|
Alangali fotometriyada ishlatiladigan asboblar
|
bet | 2/5 | Sana | 14.02.2024 | Hajmi | 85,05 Kb. | | #156260 |
Bog'liq 9-LABORATORIYA ISHIAlangali fotometriyada ishlatiladigan asboblar
Alangali fotometriyada ikki xil turdagi asboblar ishlatiladi: alangali fotometrlar va alangali spektrofotometrlar. Birinchi turdagi asboblarda alanganing nur chiqarish spektrlaridagi kerakli spektr chiziqlar yoki polosalarni absorbsion yoki interferension yorug‘lik filtrlari yordamida, ikkinchi turdagi asboblarda esa yoki difraksion monoxromatiklarda ajratiladi. Fotometrlar asosan oson qo‘zg‘aluvchan holatga o‘tadigan ishqoriy er elementlarining atomlarini aniqlashda ishlatiladi. Alangali fotometrlarning aniqlash doirasi juda katta emas, ammo tuzilishi va ishlatilishi juda qulay, hamda narxi arzondir. Alangali spektrofotometrlarning esa aniqlash darajasi juda katta, 50 dan ortiq elementlarni aniqlash mumkin. Alangali fotometr tuzilish sxemasi 3-rasmda keltirilgan.
Alangali fotometrlar tuzilishi jihatidan bir-biridan turlichaligi bilan farq qiladi. Biroq tuzilishi turlichaligidan qatьiy nazar, ular uchta asosiy qismdan iborat: I) Gorelka purkagichi; 2) alangadan chiqayotgan yo‘naltirilgan nurlar dastasini hosil qilish imkonini bsruvchi va undan kerakli to‘lqin uzunligidagi monoxromatik nurni ajratuvchi optik qism; 3) fotoelement kuchaytirgich va galvanometrdan iborat.
17-rasmda PAJ-1 markali alangali fotometrning oldi tomonidan umumiy ko‘rinish tasvirlangan.
PAJ - 1 asbobi natriyni (nurning intensivligi bilan, to‘lqin uzunligi
= 589 nm), kaliyni (-622 nm), litiyni (=670 nm) va kaliyni (=420 nm) alangali fotometrik aniqlashga asoslangan. Yuqorida ko‘rsatilgan hamma elementlar uchun aniqlanadigan konsentratsiyalar diapazoni 0,05 - 0,1 mg dan 50 mg gacha.
16-rasm Alangali fotometrning tuzilish sxemasi.
1-aks ettiruvchi oyna; 2-alanga; 3-issiqlikni saqlovchi shishassilindr; 4-kondensor linzasi; 5~yorug‘lik filtri; 6-fotoelement; 7-kuchaytirgach; 8-galvanometr; 9-gorelka; 10-purkagich; 11-gidrozatvor; 12-purkaladigan eritmali stakan.
17-rasm Alangali fotometr PAJ -1 ning oldi tomonidan ko‘rinishi.
1. "Aralashgan shkalalar" dastagi; 2. "Havo" dastagi 3. Gaz krani dastagi; 4. Ulagich tumblyori; 5."Nol qurilmasi" dastagi; 6. Sezgirlik "Nozik" dastagi; 7. "Doimiy vaqt" dastagi; 8. Havo sarflagichi; 9. Gaz sarflagichi; 10. "Grubo" sezgirlik dastagi; 11. Galvanometr; 12."SHtorka" dastagi; 13. "Klinopticheskiy" dastagi;
|
| |