b).Alohida ish turlari bo’yicha 1 xodimning bajargan ishi yoki ishlab chiqargan




Download 8,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet157/386
Sana30.05.2024
Hajmi8,59 Mb.
#257248
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   386
Bog'liq
qorakol

 b).Alohida ish turlari bo’yicha 1 xodimning bajargan ishi yoki ishlab chiqargan 
mahsuloti; 
v).1 birlik ish hajmini bajarishga ketgan mehnat xarajatlari. 
2). Umumiy ko’rsatgichlari: 
a).1 xodimga to’g’ri kelgan ekin va hayvonlar; 
b).1 ga ekin maydoniga va 1 bosh hayvonga sarflangan mehnat xarajati; 
v).Qishloq xo’jaligi ekinlari hosildorligi va hayvonlar mahsuldorligi. 
Mehnat unumdorligining asosiy ko’rsatkichlari olingan mahsulot miqdori va sarflangan ish 
vaqti o’rtasidagi nisbatni aks ettiradi, jonli mehnat xarajatlari samaradorligini yetarlicha to’liq 
xarakterlaydi. Mahsulotni hisobga olish va baholash uslubi bo’yicha ular natura va qiymat, tarmoq 
va mahsulot to’rini qamrash darajasi bo’yicha xususiy va umumlashtiruvchi ko’rsatkichlarga 
bo’linadi. Xususiy ko’rsatkichlar alohida yoki bir xil turdagi mahsulot ishlab chiqarish mehnat 
unumdorligini xarakterlaydi, umumlashtiruvchi ko’rsatkich esa bir butun qishloq xo’jaligi yoki uning 
alohida tarmoq(dehqonchilik,chorvachilik)larida mehnat unumdorligini xarakterlaydi. Xususiy 
ko’rsatkichlar natural ko’rsatkichlar bilan, umumlashtiruvchi ko’rsatkichlar qiymat ko’rsatkichlar 


216 
bilan mos tushadi. 1 xodim hisobiga to’g’ri kelgan mahsulotni ifodalovchi ko’rsatkich yillik mehnat 
unumdorligini, ish vaktining yillik sarflanishi samaradorligini aks etdiradi, 1 kishi/soatiga to’g’ri 
kelgan mahsulot esa, soatlik mehnat unumdorligini, ya’ni sarflangan sof ish vakti samaradorligini aks 
ettiradi. 
Mehnat unumdorligining natural ko’rsatkichlari qiymat ko’rsatkichlariga nisbatan bir qator 
qulayliklarga ega. Ular mahsulot assortimentidagi tarkibiy o’zgarishlarga ta’sir etmaydi, ulardan 
alohida texnologik operasiyalardagi mehnat xarajatlarini baholash uchun foydalanish imkoniyatini 
beradi va jonli mehnatning real sarflarini aks ettiradi. Chunki ularning uchyoti shartli qiymat o’lchovi 
orqali emas, balki bevosita ish vaqti birligida amalga oshiriladi. Ammo natural ko’rsatkichlarda 
mahsulot sifati to’liq o’z aksini topmaydi. 
Mehnat unumdorligi asosiy ko’rsatkichlarining, xoh natural, xoh qiymat shaklda bo’lmasin, 
kamchiligi shundaki, ularni faqat to’liq yil uchun hisoblash mumkin. Chunki qishloq xo’jaligi ishlab 
chiqarishining mavsumiyligi tufayli mehnatning pirovard natijasi faqat xo’jalik yili tugagandan keyin 
ma’lum bo’ladi. Haqiqatda, qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishning oraliq operasiyalarida mehnat 
xarajatlari samaradorligi ustidan operativ nazorat uchun har qanday bir vaqt davomida erishilgan 
hajmini ham bilish zarur. Bu maqsadlar uchun qo’shimcha ko’rsatkichlardan foydalaniladi. Ular 
mehnat xarajatlari samaradorligini to’liq xarakterlamasalar ham, texnologik jarayonlarning oraliq 
operasiyalarida individual mehnat unumdorligini: 1 ish kunida yoki 1 kishi/soatida bajarilgan ish 
hajmi, yoki 1 birlik ish hajmini bajarish uchun ketgan mehnat xarajatini ifodalaydi. 
Qo’shimcha ko’rsatkichlarni xususiy va umumiy ko’rsatkichlarga bo’lish mumkin. Xususiy 
ko’rsatkichlar aniq ish turi hajmi va uni bajarish uchun ketgan mehnat xarajatlari o’rtasidagi nisbatni 
ifodalaydi. Xususiy ko’rsatkichlardan umumiy ko’rsatkichlar tashkil topadi – ma’lum bir ekin turi 
gektariga va ma’lum bir hayvon boshiga to’g’ri kelgan mehnat xarajatlari. Qishloq xo’jaligida jonli 
mehnat xarajatlaridan foydalanish samaradorligini yana mahsulot chiqish ko’rsatkichlari ham 
bilvosita xarakterlaydi, ya’ni qishloq xo’jaligi ekinlari hosildorligi va hayvonlar mahsuldorligi, 
chunki ular qancha yuqori bo’lsa, mahsulotning mehnat sig’imi shuncha past bo’ladi va aksincha.
Qishloq xo’jaligida mehnat unumdarligining ko’pgina ko’rsatkichlari, yuqorida 
ko’rsatilganidek, yalpi yoki sof mahsulot miqdori (qiymati)ni mehnat xarajatlari miqdoriga yoki 
aksincha bo’lish yo’li bilan hisoblaniladi. Soatlik mehnat unumdorligi va alohida mahsulot turlari 
mehnat sig’imi ko’rsatkichlari bir muncha boshqacharoq hisoblaniladi. Qishloq xo’jaligi ishlab 
chiqarishining o’ziga xos xususiyati, ma’lumki, qishloq xo’jaligi ekinlarini yetishtirishda va mollarni 
o’stirishda bir nechta mahsulot turlari ishlab chiqariladi, shuning uchun qishloq xo’jaligi ekinlari va 
hayvonlaridan olingan mahsulotlarga sarflangan jami mehnat xarajatlari barcha ishlab chiqariladigan 
mahsulot turlari o’rtasida taqsimlanadi.
G’allachilikda mehnat xarajatlari somonning xarajatlari, uni tayyorlashga o’rnatilgan mehnat 
xarajatlarining me’yori bo’yicha aniqlanadi va g’allani ishlab chiqarish uchun sarf qilingan mehnat
xarajatlaridan ajratib tashlanadi. G’alla chiqitlari to’liq g’alladagi ularning salmog’iga qarab g’allaga 
aylantiriladi. Demak, soatlik mehnat unumdorligini aniqlash uchun g’alla chiqitlari hisobga olingan 
jami g’allani, somonga qilingan mehnat sarfi ajratib tashlangandan qolgan mehnat sarfiga bo’linadi, 
ya’ni quyidagicha hisoblanadi: 
MX
S)
*
(GChM
TG`M
MUg`
+
=
Bu yerda – Mug’- g’allachilikda mehnat unumdorligi, kishi/soatiga/sentner; 
TG’M - toza g’alla miqdori, s; 
FChM - g’alla chiqitlari miqdori, s; 
C - to’liq g’allaning g’alla chiqitidagi salmog’i, %; 
MH - g’allani yetishtirish uchun qilingan mehnat xarajati somon xarajatlari chiqarilgandan 
keyingi, kishi/soat. 


217 
Misol: Xo’jalikda yig’ib olingan toza g’alla 20000 sentnerni, g’alla chiqiti esa 6000 sentnerni 
tashkil etadi. G’alla chiqitidagi toza g’allaning hissasi 20%ga teng, sarflangan mehnat harajatlari 
(somonga sarflangan mehnat harajatlarini chiqarib tashlab) 10000 kishi/soat bo’lsa, 1 kishi soatiga 
ishlab chiqarilgan g’alla quyidagicha xisoblanadi: 
.
12
,
2
10000
21200
10000
1200
20000
10000
0,2)
*
(6000
20000
MUg`
s
=
=
+
=
+
=
1 s g’allaning mehnat sig’imi (MSG’) jami mehnat harajatlari miqdorini (somon harajatlari 
chiqarilgan) g’alla chiqimlari bilan birgalikda jami galla miqdoriga bo’lib aniqlanadi: 
S)
*
(FChM
TG`M
MX
MSg`
+
=
Yuqoridagi misoldan foydalanib, 1 s g’allaning mehnat xarajatlarini hisoblaymiz.
.
/
47
,
0
10000
21200
0,2)
*
(6000
20000
10000
MSg`

Download 8,59 Mb.
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   386




Download 8,59 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



b).Alohida ish turlari bo’yicha 1 xodimning bajargan ishi yoki ishlab chiqargan

Download 8,59 Mb.
Pdf ko'rish