|
Alangali fotometr bilan ishlashda texnika
|
bet | 3/5 | Sana | 14.02.2024 | Hajmi | 85,05 Kb. | | #156260 |
Bog'liq 9-LABORATORIYA ISHIAlangali fotometr bilan ishlashda texnika xavfsizligidan ko‘rsatma
Asbobni o‘rnatish, tekshirish va ishga tayyorlash ishlari
asbob instruksiyasi bilan tanish bo‘lgan va shu laboratoriyada
xizmat ko‘rsatuvchi laborant tomonidan amalga oshiriladi. Asbob mo‘rili shkafga o‘rnatilgan bo‘lishi kerak.
Ishlayotgan asbobni qarovsiz qoldirish qatьiyan man qilinadi!
Asbob bilan ishlashda uning instruksiyasida ko‘rsatilgan ulash va o‘chirish tartiblariga qatьiyan rioya qilish kerak: dastlab "havo" jumragi so‘ngra esa esa "gaz" jumragi ochiladi. Asbobni o‘chirishda esa dastlab "gaz" jumragi so‘ngra esa "havo" jumragi berkitiladi.
Asbobning ishlash jarayonida ma’lum bir qismining ish dan chiqanligi sezilsa, gaz hidi kelsa, asbobga kelayotgan gaz jumragini darhol berkitib laborantga yoki o‘qituvchiga voqeani etkazish lozim.
Agar biror sababga ko‘ra asbobdash alanga o‘chib qolsa darhol "gaz" jumragini berkitish kerak. "Havo" jumragini esa berkitmasdan 2-3 minutdan so‘ng yana gorelkani yoqish kerak.
Asbobni o‘chirishdan oldin gidrozatvorda suv borligiga ishonch hosil qilish kerak.
Asbob ishlayotgan paytda uningssilindrsimon himoya shishasiga tegmaslik kerak.
24- ish. Natriyni darajalangan grafik usulini qo‘llash bilan eritmadan alangali fotometrik aniqlash
Ishning mohiyati. Alangaga natriy ionining konsentratsiyasi ma’lum bo‘lgan bir tekis oshib boruvchi bir necha standart eritmalari ketma-ket purkalib, galvanometr ko‘rsatgichi bo‘yicha natriy atomlarining nurlanish intensivligi o‘lchanadi. Olingan natijalar bo‘yicha millimetr qog‘ozga darajalangan grafik chiziladi. Bunda abssissa o‘qiga natriy ionlari konsentratsiyasi, ordinata o‘qiga esa =589 nm dagi nurning intensivligi qiymatlari qo‘yiladi. So‘ngra alangaga analiz qilinadigan eritma purkaladi va xuddi yuqoridagidek sharoitda va to‘lqin uzunligida (.=589 nm) nurning intensivligi o‘lchanadi. Olingan natijalarni to‘g‘ridan -to‘g‘ri darajalangan grafikga qo‘yib natriyning purkalgan eritmadagi konsentratsiyasi topiladi.
|
| |