• Kremniyning ta’siri.
  • Marganetsning ta’siri.
  • Fosforning ta’siri.
  • Oltingugurt ta’siri.
  • Metallurgiyada qo’llaniladigan o’tga chidamli materiallar




    Download 32,06 Kb.
    bet4/5
    Sana29.01.2024
    Hajmi32,06 Kb.
    #148069
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    Metallurgik pechlarda qo\'llaniladigan o\'tga bardosh materiallar

    Bog’lanuvchi chuyanlar asosan, oq chuyanlarni termik ishlov berish orqali hosil qilinadi va mashinasozlikning turli soxalarida juda keng ishlatiladi.
    Bunday chuyanlar ham 8-jadvalda ifodalangandek, markalanadi va o’qiladi.
    Bog’lanuvchi chuyanlarda, asosan, turli armatura va trubkalarni ulash qismlari, richaglar, kulachoklar, shkiflar, rukoyatkalar, plastinkali zanzirlar, mufga kalonkalari, kontrgaykalar kabi detal va qismlar ishlab chiqariladi.
    Kremniyning ta’siri. Kremniy chuyanda grafit hosil bo’lish (grafitlanish) protsessini kuchaytiradi, shuning uchun chuyanning tuzilishiga, ayniqsa, katta ta’sir etadi. Kremniy chuyanning suyuq xolatda oquvchanligini oshiradi va demak, kul rang chuyan hosil bo’lishiga yordam beradi. Binobarin, tarkibidagi kremniy miqdorini o’zgartirib, tuzilishi va mexaniq xossalari turlicha bo’lgan chuyanlar hosil qilishi mumkin.
    Marganetsning ta’siri. Marganets chuyanga kremniyning aksincha ta’sir etadi, ya’ni u grafitlanish protsessiga tusqinlik qiladi- oq chuyan hosil bo’lishiga olib keladi, chunki marganets uglerod bilan birikib, Mn³C tarkibli karbid hosil qiladi va uglerodning erkin xolatda ajralib chiqishiga to’sqinlik qiladi.
    Fosforning ta’siri. Fosfor grafitlanish protsessiga uncha ta’sir etmaydi, chuyanning suyuq xolatida oquvchanligi oshiradi. Bu jixatdan olganda fosfor foydali element xisoblanadi. Ammo u chuyanning puxtalagini pasaytirib, murtligini oshiradi, chunki u nisbatan oson (950°C da) suyuqlanadigan uchlama evtektika hosil qiladi, bu evtiktika esa chuyanning qotishi paytida ko’p fosforli austenit tsementit va temir fosfid (Fe 3 P) dan iborat bo’ladi. Ko’p fosforli chuyanning suyuq xolatda yaxshi oquvchan bo’lishiga sabab ham oson suyuqlanadigan ana shu uchlama evtektikadir.
    Oltingugurt ta’siri. Oltingugurt chuyanning suyuq xolatida oquvchanligini pasaytiradi va qo’ymaning kirishuvchanligi oshiradi. Oltingugurt ham, xuddi marganets kabi, grafitlanish protsessiga to’sqinlik qiladi, ya’ni oq chuyan hosil bo’lishga olib keladi. Demak chuyanda oltingugurt bo’lishi ma’qul emas, ya’ni u zararli elementdir.
    Shlak. Shlak domna pechidan olinadigan qo’shimcha mahsulot bo’lib, uning miqdori olinadigan chuyan og’irligining taxminan 60 protsentini tashqil etadi. Shlak asosiy yoki kislotali bo’ladi. Kislotali shlak tarkibida ko’p miqdorda qumtuproq va ozroq oxak, asosiy shlak tarkibida esa, aksincha ko’p miqdorda oxak va oz miqdorda qumtuproq bo’ladi. Domna shlagi juda arzon va yuqori sifatli qurilish materiali tarzida ishlatiladi. Masalan, asosiy shlakdan tsement, beton va g’isht tayyorlanadi, kislotali shlakdan odatda, issiqlik izoltsiyasi materiali sifatida foydalaniladi, bu materialga esa shlak paxtasi deb ataladi va suyuq xolatdagi kislotali shlakdan bosim ostida bug’ yoki havo o’tkazish yo’li bilan olinadi.
    Domna gazi. Bu gazni koloshnik gazi ham deb ataladi.koloshnik gazi ham domna pechidan chiqadigan qo’shimcha mahsulotdir. Uning o’rtacha ximyaviy tarkibi quyidagicha: (26-32) % CO; (1,0-4,5) % H2; (0,2-0,4) % CH4; (8-10) % CO2 va (56-63) % N2. Koloshnik gazida ko’p miqdordagi yonuvchi gazlar bo’lganligi uchun u yuqori kaloriyali yoqilg’i sifatida ishlatiladi. Ma’lumki domnadan chiqqan gazlar aralashmasiga domna changi ham qo’shilgan bo’ladi, shuning uchun ular ishlatilishidan oldin maxsus apparatlarda ana shu changdan tozalanadi. Tozalangan 1m3 domna gazi yonganda o’rta xisob bilan 4500 kj issiqlik chiqadi. Changdan tozalangan gazdan havo qizdirgichlarda, marten pechlarida, bug’ qozonlarida va boshqalar yoqilg’i sifatida foydalaniladi. Domna pechida yoqilg’idan koksning har tonnasidan 4000 m³ chamasi koloshnik gazi chiqadi.

    Download 32,06 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 32,06 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Metallurgiyada qo’llaniladigan o’tga chidamli materiallar

    Download 32,06 Kb.