|
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL SCIENCE AND INNOVATIONBog'liq meva
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL SCIENCE AND INNOVATION
SPECIAL ISSUE «MODERN TENDENCIES OF TEACHING PHYSICS IN THE ENVIRONMENT OF INFORMATION AND INNOVATIVE
TECHNOLOGIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS» APRIL, 2024 | ISSN: 2181-3337 | SCIENTISTS.UZ
185
mahsulotlarni quritish uchun sun'iy usullar ham qo'llaniladi, bu jarayon maxsus quritish
qurilmalarida amalga oshiriladi.
Quritish uchun mo'ljallangan mahsulotlar uch turga bo'linadi: qattiq (donali, parchalangan,
zarracha); xamirli; suyuqlik (eritmalar, suspenziyalar).
Issiqlik tashuvchining quritilayotgan materiallar bilan o'zaro ta'sir qilish usuliga ko'ra
quritish quyidagi turlarga bo'linadi:
1) konvektiv quritish - nam mahsulot va quritish vositasi to'g'ridan-to'g'ri bir-biri bilan
aralashtiriladi;
2) kontaktli quritish - issiqlik tashuvchisi va nam mahsulot o'rtasida ularni ajratib turadigan
devor mavjud;
3) radiatsiyaviy quritish - issiqlik infraqizil nurlar orqali tarqaladi;
4) dielektrik quritish - mahsulot yuqori chastotali oqim maydonida isitiladi;
5) sublimatsiya quritish mahsulot muzlatilgan holda yuqori vakuum ostida suvsizlanadi.
Oxirgi uchta usul sanoatda nisbatan kam qo'llaniladi va odatda maxsus quritish usullari
hisoblanadi.
Xulosa qilib aytish mumkinki so`ngi yillarda mamlakatimizda meva sabzavotlarni
quritishga katta e'tibor qaratilmoqda. Meva sabzavotlar va dorivor o`simliklarni ichidagi
vitaminlar quritish orqali saqlanishi sababli, uning bioaktiv oziq-ovqat modifikatori sifatida ko'p
qo'llaniladi. Shuningdek quritilgan mahsulotlarni sifatli saqlashdagi texnologiyalarni o`rni,
axamiyati va dolzarbligi muxim xisoblanadi. Shuning uchun, mahsulotlar sifatini oshirish,
energiya samaradorligini oshirish, vaqt va ish kuchini kamaytirish, asosiy texnologik jarayonlar
va qurilmalarni yaxshilash va ularni o'zlashtirish ilmiy yondashuvdan ko'ra amaliy yondashuv ham
muhimdir.
|
| |