|
Meva va sabzavotlarni quritish usullari va texnologiyasiBog'liq mevaKeywords: convective drying, contact drying, radiation drying, thermal infrared rays,
dielectric drying, sublimation drying, heat capacity, heat exchange, convection.
Xozirgi vaqtga kelib butun dunyo bo`ylab quritilgan mahsulotlar xususan: ko'katlar,
sabzavotlar va shifobaxsh o`tlarini qurutish bo'yicha ko'plab olimlar tadqiqotlar olib bormoqdalar
va ularning tavsiyalari bugungi kunda ushbu sohada metodologik asosni ta'minlaydi. Qishloq
xo'jaligi mahsulotlari, mevalar va sabzavotlar kundalik hayot ehtiyojlari asosiy qismidir. Bu
ehtiyojni doimiy ravishda to`ldirib borish bo`yicha yurtimizda juda keng islohotlar amalga
oshirilmoqda. Ushbu sohani rivojlantirishga yo'naltirilgan qarorlar, farmonlar va dasturlar qabul
qilinmoqda. Ushbu keng ko`lamli va doimiy islohotlar natijasida qishloq xo'jaligi sohasida katta
muvaffaqiyatlar va bosqichlarga erishilmoqda.
Mamlakatimizda yetishtirilayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari o‘zining tabiiyligi,
vitaminlarga boyligi, o‘ziga xos ta’mi bilan hamisha mashhur va ommabop bo`lib kelgan. Shu bois
O‘zbekistonda yetishtirilayotgan meva-sabzavotlarga jahon bozorida talab yuqori. Davlat
statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilning 10 oyida 747,4 million dollarlik 1,2 million
tonna meva-sabzavot eksport qilingan. 267,2 ming tonna meva va rezavorlar, 45,4 ming tonna
quritilgan meva va rezavorlar, 649,1 ming tonna sabzavot eksport qilingan.
O'zbekistonda yuqori sifatli mevalar yetishtiriladi. Bu mevalarning kimyoviy tuzilishi,
ya'ni, shakar miqdori va vitamin tarkibi, shimoliy mintaqalarning mevalaridan ko'proqdir. Mevalar
odamning organzimiga muhimdir. Ularda oson qabul qilinadigan shakarlar, organik
o'simliklardagi o'simliklar, vitaminlar va moddalarning zaxiralari katta ehtiyojli bo'lganini
ko'rsatadi.
|
| |