s
k
=
=
+
=
Mahsulotning mehnat sig’imi va soatlik mehnat unumdorligi o’zaro teskari aloqada ekan, agar
mehnat sig’imi ma’lum bo’lsa, u holda soatlik mehnat unumdorligi quyidagi usulda aniqlanadi:
2,12s
47
,
0
1
1
=
=
=
MS
MU
Sut qoramolchiligida jami mehnat xarajatlarining 90% (go’ng xarajati chiqarilgandan keyin)
sigirlardan sog’ib olingan sutga, 10% esa buzoqqa ajratiladi. Shuning uchun sut ishlab chiqarish
bo’yicha soatlik mehnat unumdorligi va 1 s mahsulotning mehnat sig’imi quyidagicha aniqlanadi:
;
9
,
0
*
SM
MUs
MX
=
;
0,9
*
MX
MSs
SM
=
Bu yerda: MUs–sutchilikda 1 soatlik mehnat unumdorligi (1k/s ga), s
MSs–1 s sutga sarflangan mehnat xarajatlari, k/s;
MX–Sigirlarni saqlash uchun sarflangan mehnat xarajatlari (go’ngga sarflangan mehnat
harajatlari chiqarib tashlab,), k/s
SM - sut miqdori, s
0,9 - sutga ajratilgan mehnat sarfining salmog’i
Misol. Xo’jalikda 8000 s sut sog’ib olingan, sigirlar saqlash uchun (go’ngga sarflangan mehnat
harajatlari chiqarib tashlab) qilingan mehnat harajatlari 102000 kishi/soatni tashkil qilgan bo’lsa, u
holda mehnat unumdorligi va mehnat sig’imi mos ravishda quyidagicha xisoblanadi:
218
;
09
,
0
91800
8000
9
,
0
*
102000
8000
MUs
s
=
=
=
;
/
5
,
11
8000
91800
8000
9
,
0
*
102000
MSs
s
k
=
=
=
Qo’ychilikda mehnat unumdorligi va mehnat sarfini hisoblash uchun jami qilingan mehnat
sarfidan go’ng xarajati va qo’zi uchun ajratilgan 10% chiqarib tashlanib, qolgan qismi go’sht va
junga, ularni sotish bahosi bo’yicha qiymatiga proporsional ravishda taqsimlanadi. Masalan: qo’y
go’shti ishlab chiqarishda soatlik mehnat unumdorligi va 1 s mahsulot mehnat sig’imi quyidagicha
aniqlanadi:
;
S
*
MXq
GM
MUg
1
=
;
S
*
MXq
JM
MUj
2
=
;
GM
S
*
MXq
MSg
1
=
;
S
*
MXq
MSj
2
JM
=
Bu yerda:
MUg – go’sht yetishtirishda 1 soatlik mehnat unumdorligi (1 kishi/soatiga), s;
MUj – jun olishda 1 soatlik mehnat unumdorligi (1 kishi/soatiga), s;
MSg – 1 sentner go’shtga sarflangan mehnat xarajatlari, k/s;
MSj – 1 s. junga sarflangan mehnat xarajatlari, k/s;
MXq – qo’ylarni saqlash uchun sarflangan mehnat harajatlari (go’ng uchun va qo’zi tug’ilganda
sraflangan mehnat xarajatlari chiqarib tashlab), k/s;
GM - go’sht miqdori, s.;
JM – jun miqdori, s;
S
1
– go’shtning salmog’i, % (0,368);
S
2
– junning salmog’i, % (0,632);
Misol. Xo’jalikda qo’ylardan 174 s. go’sht yetishtirilgan, 180 s. jun olingan. Qo’ylarni saqlash
uchun mehnat harajatlari (go’ng uchun va qo’zi tug’ilganda sarflangan mehnat xarajatlarini chiqarib
tashlab) 44200 k/s ni tashkil qilgan bo’lsa, u holda go’sht yetishtirish va jun olishning mehnat
unumdorligi va mehnat sig’imi mos ravishda quyidagicha hisoblanadi.
a) go’sht yetishtirish uchun:
;
07
,
1
16266
17400
0,368
*
44200
17400
MUg
kg
=
=
=
;
/
93
,
0
17400
16266
17400
0,368
*
44200
MSg
s
k
=
=
=
a) jun olish uchun:
219
;
64
,
0
27934
18000
0,632
*
44200
18000
MUj
kg
=
=
=
;
/
55
,
1
18000
27934
18000
0,632
*
44200
MSj
s
k
=
=
=
Mehnat unumdorligi darajasining oshib borishi yuqori samarali qishloq xo’jaligi ishlab
chiqarishining zaruriy sharti hisoblanadi
Mehnat unumdorligini oshirishning iqtisodiy mohiyati mahsulot birligini ishlab chiqarishga
ketgan mehnatni kamaytirish yoki mehnat o’zgarmagani holda mahsulotni ko’paytirishdir. Hozirgi
paytda qishloq xo’jaligida bevosita ishlarning 80-90 foizi qo’lda bajariladi va uning unumdorligiga
salbiy ta’sir etadi. Qishloq xo’jaligida mehnat unumdorligini o’stirishning xalq xo’jalik ahamiyati
quyidagicha:
1.U dehqonchilik va chorvachilik yalpi mahsulotini ko’paytirishning yagona manbai
hisoblanadi va aholini ilmiy asoslangan me’yorlar bo’yicha oziq-ovqatga bo’lgan talabini va
sanoatning xom-ashyoga bo’lgan talabini to’laroq qondirishni ta’minlaydi;
2.Mehnat unumdorligining o’sishi mahsulot ishlab chiqarishga sarflanadigan jonli mehnat
xarajatlarini qisqartiradi, ish vaqtini tejaydi. Mehnat unumdorligi qancha yuqori bo’lsa, mahsulot
birligi olish uchun shuncha kam ish vaqti ketadi va qishloq xo’jaligida band bo’lgan xodimlar soni
kamayadi. Bo’shagan ish kuchi boshqa sferalarga yo’naltiriladi;
3.Mehnat unumdorligining o’sishi ish kunini, ish haftasini, yildagi ish soatlari miqdorini
qisqartirishga sharoit yaratadi va bo’sh vaqtni ko’paytiradi. Qishloq mehnatchilariga shaxsiy va
ijtimoiy ehtiyojlarini aqliyva jismoniy rivojlantirish, ilmiy-texnikaviy va badiiy ijodiyot-qondirish
uchun bo’sh vaqt vujudga keladi;
4.Mehnat unumdorligining o’sishi mahsulot birligi hisobiga mehnat haqi xarajatlarini
kamaytiradi. Mehnat unumdorligining o’sish sur’ati mehnat haqining o’sish sur’atidan ilgarilab ketsa,
mahsulot birligiga to’g’ri kelgan mehnat haqining absolyut miqdori va hissasi pasayadi;
5.Mehnat unumdorligining o’sishi moddiy resurslarda buyumlashgan mehnat xarajatlarini
tejashga va foydalanish samaradorligini oshirishga imkon beradi;
6.Mehnat unumdorligining o’sishi, jonli va buyumlashgan mehnat xarajatlaridan samarali
foydalanib, mehnat haqi xarajatlarini qisqartirib va bir butun ishlab chiqarish xarajatlarini pasaytirib,
qishloq xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish xarajatlarining rentabellik darajasini oshirishga
bevosita ta’sir ko’rsatadi.
Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi amaliyotida mehnat unumdorligini o’stirishning bir
qancha variantlari bo’lishi mumkin.
1.Mahsulot ishlab chiqarishning o’sishi mehnat xarajatlarining o’sishidan oldinga ketadi;
2.Mahsulot ishlab chiqarish ko’payadi, mehnat xarajatlari o’zgarmasdan qoladi;
3.Mahsulot ishlab chiqarish ko’payadi, mehnat xarajatlari pasayadi;
4.Mahsulot ishlab chiqarish o’zgarmaydi, mehnat xarajatlari pasayadi;
5.Mahsulot ishlab chiqarish kamayadi, mehnat xarajatlari undan ham ko’proq kamayadi.
Mehnat unumdorligini oshirish uchun quyidagi omillardan oqilona foydalanish zarur:
1.Sermehnat jarayonlarni kompleks mexanizasiyalash;
2.Mashinalar tizimidan foydalanish;
3.Ishlab chiqarish texnologiyasini qisqa muddatlarda va sifatli o’tkazish;
4.Ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish va yiriklashtirish;
5.Mehnat malakasini oshirish;
6.Mehnat tashkil etishda uning progressiv shakllaridan foydalanish;
7.Xodimlarning dam olish, maishiy va mehnat sharoitlarini yaxshilash;
8.Iqlim, tuproq unumdorligini yaxshilash va h.k.
|