• 2.1 GIPS MAHSULOTI VA UNING XUSUSIYATLARI
  • Metallurgiya va kimyoviy texnologiyalar




    Download 1,17 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet3/21
    Sana01.12.2023
    Hajmi1,17 Mb.
    #108996
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
    Bog'liq
    Gips ishlab chiqarish uchun jagʻli maydalagichni hisoblash Mirabbos

     
    ASOSIY 
    QISM
     
     


    Imzo 
    Sana 
    TDTU OF 5320400 
    11D 
    – 20KT Xudoyberdiyev M. 
    Varoq

    2.1 GIPS MAHSULOTI VA UNING XUSUSIYATLARI 
    Gipsli bogʻlovchi moddalar kuydirilgan gips-toshini mayda qilib tuyish yoʻli bilan 
    hosil qilinadi (gips-tosh asosan tarkibida ikki molekula suvi boʻlgan kalsiy sulfat 
    𝐶𝑎𝑆𝑂₄ ∙
    2𝐻₂𝑂 dan iborat). Gips-toshining kuydirilish temperaturasiga va sharoitiga qarab qurilish 
    gipsi, juda mustahkam gips hamda angidridli sement hosil boʻladi.
    Qurilish gipsi. Tarkibida ikki molekula suvi boʻlgan kalsiy sulfatli choʻkindi togʻ-
    jinsi gipsni (
    𝐶𝑎𝑆𝑂₄ ∙ 2𝐻₂𝑂), suvsiz gips deb ataluvchi angidrid toshni (𝐶𝑎𝑆𝑂₄) va ayrim 
    sanoat chiqindilarini pishirib gipsli bogʻlovchilar olinadi. Standartda koʻrsatilishicha, 
    birinchi nav gips ishlab chiqarish uchun tarkibida 
    𝐶𝑎𝑆𝑂₄ ∙ 2𝐻₂𝑂 ning miqdori 90%, 
    ikkinchi nav uchun esa 65% dan kam boʻlmagan tabiiy gips-tosh kerak. 
    Tabiiy gips-tosh oq rangli, qattiqligi 2 (Moos shkalasi boʻyicha) zichligi 2200–2400 
    kg/m³ boʻlgan jinsdir. Gips-tosh zaxiralarining eng kattasi Oʻzbekistonda Buxoro 
    viloyatida mavjud (Kogon gips koni). 
    150-170 
    o
    C temperaturada kuydirilgan gips toshni tuyib maydalab olingan mahsulot 
    qurilish gipsi deb ataladi. 
    Ikki molekula suvi boʻlgan kalsiy sulfatni 65
    0
    С da qizdirilganda u oʻz xususiyatini 
    oʻzgartiradi va tarkibidagi suv asta sekin yoʻqolib, digidratatsiyalana boshlaydi. Bunda 
    gips-tosh 1,5 molekula suvni yoʻqotib, yarim molekula suvli gipsga sekin aylanadi, bu 
    quyidagi reaksiya bilan ifodalanadi. 
    𝐶𝑎𝑆𝑂₄ ∙ 2𝐻₂𝑂 = 𝐶𝑎𝑆𝑂₄ ∙ 0,5𝐻₂𝑂 + 1,5𝐻₂𝑂 
    Gips-tosh 140-170 °С temperaturada koʻp miqdorda suvni yoʻqotib, yarim suvli, tez 
    qotuvchi (
    𝐶𝑎𝑆𝑂₄ ∙ 0,5𝐻₂𝑂) gipsga tez aylanadi. Bunday bogʻlovchi baʼzan alebaster deb 
    ham ataladi.
    Shunday qilib, qurilish gipsi hosil qilish yuzasidan belgilangan texnikaviy vazifa 
    ikki molekula suvli gipsni yarim molekula suvli gipsga aylantirishdan iborat ekan. Tabiiy 
    kalsiy fosfatlarini fosfat kislota hamda konsentratsiyalangan fosfor oʻgʻitlariga gidro-
    kimyoviy usulda aylantirish natijasida olingan chiqindi-fosfogips sanoat uchun yirik xom 
    ashyo manbai hisoblanadi.


    Imzo 
    Sana 
    TDTU OF 5320400 
    11D 
    – 20KT Xudoyberdiyev M. 
    Varoq
    10 
    Maxsus ishlab chiqilgan usullar asosida fosfogipsdan sifati eng yaxshi tabiiy xom 
    ashyodan hosil qilinadigan mahsulotdan, qolishmaydigan tayyor bogʻlovchi modda olish 
    mumkin. 
    Gips materialining harakteristikasi. Oʻz kristall strukturasiga koʻra gipsning 
    quyidagi asosiy xillari boʻladi: sharsimon siniq mayda donali zich gips yoki boʻshliqda 
    tartibsiz yoʻnaladigan yirik donali gips (alebastr); ipaksimon tovlanadigan, toʻgʻri 
    joylashgan, ipsimon kristallardan tarkib topgan tolali jins hamda qatlam strukturali yassi 
    tiniq kristallar tarzida joylashgan plastinkasimon gips. 
    Tarkibida ikki molekula suv boʻlgan gips monoklin singoniyaga mansub. Uning 
    kristalli toʻri 
    𝐶𝑎
    2+
    ionlar hamda 
    𝑆𝑂
    4
    −2
    -
    sulfat tetraedralarini oʻz ichiga olgan suv 
    molekulalaridan iborat qatlamlar bilan boʻlingan qavatlardan tarkib topadi. Koordinatsiya 
    soni 8 boʻlgan Ca

    +
    ionlari va SO

    2-
    ioni bilan suv molekulalariga nisbatan bir-biri bilan 
    kuchliroq bogʻlangan. Shuning uchun suv molekulalari joylashgan (012) yuzalarga koʻra 
    ikki gidrat kristallari nihoyatda birikuvchanligi bilan farqlanib turadi. Birikuvchanlik 
    boʻyicha kamroq, (100) boʻyicha esa sust. Ikki molekula suvli gips qiziganida dastlab suv 
    molekulaning 
    𝐶𝑎
    2+
    va 
    𝑆𝑂
    4
    −2
    ionlari bilan sustroq bogʻlanishlari uziladi va kristall toʻrdan 
    suv yoʻqoladi. 
    Odatda gips ustunsimon va tabletkasimon shakllarda kristallanib, koʻpincha 
    qaldirgʻoch dumini eslatuvchi qoʻshayrilar hosil qiladi. Shuningdek, qirralari qiyshiq va 
    yuzasi silliq yostiqsimon kristallar ham gips uchun xos. Qoʻshayri tizimlar hosil boʻlishi 
    tufayli ikki yoki bir necha tarsaksimon qayrilgan shakldagi kristallar ham uchraydi. 
    Kristallar baʼzan yirikroq shoxshabba shakllarga birlashadi. Kristallarning yorugʻlik nurini 
    sindirish koʻrsatkichi: 
    𝑁
    𝑔
    = 1,5305; 𝑁
    𝑝
    = 1,5207 
    Gips kristallari rangsiz va shaffof, biroq tarkibida aralashmalar boʻlsa, xilma-xil, 
    masalan, kul rang, sargʻimtir, qizgimtir ranglarga ega boʻladi. Gipsda bir tekis tarqalgan 
    oz miqdordagi aralashmalar gipsdan hosil qilinadigan bogʻlovchi moddaning sifatiga 
    salbiy taʼsir koʻrsatmaydi. 
    Gips-toshning zichligi undagi aralashmalarga bogʻliq boʻlib 2200-2400 kg/m³ ni 
    tashkil qiladi. Gipsdan tayyorlangan shagʻalning hajmiy massasi 1300-1600 kg/m³ dan 


    Imzo 
    Sana 
    TDTU OF 5320400 
    11D 
    – 20KT Xudoyberdiyev M. 
    Varoq
    11 
    iborat boʻlib, namligi keskin ravishda 3-5 % va undan koʻp chegarada oʻzgarib turadi. 
    Moss shkalasi boʻyicha gipsning qattiqligi 2. 
    Gipsning suvda eruvchanligi (kalsiy sulfat hisobida) 18 °C temperaturada – 0,2% 
    40
    °C temperaturada-0,21 va 100
    °C da – 0,17 %. Shuni aytish kerakki, temperaturaning 
    32 °C dan 41 °C gacha oraligʻida gipsning eruvchanligi eng yuqori boʻladi. Turli 
    tadqiqotchilarning maʼlumotlariga koʻra, gipsning suvda eruvchanligi turlicha. Gipsning 
    suvda eruvchanligi gipsning oʻta toʻyingan eritmalar hosil qilish qobilyatiga, shuningdek 
    uning kristallarining katta kichikligiga bogʻliq. Gulletning maʼlumotiga koʻra 25 °C da 
    gipsning eruvchanligi, kalsiy oksid hisobida 2 mkm kattaligidagi kristallar uchun 2,08 g/l 
    ga etadi, kristallar kattaligi 0,3 mkm boʻlganda esa eruvchanlik 2,47 g/l ga teng. Agar 
    kalsiy oksid gidrati ishtirok etsa, kalsiy sulfatning eruvchanligi susayadi. Gipsning 
    suyultirilgan xlorid kislota va azot kislotalardagi, shuningdek ayrim tuz eritmalardagi 
    eruvchanligi suvdagiga nisbatan yuqori. 
    Issiqlik oʻtkazuvchanlik gipsda past boʻlib, 1,6-46 °C temperaturada 0,3 Vt/(m

    K)ga 
    teng. Angidritning kristall toʻri har biri toʻrttadan molekulali elementar kataklardan iborat 
    boʻlib, zich joylashishi tufayli kalsiy sulfat boshqa turlarning kristall toʻrlariga qaraganda 
    ancha mustahkam. 
    Ikki molekula suvli gipsdan farqli oʻlaroq angidrit oʻzaro perpendikulyar holatdagi 
    uch yoʻnalishda mustahkam birikish qobiliyatiga ega. Angidrit kristallari asosan mayda 
    boʻlib ularni ajratib turuvchi yuzasi gʻadir-budir chiziqlar bilan oʻyilgan. Angidritning 
    sindirish koʻrsatkichlari: 
    Ng=1,614; Np=1,57 
    Sof angidrit oq rangli boʻlib, oʻz aralashmalariga qarab u gips singari xilma-xil tusga 
    kiradi. Angidrit ikki molekula suvli gipsga nisbatan ancha zich va mustahkam jinsdir. 
    Uning zichligi 2900-3100 kg/m³ 


    Imzo 
    Sana 
    TDTU OF 5320400 
    11D 
    – 20KT Xudoyberdiyev M. 
    Varoq
    12 

    Download 1,17 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




    Download 1,17 Mb.
    Pdf ko'rish