• 4 .5 – rasm.
  • Metallarni himoya gazlari muhitida elektrik yoy yordamida payvandlash




    Download 0.65 Mb.
    bet5/8
    Sana05.04.2023
    Hajmi0.65 Mb.
    #48844
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    1479808461 66072
    Hisob varaqasi, A Narmanov Analitik geometriya, Kurs ishi ramka ElMash, in the middle of the night, Новый документ (8), 14 SSV Вактинча мехнатга лаёкатсизлик 37ОП 1 КВ , Magnit defektoskopiyasining fizik asoslari. Magnit kukunli usuli, 027-Тиббий муассасадаги беморнинг тиббий баённомасидан кучирма, Amaliy mashgulot 1 (6), -1512842355, Гули

    Metallarni himoya gazlari muhitida elektrik yoy yordamida payvandlash


    Payvandlashlarning yuqorigi § larda tanishilgan flyus ostida va elektrik-shlak usullarida ko‘rdikki, payvandlashda yoy va metall vannasi flyus yoki shlak qatlami ostida bo‘lib, protsessda tashqi muhitdan himoyalanadi. Bu usulda esa payvandlash himoya gazlari muhitida olib boriladi. Amalda uglerodli, legirlangan, ximiyaviy aktiv metall va ularning qotishmalari bu usulda payvandlanadi. Bu protsessda himoyalovchi muhit sifatida inert gazlardan (argon, geliy) va aktiv gazlar (azot, uglerod II oksid va boshqalar) dan foydalaniladi.
    Bu usulning avzalliklariga flyusga zarurat qolmasligi, chok metali ximiyaviy tarkibining ta’minlanishi, metallning qanday payvandlanayotganini bevosita kuzatilish, istalgan holatda chok bostirilishi, choklarni tozalab o‘tirishga hojat qolmasligi va boshqalar kiradi. SHuni qayd etish kerakki, gaz oqimi metallni sovitib turishi natijasida termik zona qisqarib, buyumning deformatsiyalanishi kamayadi. Ayniqsa, protsessni avtomatlashtirish mumkinligi ish unumini keskin oshiradi.
    Sanoatda himoya gazi muhitida metallarni elektrik yoy yordamida payvandlashning ko‘proq tarqalgan xillari bilan tanishamiz.

    4
    .5 – rasm.
    Argon muxitida elektr yoy yordamida payvandlash 1 – payvandlanuvchi metall; 2 – chokbop sim; 3 - volfram elektrod; 4 – mundshtuk; 5 – himoya qobig‘i; 6 – elektr yoy; 7 – suyuqlangan metall.
    Metallarni argon muhitida elektrik yoy yordamida payvandlash. Amalda bu usuldan aktiv metallarni (alyuminiy, magniy, titan, sirkoniy, tantal, niobiy) va ularning qotishmalarini, shuningdek, legirlangan po‘latlardan yasalgan murakkab konstruksiyalarni payvandlashda foydalaniladi. Argon muhitida metallarni eletrik yoy yordamida payvandlash qiyin suyuqlanuvchan volfram elektrodlarida va oson suyuqlanuvchan metall elektrodlarda olib boriladi.

    1. Qiyin suyuqlanuvchan volfram elektrod bilan argon muhitida metallarrni

    elektrik yoy yordamida payvandlash (4.5-rasm).
    Elektrik yoy 6 volfram elektrod 3 bilan payvandlanadigan metall 1 orasida yondirilib, argon mundshtuk 4 ning halqa kesimlik teshigidan ma’lum bosimda haydab turiladi, bunda u yoyning butun zonasini va metall vannani to‘la o‘raydi.
    A rgon muhitida yoy bilan payvandlash, odatda, qalinligi 0,1-5 mm bo‘lgan metallarni payvandlashda qo‘llanilib, o‘zgarmas tokda pasayuvchi tashqi harakteristikali manbaalarni to‘g‘ri qutbli qilib ulab, dastaki yoki avtomatikaviy usulda olib boriladi.

    1. Metallarni oson suyuqlanuvchan metall elektrodlar bilan argon muhitida elektrik yoy yordamida payvandlash (4.6-rasm).


    Download 0.65 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 0.65 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Metallarni himoya gazlari muhitida elektrik yoy yordamida payvandlash

    Download 0.65 Mb.