|
TRIKOTAJ TO’QIMALARNING ASOSIY TEXNOLOGIK KO’RSATKIChLARI
|
bet | 3/11 | Sana | 19.01.2024 | Hajmi | 0,61 Mb. | | #140792 |
Bog'liq тех-пар ТМТЖга лотин 5310900 2020 TRIKOTAJ TO’QIMALARNING ASOSIY TEXNOLOGIK KO’RSATKIChLARI
Trikotaj to’qimasi yoki mahsulotlari bevosita hom ashyo chiziqli zichligi, mashina halqa xosil qilish a’zolarining o’lchamlari, to’qima turi bilan uzviy bog’liq ma’lum ko’rsatkichlarga egadir. Bu ko’rsatkichlar:
-halqa qadami-A, ya’ni halqa qatori bo’yicha yonma-yon joylashgan ikki halqaning bir xil nuqtalari orasidagi masofa, mm;
-halqa qator balandligi-В, ya’ni halqa ustunchalari bo’yicha ketma-ket joylashgan ikki halqaning bir xil nuqtalari orasidagi masofa, mm;
-gorizontal bo’yicha zichlik-Рg, halqa qator bo’yicha 50 /100/mm ga teng masofadagi halqalar soni bilan ifodalanadi: Рg=50/A;
-vertikal bo’yicha zichlik-Рv, halqa ustunchalari bo’yicha 50 /100/mm ga teng masofadagi halqalar soni bilan ifodalanadi: Рv=50/V;
-zichliklar nisbati koeffitsienti-S, odatda quyidagi nisbat asosida aniqlanadi: S=Рg/Рv=В/A;
-halqa ip uzunligi- ℓ , bevosita bitta halqaga ketgan ip uzunligi, mm bilan o’lchanadi.
-to’qima yuza zichligi-Q, bu bir metr kvadrat to’qima yuza zichligi, ya’ni gramm/m2.
Ushbu yuqorida qayd etilgan ko’rsatkichlarni aniqlashning amaliy, eksperimental va nazariy usullari mavjud bo’lib, odatda ular ip qalinligi f (mm), yoki du shartli diametr (mm), halqa moduli-, ya’ni halqa ip uzunligining ip shartli diametriga nisbatan (=L/du) va halqa hosil qilish a’zolarining o’lchamlari kabi boshlang’ich ko’rsatkichlarga asoslanadi.
TEXNOLOGIK KO’RSATKIChLARNI HISOBLASH USULLARI
Trikotaj to’qimalari texnologik ko’rsatkichlarini hisoblashning bir qator usullari mavjud:
usul. Amaliy usul. Trikotaj to’qimalarining ko’rsatkichlari davlat me’yoriy xujjatlarida keltirilmagan hollarda, yangi noananaviy hom ashyo turlarini ishlatib,
yangi to’qimalarni yaratganda va olingan namunalarni tahlili uchun amaliy usuldan foydalaniladi.
usul. Eksperimental usul. Ushbu usuldan odatda ma’lum mashina, vaqt hajmi va aniq hom ashyo turidan yangi to’qimalar olish bilan bog’liq ilmiy tadqiqod ishlarining bajarilishida foydalaniladi.
usul. Nazariy usul. Trikotaj to’qimalari texnologik ko’rsatkichlarini aniqlashning bir necha nazariy usullari mavjuddir. Ushbu usullar har qanday sharoitda hom ashyo turi, uning chiziqli zichligi yoki halqa moduli kabi boshlang’ich omillarga asoslanib amalga oshiriladi.
Professor A.S.Dalidovich va I.I.Shalov usullarida texnologik ko’rsatkichlarni aniqlash ketma-ketligi.
1-jadval
1-variant
|
2-variant
|
№
|
Professor A.S.Dalidovich usuli
|
№
|
Professor I.I.Shalov usuli
|
1
.
|
Ipning qalinligi (F)
-xom ashyo turiga bog’liq koeffitsient asosida
|
1
|
Halqa ipi uzunligi ( ℓ )
-halqa moduli asosida
|
2
|
Halqa qadami (A)
|
2
|
Halqa qadami (A)
|
3
|
Halqa qator balandligi (В)
|
3
|
Halqa qator balandligi (В)
|
4
|
Gorizontal zichlik (Рg)
|
4
|
Gorizontal zichlik (Рg)
|
5
|
Vertikal zichlik (Рv)
|
5
|
Vertikal zichlik (Рv)
|
6
|
Halqa ipi uzunligi ( ℓ )
|
6
|
To’qima yuza zichligi (Q)
|
7
|
To’qima yuza zichligi (Q)
|
|
|
|
| |