• TA’LIM JARAYONIDA QO’LLANILADIGAN INTERFAOL METODLAR VA ULARDAN DARS JARAYONLARIDA FOYDALANISH Qurbonov Sayqal Sa’dullayevich
  • Metodlar va ulardan dars jarayonlarida foydalanish




    Download 0.8 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/5
    Sana27.03.2024
    Hajmi0.8 Mb.
    #179242
      1   2   3   4   5
    Bog'liq
    632685, AHOLINING ISH BILAN BANDLIGI VA ISHSIZLIK mundarijalik, Bozor iqtisodiyotiga o`tishning milliy modellari, Ижтимоий, 3.2. Биоинформатика самый последн вариант2, 1 amaliy ish, Asadbek Muxtorov taqriz, 1, bayonnoma 4-maktab 2022, betlik 2022, big data MT, 2-mavzu 11, big-data-shpar-конвертирован, Termopara , Akbarova STILISTIKA.


    Journal of Advanced Research and Stability 
    ISSN: 2181-2608 

    www.sciencebox.uz/ 
    106
    “Prospects for improving the quality of modern continuing education”
     
    Special Issue | 2022

    TA’LIM JARAYONIDA QO’LLANILADIGAN INTERFAOL 
    METODLAR VA ULARDAN DARS JARAYONLARIDA 
    FOYDALANISH 
    Qurbonov Sayqal Sa’dullayevich 
    Surxondaryo viloyati Uzun tumanidagi 41-maktabning direktori 
    Annotasiya: Mazkur maqolada ta’lim jarayonida qo’llaniladigan interfaol metodlari, ularning 
    turlari va qo’llanilishi haqida fikr yuritilgan. 
    Kalit so‘zlar: Zamonaviy metod, an’anaviy dars, ta’lim oluvchilar, faoliyat, interfaol metod, 
    dars. 
    Hozirgi vaqtda ta’lim jarayonida o’qitishning zamonaviy metodlari keng qo’llanilmoqda. 
    O’qitishning zamonaviy metodlarini qo’llash o’qitish jarayonida yuqori samaradorlikka 
    erishishga olib keladi. Bu metodlarni har bir darsning didaktik vazifasidan kelib chiqib tanlash 
    maqsadga muvofiq. An’anaviy dars shaklini saqlab qolgan holda uni ta’lim oluvchilar faoliyatini 
    faollashtiradigan turli-tuman metodlar bilan boyitish ta’lim oluvchilarning o’zlashtirish darajasi 
    o’sishiga olib keladi. 
    Bugungi kunda bir qator rivojlangan mamlakatlarda ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorligini 
    kafolatlovchi zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo’llash borasida katta tajriba asoslarini 
    tashkil etuvchi metodlar interfaol metodlar nomi bilan yuritilmoqda. Interfaol ta’lim metodlari 
    hozirda eng ko’p tarqalgan va barcha turdagi ta’lim muassasalarida keng qo’llanayotgan 
    metodlardan hisoblanadi. Shu bilan birga, interfaol ta’lim metodlarining turlari ko’p bo’lib, 
    ta’lim-tarbiya jarayonining deyarlik hamma vazifalarini amalga oshirish maqsadlari uchun 
    moslari hozirda mavjud. Amaliyotda ulardan muayyan maqsadlar uchun moslarini ajratib 
    tegishlicha qo’llash mumkin. Bu holat hozirda interfaol ta’lim metodlarini ma’lum maqsadlarni 
    amalga oshirish uchun to’g’ri tanlash muammosini keltirib chiqargan. 
    Buning uchun dars jarayoni oqilona tashkil qilinishi, ta’lim beruvchi tomonidan ta’lim 
    oluvchilarning qiziqishini orttirib, ularning ta’lim jarayonida faolligi muttasil rag’batlantirib 
    turilishi, o’quv materialini kichik-kichik bo’laklarga bo’lib, ularning mazmunini ochishda aqliy 
    hujum, kichik guruhlarda ishlash, bahs-munozara, muammoli vaziyat, yo’naltiruvchi matn, 
    loyiha, rolli o’yinlar kabi metodlarni qo’llash va ta’lim oluvchilarni amaliy mashqlarni mustaqil 
    bajarishga undash talab etiladi. 
    Interfaol metod biror faoliyat yoki muammoni o’zaro muloqotda, o’zaro bahs-munozarada 
    fikrlash asnosida, hamjixdtlik bilan hal etishdir. Bu usulning afzalligi shundaki, butun faoliyat 
    o’quvchi-talabani mustaqil fikrlashga o’rgatib, mustaqil hayotga tayyorlaydi. 
    O’qitishning interfaol usullarini tanlashda ta’lim maqsadi, ta’lim oluvchilarning soni va 
    imkoniyatlari, o’quv muassasasining o’quv-moddiy sharoiti, ta’limning davomiyligi
    o’qituvchining pedagogik mahorati va boshqalar e’tiborga olinadi. 
    Interfaol metodlar deganda – ta’lim oluvchilarni faollashtiruvchi va mustaqil fikrlashga 
    undovchi, ta’lim jarayonining markazida ta’lim oluvchi bo’lgan metodlar tushuniladi. Bu 
    metodlar qo’llanilganda ta’lim beruvchi ta’lim oluvchini faol ishtirok etishga chorlaydi. Ta’lim 



    Download 0.8 Mb.
      1   2   3   4   5




    Download 0.8 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Metodlar va ulardan dars jarayonlarida foydalanish

    Download 0.8 Mb.
    Pdf ko'rish