• Оlmаliq 2022 Uslubiy ko’rsatma “Kоnchilik ishi” yo’nаlishi bo’yichа tа’lim оlаyotgаn tаlаbаlаr uchun mo’ljаllаngаn bo’lib, undа “Metalli rudalarni boyitish texnologiyasi”
  • Metalli rudalarni boyitish texnologiyasi




    Download 5.48 Mb.
    bet1/21
    Sana17.04.2024
    Hajmi5.48 Mb.
    #199095
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
    Bog'liq
    kurs loyixasini metalli (2)
    Kon mashina va uskunalarining texnologik parametrlari, KARerrr, Документ Microsoft Word (2), 1-amaliy ish, 2021-aprel-iyun, bolt, 12.09.2022, рамка узб, Nasriddinov D, rele тест уз (2), Suhrob.1, 5 lab, ХОЛИДА, Raxmonov Akram kon mashina, Rahimov Ortiqali misollar

    I.KARIMOV NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI


    ОLMАLIQ FILIALI
    KОNCHILIK ISHI VA METALLURGIYA FАKULTЕTI


    KОNCHILIK ISHI KАFЕDRАSI

    METALLI RUDALARNI BOYITISH TEXNOLOGIYASI”


    fаnidаn kurs lоyihаsini bаjаrish uchun
    USLUBIY KO’RSATMA

    Оlmаliq 2022
    Uslubiy ko’rsatma “Kоnchilik ishi” yo’nаlishi bo’yichа tа’lim оlаyotgаn tаlаbаlаr uchun mo’ljаllаngаn bo’lib, undа “Metalli rudalarni boyitish texnologiyasi”
    fаnidаn bаjаrilаdigаn kurs lоyihаsigа qo’yilgаn tаlаblаr keltirilgаn. Uslubiy qo’llаnmаdа kurs lоyihаsining mаqsаdi vа vаzifаlаri, hаjmi, sifаt-miqdоr sхemаsini hisоblаsh, flоtаtsiya usulidа bоyitish dаstgоhlаrini tаnlаsh vа hisоblаsh, tushuntirish хаti vа chizmаlаrni bаjаrish hаqidа ko’rsаtmаlаr berilgаn.

    Tuzuvchilar:


    I.Karimov nomidagi TDTU


    Olmaliq filiali “Konchilik ishi va metallurgiya fakulteti”,
    “Kоnchilik ishi” kаfеdrаsi kat.o’qit : Ibragimov I.S

    “Kоnchilik ishi” kаfеdrаsi assistenti: Suyarov J.U


    Tаqrizchilаr:
    I.Karimov nomidagi TDTU Olmaliq filiali “Mеtаllurgiya” kаfеdrаsi prоfеssоri, t.f.d.Аbdurахmоnоv S.А.,

    NITU MISiS Olmaliq filiali ijtimoiy gumanitar fanlari kafedrasi dotsenti


    t.f.n. dots. Shakarov T.
    Kirish
    Mamlakatimizning iqtisodiy salohiyatini, ishlab chiqarish unumdorligini rivojlanishi, bugungi demokratik davlatimizda kelajak avlodlar uchun ko‘pgina hollarda mineral xom ashyolarni qazib olish va ularni qayta ishlash ko‘rsatkichlariga bog‘liq bo‘ladi.
    Foydali qazilmalar – asosan organik va noorganik tabiiy minerallar bo‘lib, hozirgi rivojlangan texnologiyalar yordamida tabiiy va qayta ishlangan holda xalq xo‘jaligida yuqori samara bilan foydalanish mumkin bo‘lgan mahsulotga aytiladi. Foydali qazilmalar manbasi konlar, ya’ni yerning geologik ta‘sir natijasida foydali qazilmalarning bir joyga to‘planishi hisoblanadi. Foydali qazilmalar qattiq , suyuq va gazsimon holda bo‘ladi.
    Foydali qazilmalarning turlariga qarab ularni quyidagi asosiy guruhlarga bo‘lish mumkin:
    1.Metalli foydali qazilmalar - qora va rangli metallar olish uchun hom ashyo hisoblanadi.
    2.Nometall foydali qazilmalar - qurilish, keramika va boshqa mahsulot olish uchun hom ashyo hisoblanadi.
    3.Tabiiy yoki qayta ishlangan holdagi yoqilg‘i yoki kimyo sanoati uchun hom ashyo hisoblangan, yoqilg‘i qazilmalari.
    Foydali qazilmalar xalq xo‘jaligining asosi hisoblanadi, biror bir tarmoq yo‘qki foydali qazilmalar yoki ularning qayta ishlangan mahsulotlari ishlatilmasa. O‘zbekiston konlarining foydali qazilmalarga nihoyatda boyligi, bir necha o‘n million tonna qazib oladigan va qayta ishlaydigan yuqori texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichli yirik mexanizatsiyalashtirilgan boyitish va metallurgiya korxonalari ko‘rish imkonini beradi.
    Konchilik sanoati, hozirgi zamon texnika darajasida metall yoki mineral mahsulot olish imkonini beradigan qattiq hom ashyoni beradi va qayta ishlaydi.
    Foydali qazilma konlarini qayta ishlashda yer ostidan qazib olishni ko‘paytirish va ulardan kompleks foydalanish asosiy shartlardan biri hisoblanadi. Bu quyidagilar bilan izohlanadi:
    -yangi konlarini izlab topish va sanoat miqyosida o‘zlashtirish uchun ko‘p mablag‘ va mehnat sarflanishi;
    -xalq xo‘jaligi tarmoqlarida ruda tarkibiga kirgan deyarli barcha mineral komponentlariga bo‘lgan talabni oshishi;
    - chiqindisiz qayta ishlash texnologiyasini yaratish va shu bilan birgalikda ishlab chiqarish chiqindilari bilan atrof-muhitni ifloslantirmaslik.Shu sabablarga ko‘ra, konlardan sanoat miqyosida foydalanish imkoni nafaqat uning qiymati va foydali qazilma miqdori, uning zahirasi, geografik joylashishi, qazib olish va transportirovka qilish shartlari, boshqa iqtisodiy va siyosiy omillarga, balki qazib olinayotgan rudani yuqori samara bilan qayta ishlash texnologiyasi mavjudligiga ham bog‘liq.
    Rudalar – metall va uning birikmalaridan tashkil topgan mineral bo‘lib, tabiiy kimyoviy birikmalar hisoblanadi.
    Ruda tarkibidagi minerallar, qimmatbaho komponentlar va puch tog‘ jinslaridan iborat bo‘ladi. Bunday minerallarga misli (xalkozin, xalkoprit), ruxli (sfalerit, smitsonit),qo‘rg‘oshinli (galenit, serussit) va hokazolar kiradi.
    Puch tog‘ jinslarga tarkibida ajratib olinadigan va qimmatli metall bo‘lmagan jinslar kiradi. Bunday minerallarga kvars, karbonatlar, silikatlar va hokazolar kiradi.
    Bu yerda foydali mineral, zararli yoki foydali qo‘shimcha, puch tog‘ jinslari tushunchalarining nisbiyligini ta’kidlab o‘tish lozim. Mineralning bu tushunchalarning qaysi biriga mansubligi faqat foydali qazilmani berilgan turigagina bog‘liq. Bitta mineralning o‘zi dastlabki mahsulotda foydali, boshqasida esa puch tog‘ jinsi bo‘lishi mumkin.
    «Puch tog‘ jins» tushunchasi ham shartli hisoblanadi. Chiqindisiz metallurgik texnologiya va jarayonlar yaratishga yo‘naltirilgan metallurgik texnologiyaning taraqqiyoti, qurilish materiallari olish uchun puch tog‘jinslarning barcha komponentlaridan foydalanish mumkinligini isbotladi.Boyitma tarkibida mahsulotlardagi foydali mineral va foydaliqo‘shimchalarning asosiy qismi bo‘lsa, chiqindida puch tog‘ jinslari va zararli qo‘shimchalarning katta qismi ajratiladi.
    Chiqindi boyitish jarayonidan chiqarib tashlanadi va chiqindilar maydonida yig‘iladi, boyitma esa keyingi qayta ishlash va ishlatishga jo‘natiladi.
    Boyitish texnologiyasini rivojlanishi va takomillashuvi hamda xom ashyodan kompleks foydalanishning oshishi, ya’ni qancha ko‘p qimmatli komponent olinsa, shuncha asosiy metallning kam miqdori bilan iqtisodiy va texnik jihatdan rudani qayta ishlash samarali bo‘lishi isbotlandi.
    Rudalar ham, boshqa foydali qazilmalar singari, yer yuzasida tabiiy ravishda to‘planadi, bu to‘planish kon deb ataladi.
    Geologiya va konchilik ishining asosiy vazifasi boyitish fabrikalari va metallurgik korxonalarni kerakli tabiiy hom ashyo va qo‘shimcha materiallar bilan o‘z vaqtida ta'minlash hisoblanadi.
    Конлардан келган рудаларни бойитиш учун технологик усуллар ва дасгоҳлар танлаш уларнинг бойитиш ва бойитувчанлик даражасини ошириш, олинган бойитманинг таркибидаги металл миқдорини ошириш, янги технологияларни қўллаб чиқидга чиқиб кетаётган ёки бошқа фойдали қазилмаларни миқдорларини камайтириш бойитиш фабрикаларини асосий вазифасидир


    Download 5.48 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




    Download 5.48 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Metalli rudalarni boyitish texnologiyasi

    Download 5.48 Mb.