|
Metodik ko’rsatma
|
bet | 6/11 | Sana | 19.01.2024 | Hajmi | 0,61 Mb. | | #140792 |
Bog'liq тех-пар ТМТЖга лотин 5310900 2020Cho’ziluvchanligi. Hosilali glad to’qimasining bo’yiga cho’ziluvchanligi, halqalar ustunlarining bir-biriga yaqin joylashganligi sababli, glad to’qimasining cho’ziluvchanligiga qaraganda kamroqdir. Uning tarkibida halqa qatori bo’ylab joylashgan uzun protyajkalarning mavjudligi trikotajning eniga cho’ziluvchanligiga ham qisman to’sqinlik qiladi.
Pishiqligi. Hosilali glad to’qimasining eni va bo’yi bo’ylab pishiqligi glad to’qimasi pishiqligiga qaraganda kattadir.
Hosilali glad to’qimasining texnologik ko’rsakichlarini hisoblash Professor A.S.Dalidovich usulida
– hom ashyo turiga bog’liq koeffitsient (ilova 3-jadval)
Halqa qadami:
Halqa balandligi:
Gorizontal bo’yicha zichlik:
A=3,5·F; mm
В=3·F; mm
P = 50 ; halqa
Г A
Vertikal bo’yicha zichlik:
50 , halqa
В В
Halqa ipining uzunligi:
ℓ 128 + 100 F ; mm
PГ PВ
Trikotaj to’qimasining yuza zichligi:
Q 0,4ℓ Г В T ; gr/m2
1000
amaliy mashg’ulot
IKKI QAVATLI KO’NDALANGIGA TO’QILGAN TRIKOTAJ TO’QIMALARI TUZILIShI, XUSUSIYaTLARI VA ULARNING TEXNOLOGIK KO’RSATKIChLARINI HISOBLASh
1. Lastik to’qimasi tuzilishi va xususiyatlari
Lastik deb tarkibi old va orqa halqa ustunchalari almashib joylashishi asosida tuzilgan, ko’ndalangiga to’qilgan to’qimaga aytiladi (shakl 4).
Bitta old va bitta orqa halqa ustunchalari o’zaro almashib joylashgan lastik to’qimasining rapporti ikkiga teng bo’lib, u “Lastik 1+1” deyiladi. Agar ikkita old va ikkita orqa halqa ustunchalari bir-biri bilan almashib kelsa, u xolda lastik to’qimasining rapporti to’rtga teng bo’lib, u «Lastik 2+2” deyiladi. Lastikning turli takrorlanishdagi tuzilishlari mavjuddir.
Shakl-4. Lastik.
Elastikligi. Elastiklik trikotaj to’qimalariga xos bo’lib, unda elastik deformatsiya miqdori tushuniladi. Bu xususiyat foydali xususiyatlar qatoriga kiradi. Agar lastik to’qimasini eniga tarang qilib cho’zib, keyin uni qo’yib yuborilsa, u holda lastik o’zining boshlang’ich holiga qaytadi. Lastik elastikligini oshirish uchun halqa ipining uzunligini kamaytirish va ipning elastikligini oshirish kerak, shu bilan birga ishlatilayotgan ip yoki kalava ip bir vaqtda bir nechta bo’lishi ham maqsadga muvofiqdir.
Buraluvchanligi Old va orqa halqa ustunlarining bir xil takrorlanishidan (1+1, 2+2) hosil bo’lgan lastik buralmaydi, chunki bir tomon halqalarining bir tomonga
buralishga intilishi, ikkinchi tomon halqalarining ikkinchi tomonga buralishga intilishi bilan neytrallashtiriladi.
|
| |