• Suyuq yoqilg’i.
  • Toshko’mir.
  • Metallurgik yoqilg‘ilarning asosiy turlari.  Yoqilg‘ilarning vazifasi.  Yoqilg‘ilarning xalq xo‘jaligidagi ahamiyati




    Download 1,25 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet3/4
    Sana25.09.2024
    Hajmi1,25 Mb.
    #272428
    1   2   3   4
    Bog'liq
    Metallurgik yoqilgi turlari

    tabiiy gaz, mazut, 
    koks va yuqori kaloriyali toshko’mir
    javob beradi. 



    Tabiiy gaz.
    Tabiiy gaz eng qulay yoqilg’i turi hisoblanadi. 
    Uni quvurlar yordamida oson uzatish va iste’mol qilish joylariga 
    etkazish mumkin. Gaz yoqishdan oldin hech qanday tayyorlov talab 
    qilmaydi. Tabiiy gaz tarkibida 85-98% gacha metan va boshqa 
    uglevodorodlar mavjud. Tabiiy gazning asosiy qo’shimchalari 
    serovodorod va kondensat (suyuq uglevodorodlar) hisoblanadi. MDH 
    hududida G’arbiy Sibir shimolida, O’zbekiston, Saratov va Volgograd 
    viloyatlarida asosiy gaz zahiralari joylashgan. 



    Suyuq yoqilg’i. 
    Rangli metallurgiyada ishlatiladigan suyuq 
    yoqilg’ining asosiy turi neft haydash jarayonining qoldig’i bo’lgan 
    mazut hisoblanadi. Neft va mazut turli utlevodorodlarning aralashmasi 
    hisoblanadi. Mazut moylash materiallari olish uchun qimmatli 
    xomashyo hisoblanadi. Shuning uchun hozirgi vaqtda yoqilg’i sifatida 
    uni ishlatish cheklangan. Mazutni yoqish maxsus forsunkalar 
    yordamida amalga oshiriladi. Ularda siqilgan havo bilan mazutni 
    aralashlirishadi. Mazutni yaxshi changlanishi uchun yoqishdan oldin 
    uni 80°C gacha qizdirishadi. 



    Toshko’mir. 
    Toshko’mir o’simlik qoldiqlarining tabiiy 
    mineralizatsiyalanish mahsuloti hisoblanadi. Mineralizatsiyalanish 
    darajasiga 
    ko’ra 
    toshko’mirlar 
    tarkibida 
    erkin 
    uglerod, 
    uglevodorodlar, kul va bitumlar bo’lishi bilan farqlanali. Rangli 
    metallurgiyada qoidaga ko’ra, tarkibida kuli kamroq (15% dan ko’p 
    emas) va uchuvchan birikmalar - uglevodorodlar (>25%) ko’p 
    bo’lgan yuqori sifatli toshko’mirlar ishlatiladi. Toshko’mir ko’mir 
    kuli ko’rinishida yoqiladi. Buning uchun ko’mir maydalanadi, 70-80 
    mkm gacha yanchiladi, so’ngra qurililadi. Ko’mir kuli maxsus 
    gorelkalarda, siqilgan havo bilan aralashtirib yoqiladi. 




    Koks.
    Koks sun’iy yoqilg’i turlariga kiradi. U maxsus navli 
    toshko’mirni 900-1000°C haroratda zich yopilgan kameralar - koksli 
    batareyalarda quruq xaydash yo’li bilan olinadi. Kokslash vaqtida engil 
    komponentlarni gaz va bug’ ko’rinishida haydash bilan toshko’mirni termik 
    parchalanishi boradi. Engil komponentlar sovutgichga yuboriladi, u erda bir 
    qator qimmatli komponentlarni kondensatsiyalanishi boradi. tozalangan gaz esa 
    sovutgichdan chiqarilib, marten pechlarini qizdirish uchun yoqilg’i sifatida va 
    boshqa maqsadlarda ishlatiladi. Koks eng qimmat va tanqis yoqilg’i turi 
    hisoblanadi. U bo’lakli va mustahkam materiallarni qayta ishlaganda (misol 
    uchun, shaxtali pechlarda) ishlatiladi. 



    Download 1,25 Mb.
    1   2   3   4




    Download 1,25 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Metallurgik yoqilg‘ilarning asosiy turlari.  Yoqilg‘ilarning vazifasi.  Yoqilg‘ilarning xalq xo‘jaligidagi ahamiyati

    Download 1,25 Mb.
    Pdf ko'rish