«Kelishuvlar»




Download 3.28 Mb.
bet16/20
Sana04.04.2017
Hajmi3.28 Mb.
#3129
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
«Tanishuv» texnologiyasi
1 – variant
Texnologiyaning maqsadi:

o’quv jamoasi ishtirokchilarini bir – birlari bilan tanishtirish, samimiy do’stona munosabat va ijodiy muhitni yuzaga keltirish.

talaba (yoki o’quvchi)larning ijodiy imkoniyati va shaxsiy sifatlarini ochish.

auditoriyaning ishlashi uchun qulay sharoitni vujudga keltirish. Mashg`ulotni o’tkazish tartibi:



Mashg’ulot boshida o’qituvchi o’quv jarayoni qatnashchilarini kichik guruhlarga ajratadi. Har bir kichik guruhga yilning bir faslida tug’ilgan talabalarni kiritish mumkin. O`qituvchi guruhlarni joylariga o’tkazib, ularga quyidagi topshiriqni beradi:

o’z tug’ilgan faslingizga xarakteristika bering (badiiy — musiqiy, sahnali, hazil – mutoyibali va hokazo ko’rinishda);

yilning shu faslida tug’ilganlarning umumiy xarakteri bilan hamda guruh qatnashchilarining umumiy o’xshashliklari va o’ziga xos tomonlari bilan tanishtirish;

talaba (yoki o’quvchi)larning bu fasldagi faoliyatini so’zlab berish;

boshqa fasldagi guruh qatnashchilariga bag’ishlangan fikr yoki bag’ishlov yaratish va ijodiy tilaklar bildirish.

Uqituvchi berilgan topshiriqni talabalar tomonidan bajarishi uchun tayyorlanishga vaqt ajratadi va ularni taqdimot qoidalari bilan tanishtiradi, talaba (o’quvchi)larning tayyorlanishlari uchun sharoit yaratadi.

Guruhlar tayyorgarlikni boshlaydilar.

Guruhlarning chiqishi 4 ta topshiriq aks etgan adabiy – musiqiy kompozitsiya shaklida ham tayyorlanishi mumkin.

Keyingi bosqichda guruhlar tayyorlagan ijodiy ishlarini namoyish etadilar. Har bir chiqish tugagach, boshqa guruh qatnashchilari namoyish etilgan ijodiy ishni to’ldirishlari va mavzuga oid savollar berishlari mumkin.

Oxirgi bosqichda o’qituvchi mashg’ulotga yakun yasar ekan, auditoriyaga quyidagi savollar bilan murojaat qilib, talaba (yoki o’quvchi)larni ochiq muloqotga chaqiradi:

guruh qatnashchilari bir – birlari haqida nimalarni bilib olishdi;

auditoriyada bir – birlariga ko’nikish holati qanday o’zgardi;

qanday savollar va muammolar hal qilindi;

qatnashchilar dars davomida qanday sifatlarni ko’rsata oldilar;

har bir kishi o’zi uchun qanday xulosa chiqardi;



dsmak biz, qandaymiz?

2 – variant

O`qituvchi talaba (yoki o’quvchi)larni kichik guruhlarga ajratgach, har bir guruxga «Keling, tanishaylik!» mavzusi yozilgan kuyidagi mazmundagi taxminiy materialni tarqatadi:



Download 3.28 Mb.
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Download 3.28 Mb.