|
Metrologiya, texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish va sertifikatlashtirish
|
bet | 1/3 | Sana | 14.02.2024 | Hajmi | 0,88 Mb. | | #156208 |
Bog'liq Tashkilot standarti O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYAlar VAZIRLIGI ISLOM KARIMOV NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI “METROLOGIYA, TEXNIK JIHATDAN TARTIBGA SOLISH, STANDARTLASHTIRISH VA SERTIFIKATLASHTIRISH” kafedrasi “________________________________________” fanidan TAQDIMOT Tuzuvchi: _____ guruh talabasi ________________________ Fan o’qituvchisi: _________________________ Toshkent - 2023 Oziq-ovqat mahsulotlariga hamda texnologik instruksiyalarga tashkilot standartini ishlab chiqish.
Reja:
1. Tashkilot standartining tuzulishiga qo‘yiladigan talablar.
2. Oziq-ovqat mahsulotlarining nomlanishiga qo’yiladigan talablar.
3. Oziq-ovqat mahsulotlarining belgilanishiga qo‘yiladigan talablar.
4. Texnik ko‘rsatmalarni tuzish qoidalari.
1. Tashkilot standartini tuzulishiga qo‘yiladigan talablar
Tashkilot standart quyidagi tuzulish elementlarini o‘z ichiga oladi:
1) Titul varag‘i;
2) Asosiy qism;
3) Majburiy, tavsiya qilinadigan va ma’lumot ilovalari (zarur bo‘lganda) o‘lchashlami qayd qilish varag‘i.
Titul varag‘ida quyidagi ma’lumotlar keltiriladi:
1. Mahsulot nomi;
2. Hujjat nomi;
3. Hujjatning belgilanishi;
4. Hujjatning yangiligi haqidagi yoki amaldagi boshqa hujjatning u bilan almashtirilganligi to‘g‘risida ma’lumot;
5. Mahsulotni tavsiflovchi kodlar;
6. Tashkilot standartining asl nusxasini saqlovchining nomi;
7. Tasdiqlovchi va muvofiqlashtiruvchi imzolar;
8. Tashkilot standart asl nusxasini saqlovchining manzili haqidagi ma’lumotlar;
9. Tashkilot standartni ishlab chiquvchi haqidagi ma’lumotlar (asl nusxani ushlab turuvchining qaroriga ko‘ra);
10. Hujjat tasdiqlagan yil;
Tashkilot standartining asosiy qismi quyidagi bo‘limlardan tarkib topadi:
“qoilash sohasi”;
“sifat va xavfsizlikka qo‘yiladigan talablar”;
“markirovka”;
“qadoqlash”;
“qabul qilish qoidalari”;
“nazorat usullari”.
“tashish va saqlash qoidalari”.
Zarur bo‘lgan hollarda tashkilot standartga “qo‘llash qoidalari” boiimi kiritilishi mumkin. Bu bo‘lim “tashish va saqlash qoidalari” boiimidan keyin joylashtiriladi. Ushbu bo‘limni kiritish zaruratini tashkilot standartini ishlab chiqaruvchi aniqlaydi.
Tashkilot standarti majburiy, tavsiyaviy va ma’lumot ilovalari bilan to‘ldirilgan bo‘lishi mumkin. Tavsiyaviy va ma’lumot ilovalari majburiy ilovalardan keyin joylashtiriladi. Uovalar talablarga muvofiq bajariladi. Tashkilot standartida bitta sahifaning o‘zida 2 (yoki undan ortiq ) ketma-ket joylashgan ilovalarning, agar ularni bitta sohada to‘lig‘icha ifodalash mumkin bo’lsa, joylashtirilishiga yo‘l qo‘yiladi. Agar tashkilot standartida sarlavha bitta so‘zdan iborat bo‘lsa, uni yozma harflarda bosiladi.
|
| |