|
Metodik ko’rsatma
|
bet | 2/11 | Sana | 19.01.2024 | Hajmi | 0,61 Mb. | | #140792 |
Bog'liq тех-пар ТМТЖга лотин 5310900 2020 KIRISh
O’zbekiston Respublikasi ishlab chiqarish majmuasining shakillanishida to’qimachilik va yengil sanoat ham salmoqli o’rin egallaydi. Mustaqillik sharofati xukumatimizning oqilona siyosati tufayli uning bosqichma-bosqich rivojlanishi, zamonaviy texnika texnologiyalar bilan jihozlangan «BURSEL-TASHKENT»,
«Turon», «Agama», «Tashkaya», «ALKIM TEKSTIL», «N-JOY» kabi korxonalar safining tobora kengayishi kuzatilmoqda.
«Trikotaj ishlab chiqarish texnologiyasi» mutaxassisligi hajmida tahsil olayotgan talabalar dastavval halqa tuzilishi hosil qilish jarayoni operatsiyalarini bir qator mashina rusumlari bilan bog’lab o’rganadilar. Keyingi bosqichlarda esa mashinalar texnologik imkoniyatlari, trikotaj to’qimalari turi, xususiyat va ko’rsatkichlari kengroq yoritiladi.
Mutaxassislik bilimlarini bakalavriat yo’nalishida egallash bevosita kurs ishi
/KI/ yoki kurs loyihasi /KL/ va yakuniy bosqichda bitiruv malaka ishini /BMI/, magistratura yo’nalishida esa magistrlik dissertatsiya ishini bajarish bilan yakunlanadi. Ushbu mustaqil ish hajmlarini to’la to’kis, talab darajasida yakunlash talabalardan trikotaj to’qimalari turi, xususiyatlari va ko’rsatkichlarini hisoblash uslublarini mukammal bilishni talab etadi.
Mazkur metodik ko’rsatma trikotaj to’qimalari qisqa tasnifi, har bir to’qima tuzilishi, xususiyatlari va ularning ko’rsatkichlarini hisoblash usullari keltirilgan. Undan nafaqat bakalavr va magistrlar, balki ushbu ixtisoslik yo’nalishida faoliyat ko’rsatayotgan barcha mutaxassislar foydalanishlari mumkin.
Trikotaj deb, halqalardan tashkil topgan mato yoki mahsulotga aytiladi. Halqa trikotaj to’qimalarining asosiy elementi bo’lib, ipning egilishi tufayli yuzaga keladigan shakldir.
Trikotaj to’qimasi elementlarining hosil bo’lish ketma-ketligi va birlashishiga mos tarzda ko’ndalangiga va bo’ylamasiga to’qilgan bo’lishi mumkin.
Ko’ndalangiga to’qilgan /kulir/ trikotaj deb, elementlari o’zaro ketma-ket gorizontal, ya’ni halqa qatori bo’ylab hosil bo’lgan to’qimaga aytiladi.
Bo’ylamasiga to’qilgan /tanda/ trikotaj deb, elementlari o’zaro ketma-ket vertikal, ya’ni halqa ustunchalari bo’ylab birlashgan to’qimaga aytiladi. Bunda halqa qatori bir vaqtda parallel joylashgan tanda iplaridan hosil bo’ladi.
Ko’ndalangiga va bo’ylamasiga to’qilgan trikotaj bir yoki ikki qavatli bo’lishi mumkin. Bir qavatli trikotaj bir ignadonli mashinalarda yoki ikki ignadonli mashinalar bir ignadonidan foydalanib olinadi. Undan farqli tarzda ikki qavatli trikotaj faqat ikki ignadonli mashinalarda olinadi.
Tashqi ko’rinishi, tuzilishi, fizik-mexanik xususiyatlari turlicha bo’lgan bir va ikki qavatli trikotaj to’qimalarining qisqa tasnifini qo’yidagicha keltirish mumkin:
-Bosh to’qimalar - bu halqa hosil qilish jarayonini o’zgartirmay, qo’shimcha moslamalarsiz olingan, o’lchamlari bir xil halqalardan tashkil topgan turli tuzilishga ega bo’lgan oddiy to’qimalardir.
-Hosilali to’qimalar - bu bosh to’qima asosida olingan, bir xil ikki bosh to’qimaning o’zaro aralashib to’qilishi bilan hosil bo’lgan hosilaviy to’qimadir.
-Naqshli to’qimalar - bu bosh va hosilaviy to’qimalar asosida olingan, tarkibida qo’shimcha elementlari (protyajka, nabrosok, turi, rangi yoki chiziqli zichligi har xil bo’lgan ip yoki kalava iplari) bo’lgan to’qimalardir.
-Aralash to’qima - bu bosh, hosilali va naqshli to’qimalar qatorlari yoki elementlarining aralashuvidan hosil bo’lgan to’qimadir.
|
| |