Bizning mamlakatimizda ta‟limni sandartlashga asosan 1993 yildan kirishildi .
Davlat ta‟lim standartlarini ishlab chiqish va uni hozirgi bosqichda amaliyotga
tatbiq etishning imkoniyati yuzaga keldi.
Standartni ishlab chiqish “Ta‟lim to„g„risida” gi qonunning 7-maddasi va
muayyan bandlarida, “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”da ta‟limning mazmuni
haqida bayon etilgan umumiy talablarga ko„ra amalga oshiriladi.
Standart vositasida ta‟limning talab etilgan darajasinibir me‟yorda
saqlash,uni jamiyat taraqqiyoti istiqboliga ko„ra takomillashtirish amalga
oshiriladi.
Standart oldiga quyidagi tallablar quyiladi:
1.Mamlakatningijtimoiy-iqtisodiyrivojiehtiyojlarivaxalqarotajribalarni tahlil
qilish asosida ta‟lim jarayonidagi barcha manfaatdor tomonlarning imkoniyatlarini
hisobga olish.
2.Standartda, avvalo, oqibat natijalarni me‟yorlashtirish ko„zda tutiladi.
3.Standartlarda ta‟limning shakli, bosqichi va sohalari bo„yicha muvofiqlik
tajribalarini saqlash talab etiladi.
4.Standart mazmuni va ichki tuzilishiga ko„ra, shaxs kamolotini ta‟minlash
nuqtai nazarida to„laqonli bo„lishi lozim.
5.Standartlardagi har bir band bayoni uning yaxlitligini ta‟minlaydigan izchil
va ta‟limning maqsadlarini to„la qamrab olganligi nuqtai nazaridan iloji bor qadar
mukammal bo„lishi kerak.
6.O„zining ichki tuzilishi, mazmun-mundarijasiga ko„ra standart davlatning,
mintaqaning va ta‟lim muassasining manfaatlari mutanosibligini. Huquqini aks
ettirishi lozim.
7.Mazmunan standart o„quv yuklamalarini me‟yorlashtirishi lozim.
8.Standartning mazmun-mundarijasiga undan foydalanuvchilarning barcha
toifalarini hisobga olmog„i darkor.
9.Standart texnik vositalari bilan tekshirish ehtimoliga mo„ljallangan, ya‟ni
texnik jihatdan qulay bo„lishi lozim.
YUqoridagi tallablardan kelib chiqib ta‟lim standartlari bir necha bosqichda
olib boriladi. Davlat ta‟lim standartlar shunday me‟yorlarni belgilaydiki, unga
amal qilish O„zbekiston miqyosidagi yagona pedagogik muhitni saqlab turishni
ta‟minlaydi, jahon madaniyati tizimida, fan, texnika va texnologiya yangiliklari
ta‟sirida shaxsning uyg„unligini ta‟minlaydi.
Ta‟lim standartini amaliyotga kiritish har bir ta‟lim oluvchining muayyan va
oldindan belgilab qo„yilgan ma‟lumotni olish uchun kafolat berishga imkoniyat
yaratadi, oqibatda kadrlar tayyorlash sifati va samaradorligi oshadi.