|
Oziq-ovqat mahsulotlarining nomlanishiga qo‘yiladigan talablar
|
bet | 2/3 | Sana | 14.02.2024 | Hajmi | 0,88 Mb. | | #156208 |
Bog'liq Tashkilot standarti 2. Oziq-ovqat mahsulotlarining nomlanishiga qo‘yiladigan talablar
Tashkilot standartida foydalaniladigan oziq-ovqat mahsulotlarining nomi aniq va bir qiymatda uni tavsiflash lozim. Bunda nom qisqa bo‘lishi, lekin iste’molchilarga belgilanishi, tarkibi (xomashyo), holati, tayyorlanish usuli va (yoki) boshqa omillar umumiyligi bilan tavsiflangan oziq-ovqat guruhlarining qaysi biriga tegishli ekanligini adashmasdan “tanib olish ” imkoniyatini berishi zarur. Misol: muzlatilgan “Oktyabrskiy” chuchvaralari .
Oziq-ovqat mahsulotlari nomlanishi shakllantirishida tur darajasida, u bo‘lmagan taqdirda esa guruh yoki turkum darajasida OK 005 dagi OKP klassifikasion guruhlashtirishga muvofiq nomlanishini hisobga olish lozim. Agar muayyan oziq- ovqat mahsulotiga davlat standard qo‘llanilsa, unda oziq-ovqat mahsulotlarining texnik shartdagi nomlanishi shu standart nomlanishining sarlavhasini hisobga olish bilan shakllanadi. Oziq-ovqat mahsulotini nomlashda davlat standartlarida belgilab qo‘yilgan standartlashtirilgan atamalardan foydalanish talab qilinadi.
Mahsulotning tashkilot standart titul varaqchada keltirilgan nomlanishda birinchi so‘z uning asosiy alomatini tavsiflovchi ot bo‘lishi, keyingi so‘zlar esa oziv-ovqat mahsulotlarining qo‘shimcha alomatlarini tavsiflaydigan sifatdosh (aniqlovchi) bo‘lishi lozim.
3. Oziq-ovqat mahsulotlarining belgilanishiga qo‘yiladigan talablar
Tashkilot standartida oziq-ovqat mahsulotlariga belgilarni tashkilot standartning asl nusxasini ushlab turuvchi tashkilot standart muvofiqlashtirilishidan oldin beradi, bunda ular quyidagi ma’lumotlardan shakllantiriladi:
“tashkilot standart” indeksidan;
Undan bo‘lib olingan OKP (Umumdavlat mahsulot klassifikatori) bo‘yicha mahsulot kodining birinchi 4 belgisi muammolaridan;
Ulardan bo‘lib olingan 3 razryadli qayd qilish nomeridan;
Ulardan bo‘lib olingan OK 007 bo‘yicha korxona va tashkilotlaming klassifikatori (OKP) bo‘yicha tashkilot standart asl nusxasini ushlab turuvchining kodidan;
Undan bo‘lib olingan tashkilot standart tasdiqlangan yilning oxirgi 2 shifridan.
Masalan: ushlab turuvchisi Sharqiy Sibir davlat texnika universiteti boigan oblepixa yog‘iga texnik shart quyidagicha belgilanadi: TU 9141-13-02059473-2004.
Bunda 13-Sharqiy Sibir davlat texnika universitetiga berilgan texnik shartini qayd qilish nomeri;
02069473 - Sharqiy Sibir davlat texnika universitetining korxona va tashkilotlar klassifikatori bo‘yicha kodi;
04 - texnik shart tasdiqlangan yilning oxirgi 2 ta raqami (2004).
|
| |