Koloshnik changi. Domna pechidan chiqadigan bu qo’shimcha mahsulot shixta materiallarining domna gaziga qo’shilib chiqadigan juda mayda zarrachalaridan iborat. Koloshnik changi domna gazini maxsus apparatlarda tozalash vaqtida yig’ilib qoladi. Bu changdan aglomerat tayyorlash uchun qo’shimcha xom ashyo sifatida foydalaniladi, chunki uning tarkibida ma’lum miqdorda ruda va koks bo’ladi.
Pulat temir bilan uglerodning qotishmasi ekanligi va uning tarkibida 2,14 % gacha uglerod bo’lishi yuqorida (IV bobda ) aytib o’tilgan edi. Pulat xozirgi zamon texnikasining barcha soxalarida xilma xil detallar, mashinalar, konstruktsiyalar hamda qurilmalar detallarini tayyorlash uchun ishlatiladigan asosiy materiallardir. Texnikada ishlatiladigan pulat tarkibida, ugleroddan tashqari kremniy, marganets, fosfor, oltingugurt va boshqa elementlar ham bo’ladi va asosan, chuyandan olinadi. Pulatning chuyandan farqi shundaki, pulat tarkibida uglerod va boshqa elemetlar chuyandagiga qaraganda kam bo’ladi. Demak, chuyandan pulat olish protsessi chuyan tarkibidagi uglerod va boshqa elementlar miqdorini kamaytirishdan iborat. Xozirgi vaqtda pulat olishning uchta usuli; konvertor, marten va elektr usullari mavjud. Pulat olishning ana shu usullari bilan qisqacha tanishib o’tamiz.
Konvertor usuli faqat suyuq chuyandangina pulat olishda qo’llaniladi. Bu usulning moxiyati shundan iboratki, suyuq chuyan konvertor (ba’zan konverter) deb ataladigan va oldindan qattiq qizdirib olingan idishga solinadi va chuyan orqali havo xaydaladi. Xaydalgan havo tarkibidagi kislorod chuyandagi uglerodni va qo’shimcha elemetlarni oksidlaydi (yondirib yuboradi), natijada chuyan tarkibidagi uglerod bilan qo’shimchalar miqdori kamayadi va pulat hosil bo’ladi.
Adabiyotlar :
1.Шаисмалов А. Ш. Топливо и основы горения. Ташк.- типография ТашГТУ, 1998-150с.
2. Алимбоев А.У. Саноат ва иситиш qозонхоналари. Ташкент.
Типография ТашГТУ, 1998-130с.
3. .Р. Qаландаров “Конструкцион материаллар технологияси”.
Тошкент “O’qитувчи” 1989й.
|