• 2.2. HTML gipermatnli hujjatni belgilash tiliga kirish
  • XML (eXtensible Markup Language)




    Download 3.49 Mb.
    bet7/15
    Sana24.01.2023
    Hajmi3.49 Mb.
    #39182
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
    Bog'liq
    Ravshanoy toliq
    20. AVTOMATIK ROSTLASH USULLARI, BALANS, ronaldo
    XML (eXtensible Markup Language). XML tili ham HTML tiliga
    o’xshash til hisoblanadi. HTML dan farqli tomoni shundaki, XML da dasturchi o’zining shaxsiy teglarini yaratadi va ular orasiga ma’lumotlar joylashtiradi. XMLteglar harflar katta kichikligini farqlaydi.


    2.2. HTML gipermatnli hujjatni belgilash tiliga kirish


    HTML (Hyper Text Markup Language) – belgili til bo’lib, ya’ni bu tilda yozilgan kod o’z ichiga maxsus ramzlarni mujassamlashtiradi. Bunday ramzlar hujjat ko’rinishini faqatgina boshqarib, o’zi esa ko’rinmaydi. HTMLda bu ramzlarni teg (teg – yorlik, belgi) deb ataladi. HTMLda hamma teglar ramzchegaralovchilar (< , >) bilan belgilanadi. Ular orasiga teg identifikatori (nomi, masalan V) yoki uning atributlari yoziladi. Yagona istisno bu murakkab chegaralovchilar () yordamida belgilanuvchi sharxlovchi teglardir. Aksariyat teglar jufti bilan ishlatiladi. Ochuvchi tegning jufti yopuvchi teg. Ikkala juft teg faqatgina yopuvchi teg oldidan «slesh» (“/”) belgisi qo’yilishini hisobga olmaganda, deyarli bir xil yoziladi. Juft teglarning asosiy farqi shundaki, yopuvchi teg parametrlardan foydalanmaydi. Juft teg yana konteyner deb ham ataladi. Juft teglar orasiga kiruvchi barcha elementlar teg konteyneri tarkibi deyiladi. Yopuvchi tegda zarur bo’lmagan bir qator teglar mavjud. Ba’zida yopuvchi teglar tushirib qoldirilsa ham zamonaviy brauzerlar aksariyat hollarda hujjatni to’g’ri formatlaydi, biroq buni amalda qo’llash tavsiya etilmaydi.

    Shuni esda tutish lozimki, hamma teglar o’zining individual parametriga ega bo’lishiga qaramay, shunday bir qator parametrlar mavjudki, ularni bo’limining barcha teglarida ishlatish mumkin. Bu parametrlar CLASS, ID, LANG, LANGUAGE, STYLE va TITLElardir. HTML-hujjatini yozishni boshlashda ishlatiladigan birinchi teg bu tegidir. U har doim hujjat yozuvining boshida bo’lishi lozim. Yakunlovchi teg esa shakliga ega bo’lishi kerak. Bu teglar, ular orasida joylashgan yozuvning hammasi butun bir HTML-hujjatini anglatishini bildiradi. Aslida esa hujjat oddiy matnli ASCIIfaylidir. Bu teglarsiz brauzer hujjati formatini aniqlab, tarjima qila olmaydi. Ko’pincha bu teg parametrga ega emas. HTML 4.0 versiyasiga qadar VERSION parametri mavjud edi. HTML4.0 da esa VERSION o’rniga parametri paydo bo’ldi.

    Download 3.49 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




    Download 3.49 Mb.