• «Mevali salat»
  • «Kelishuvlar»




    Download 3.28 Mb.
    bet15/20
    Sana04.04.2017
    Hajmi3.28 Mb.
    #3129
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
    «Qayoqqa – qayoqqa»
    Har bir o'quvchi o'zining eslab qolishi lozim bo'lgan tartib raqamini oladi. Guruh aralashadi. Yetakchi sinf o'rtasiga chiqib, xohlagan ikkita raqamini aytadi. Ushbu raqamli ishtirokchilar o'zlariga mo'ljallangan joyni egallashlari lozim. Yetakchi ham bo'sh joyni olishga harakat qiladi. Joysiz qolgan ishtirokchi o'yinni davom ettiradi. .
    «Yomg`ir»
    O'quvchilar doira hosil qiladi. Doira o'rtasida turgan yetakchi o'yinni boshqaradi. Yetakchi ishtirokchilarga qarata shunday deydi: «Hozir siz yomg'ir tovushini eshitasiz, buning uchun mening harakatlarimni qaytarishingiz kerak». So'ng ohista davrani aylanib chiqadi. Yetakchi oldiga borgan o'quvchi uning harakatlarini takrorlaydi va u ikkinchi marta yaqin kelmagunga qadar harakatni to'xtatmaydi. Yetakchi davrani bir necha marta aylanib chiqadi va har gal turli harakatlar qiladi.

    Yetakchining harakatlari:

    qo'llarini bir – biriga ishqalaydi,

    barmoqlarini qirsillatadi;

    qo'li bilan o'zining sonlariga uradi,

    sonlariga urib, oyog'i bilan tepinadi,

    yana sonlariga urib qo'yadi,

    yettinchi doirada faqat barmoqlarini qirsillatadi,

    qo'llarini bir – biriga ishqalaydi.



    So'ng yetakchi to'xtab, qo'lini pastga tushiradi hamda yomg'ir tingani va yana quyosh chiqqanini aytadi.
    «Mevali salat»
    Yetakchidan boshqa hamma kursilarda o'tiradi. Yetakchi uch ishtirokchidan qaysi mevalarni yaxshi ko'rishlarini so'rab bilib oladi va har bir o'quvchiga shu mevalarning nomini beradi. Har bir meva uchta kishini bildirishi kerak. Keyin yetakchi ushbu mevalardan birining nomini aytadi, shu nom ostidagilar joylarini almashtiradilar. Joy yetmagan odam o'yinni davom ettiradi. Agar yetakchi «Mevali salat» desa, hamma o'z joyini o'zgartirishi kerak.

    O'yin o'quvchilar o'rtasidagi to'siqlarni olib tashlashga, ularni birlashtirishga xizmat qiladi.



    Download 3.28 Mb.
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




    Download 3.28 Mb.