayiqcha haqida kim gapiradi ? 
2. Qora ayiqcha haqida kim gapiradi ? 
3. Past archani ko`rsating 
4. Baland archani ko`rsating 
5. Qo`g`irchoqlarning ismlari nima ekan?
6. Qo`g`irchoqlar haqida kim gapiradi? 
Bola bilimini aniqlovchi savollar bola javoblarini taxlil qilish va rag`batlantirish 

Download 0,97 Mb.
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   121




Download 0,97 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-Mavzu: o`yinchoqlar va ularning ishtirokchilari

Download 0,97 Mb.
Pdf ko'rish