|
Mertologiya
|
bet | 1/7 | Sana | 20.12.2023 | Hajmi | 169,27 Kb. | | #124721 |
Bog'liq metrologiya 1 2. Dars tahlilining asosiy tarkibiy qismlari. Dars tahlil turlar, aksiologik-yondashuv-asosida-media-madaniyatini-rivojlantirish, 18, File0001, File0001, File, Silabus Media sa, dogovor252, @Sillabus dasturlash asoslariATVT (2), МЕТОДИКА И ТЕХНОЛОГИИ ПРЕПОДАВАНИЯ ЛЕКСИКОЛОГИИ И ФРАЗЕОЛОГИИ, FIZIKA ATTESTATSIYA sinov 8(2021) 15.04.2021 II (2), Sobirov Azamat - Oliy, baym lect7, komp tar 7-8 amaliy
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM ,FAN VA INOVATSIYALAR VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNALOGIYALRI UNVERSITETI SAMARQAND FILIALI
Fan:“MERTOLOGIYA ”
Mavzu: O'lchov vositalari va usullari haqida asosiy tushunchalar.
Guruh: TT-21-03
Talaba: Yarashev Eldorjon
O‘qituvchi: Rajabov Jahongir
SAMARQAND 2023
MAVZU: O'lchov vositalari va usullari haqida asosiy tushunchalar.
REJA
Texnikaviy o`lchovlar, nazorat qilish va uning turlari.
O`lchash vositalari, ularning turlari.
O`lchash aniqligi va absolyut xatolik.
Xatolik turlari va ularga ta`sir etuvchi omillar.
Uzunlik uch o'lchovlari to'plamlari.
Rus kimyogar olimi D.I. Mendeleev «Fan o’lchash boshlangandan beri rivojlanmoqda, ya’ni o’lchashsiz fan boshlanmaydi» degan edi. Hozirgi davrda o’lchashsiz iqtisodiy va ijtimoiy hayotni tasavvur etib bo’lmaydi.
Chizmaga, ishlab chiqarish, nazorat qilish, defektlash yoki mahsulotga xizmat qilish texnologik xaritalaridagi eskizlarga qo’yilgan o’lcham talab etilgan aniqlik bilan o’lchanishi kerak. O’lchash o’rnatilgan tartib va qoida, hamada asosli ravishda tanlangan o’lchash vositasi yordamida bajariladi.
O’lchash – bu maxsus texnik vositalar yordamida fizik miqdorning qiymathii tajriba yo’li bilan aniqlashdir. O’lchash – o’lchanayotgan miqdorni (masalan, val o’lchamini) birlik sifatida qabul qilingan miqdor bilan taqqoslashdan iboratdir (uzunliklarni o’lchash uchun bunday birlik sifatida metr qabul qilingan). O’lchov birliklari, vositalarini va o’lchash usullarini o’rganadigan fan metrologiya deb ataladi. Metrologiyaning asosiy vazifalari O’z RST 8.010-93 (GOST 16263-70) da keltirilgan. O’lchov birliklarini umumlashtirish maqsadida ISO ning oliy organi XI Bosh anjumani tavsiyasiga binoan 1960 yilda birliklarning xalqaro tizimi SI (internatsional tizim) kiritildi. Shu asosda GOST 8.417-81 (ST SEV 1052-78) ishlab chiqildi.
SI da har xil parametrlarni: mexanik, issiqlik, elektrik, magnit, yorug’lik, akustik va ionlashtiruvchi nurlanishlarni o’lchashda ishlatiladigan oltita asosiy birlik bor. Asosiy birliklar sifatida:
metr (m) – uzunlikni o’lchash uchun;
kilogramm (kg) – massani o’lchash uchun,
sekund (sek) – vaqtni o’lchash uchun;
Kelvin gradusi (K°) - haroratni o’lchash uchun;
Amper (A) - elektr toki kuchini o’lchash uchun;
kandela (sham) kd – yorug’lik kuchini o’lchash uchun ishlatiladi.
Kuch birligi qilib Nyuton olinadi 1H=1kгмc-2; bosim birhgi Paskal 1Пa =1кгм-1c-2 va h.k. SI da o’nlik ko’paytmalar uchun quyidagi qo’shimchalar kiiitildi:
eksa (e)–1011; peta (p)–1015; tera (t)–1012; giga (g)–109; mega (m)–106; kilo (k)–103; gekto (g)–102; deka (da)–101; ditsi (d)–10-1; santi (s)–10-2; milli (m)–10-3; mikro (mk)–10-6; nano (n)–10-9; piko (p)–10-12; femto (f)-10-15; atto (a)–10-18.
|
| |