178
3-BOB
GIDROTEXNIKA QURILMALARI AVTOMATLASHTIRISH
OB’EKTI SIFATIDA
§ 13. AVTOMATLASHTIRISH OB’EKTLARI
§ 13.1. Suv xo‘jaligidagi avtomatlashtirish ob’ektlari va
texnologik jarayonlar haqida umumiy tushunchalar
Suv xo‘jaligini avtomatlashtirish asosan sanoatdagi texnologik jarayonlarni
avtomatlashtirishdagi tajribalarga asoslanadi. Shu bilan birga suv xo‘jaligidagi
gidrotexnika inshootlari, nasos stansiyalari, suvni hisobga olish kabi sohalar o‘zining
shunday maxsus xususiyatlariga egaki, bu holda tanlangan texnik vositalar va
avtomatlashtirish usullari ma’lum texnologik talablarga javob berishi kerak.
Suv xo‘jaligidagi ishlab chiqarish jarayonlari murakkab axborot almashuvi va
jarayonlariga ega bo‘lib, ular turli ko‘rinishlarda berilishi mumkin. Bu esa suv xo‘jaligi
sohasida qo‘llanuvchi mashina va uskunalarning maxsus ish rejimlariga mos tushmay
qolishi, oqim liniyalardagi ishlab chiqarish jarayonlarini to‘xtab qolishi, suv xo‘jaligi
mashinalarining ish rejimlari bir-biriga mos tushmay qolishiga olib kelishi mumkin.
Suv xo‘jaligining yana bir muhim xususiyatlardan biri suv xo‘jaligi
texnikasining katta maydonlarda joylashgani va ta’mirlash bazasidan uzoqligi,
uskunalarning kichik quvvatga ega ekanligi, ish jarayonining mavsumiyligi
hisoblanadi. Jarayonlar har kuni ma’lum sikl bo‘yicha qaytarilishiga qaramay,
mashinalarning umumiy ish soatlari nisbatan kam hisoblanadi. Demak, bu sohada
qo‘llanuvchi avtomatlashtirish vositalari turli ko‘rinishlarga ega bo‘lib, nisbatan arzon,
tuzilishi jihatidan sodda, ishlatishga qulay va ishonchli bo‘lishi kerak. Bunday
sharoitda avtomatlashtirish vo-sitalari aniq va ishonchli ishlashi lozim, chunki bunday
jarayonni tabiatan to‘xtatib, uzib qo‘yib bo‘lmaydi. Misol uchun, gidromelioratsiya
tizimlarida av-tomatlashtirish vositalari tabiiy sharoit o‘zgarishiga qaramay, sutka
davomida texnologik operatsiyalarning davomiyligini ta’minlab berishi zarur.