liniyalariga ta’sir qiladigan o‘zinduksiya EYuK sirtqi tok liniyalariga ta’sir etuvchi
o‘zinduksiya EYuKdan katta bo‘ladi. Bu hol o‘tkazgichning
sirtida tokning
zichligi uning ichidagidan kattaroq bo‘lishiga olib keladi. Bunday notekislik tok
chastotasi ortganda, ya’ni o‘zinduksiya EYuK miqdori tok chastotasiga mutanosib
bo‘lganda oshadi. Shunday qilib, tok chastotasi ortishi bilan o‘tkazgichning
sirtidagi tok miqdori oshib boradi. Bu effekt sirtqi effekt deyiladi.
Sirtqi effekt kuchli namoyon bo‘lganda tok o‘tkazgichninig markaziy qismidan
deyarli oqmaydi, bu esa o‘tkazgichning aktiv qarshiligi
ortishi va qizish
kuchayishiga olib keladi.
Yaqinlik effekti qo‘shni o‘tkazgichlardan oqayotgan tok liniyalari qayta
taqsimlanishidan iborat bo‘lib, bunga ularninig o‘zaro ta’sir ko‘rsatishi
sabab
bo‘ladi. Bu hodisa sirtqi effekt ancha kuchli namoyon bo‘lgandagina, ya’ni tokning
singish chuqurligi o‘tkazgichning ko‘ndalang o‘lchamlariga nisbatan ancha kichik
bo‘lganda va o‘tkazgichning ko‘ndalang kesimi faqat qisman tok bilan band
bo‘lgandagina yuz beradi.
Agar yuqori chastotali tokli o‘tkazgich (induktor) o‘tkazuvchi plastina tepasida
joylashtirilsa, plastinadagi tokning eng yuqori zichligi induktor ostida bo‘ladi.
Plastina sirtidagi tok go‘yo induktor ketidan ergashgandek bo‘ladi.
Bu hodisa
payvandlanayotgan jismlarda tokning qayta taqsimlanishini boshqarib turish
imkonini beradi va yuqori chastotali tok bilan payvandlashda
muhim ahamiyat
kasb etadi.
6-rasm.
Quvurni yuqori chastotali tok bilan payvandlash sxemasi:
1 – pavandlanayotgan quvur; 2 – induktor; 3 – magnit o‘tkazgich; 4 –
payvandlanadigan quvurlarni qotirib qo‘yish va cho‘kish hosil qilish uchun
qismlar.