180
Y bosqich
(to‘liq avtomatlashtirish) - suv tarqatish jarayoni inson aralashuvisiz-
avtomatik ravishda nazorat mashinalari yordamida amalga oshiriladi. Shunday qilib,
avtomatlashtirishning yuqori bosqichiga sug‘orish tizimlarini avtomatik vositalar bilan
jihozlashni asta-sekin oshirib borish orqali erishiladi.
Tegishli avtomatlashtirish
vositalari (gidravlik avtomatik rostlagichlar va boshqa qurilmalar) avtomatik
boshqarishni amalga oshirish uchun birlamchi asos bo‘lib xizmat qiladi.
Biroq, eng muhimi, texnologik jarayonning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga
olgan holda avtomatlashtirishning tegishli darajasini aniqlashdir.
Irrigatsiya tizimlarining asosiy xususiyati-keng hudud bo‘yicha
tarqalgan suv
taqsimlovchi gidrotexnik inshootlarning katta qismi bo‘lib, ular avtomatizatsiyaga
bo‘ysunadi. Bunday tizimlarda suv tarqatish jarayonini to‘liq avtomatlashtirish, hech
bo‘lmaganda, bu bosqichda gap ham bo‘lishi mumkin emas. Chunki buni hali texnik
jihatdan ham amalga oshirib bo‘lmaydi.
Sug‘orish tizimlarida suv taqsimotini avtomatlashtirish
darajasini tanlashning
hal qiluvchi omillari texnik-iqtisodiy asoslanganligi hamda tezkor kadrlar tayyorlash
darajasi hisoblanadi.