208
Ishsizlar darajasidagi farq mamlakatning iqtisodiy siyosati xarakteriga, iqtisodiyotning tarkibiy
tuzilishiga va boshqa omillarga bog’liq. Agar odam hyech qayerda ishlamasa va ish qidirish bilan
band bo’lsa, u holda u ishsiz hisoblanadi. Inson ishsiz bo’lishi uchun nafaqat ishi yo’qligi, balki uni
astoydil izlayotgan bo’lishi kerak. Lekin aksariyat hollarda odamlar hyech joyda ishlamaydi va
shunday bo’lsa ham ishsiz hisoblanmaydi. Bular shunday katego-riyadagi odamlarki, ular
nafaqaxo’rlar, yosh bola bilan uyda o’tiruvchilar, uzoq muddatga ta’til oluvchilar, va yangi ishga
joylashish maqsadida qayta tayyorgarlikdan o’tuvchilardir.
Hozirgi vaqtda ishsizlikning uch turi mavjud:
1.
Tarkibiy o’zgarishlar bo’layotgan davrdagi ishsizlar;
2.
Iqtisodiyotning me’yorda harakat qilishi davridagi ishsizlar;
3.
Qisqa muddatli iqtisodiy inqirozlar bilan bog’liq ishsizlar.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalar bandlik darajasini qisqartirib ish haqini oshiradi va
aksincha ish haqini pasaytirib bandlilik darajasini oshiradi. Boshqacha qilib aytganda, korxonalar
mahsulot bahosini oshirib, bandlikni oshiradi. Korxona uchun eng muximi ish haqi darajasining
maxsulot bahosiga nisbati hisoblanadi. Bunday holatda, ish haqi maxsulot bahosiga nisbatan tezroq
o’ssa, korxona ozroq xodimlarni yollaydi.
To’liq bandlik amalga oshirilgan taqdirda ham ishsizlar bo’ladi.
Barcha mamlakatlar qatori O’zbekistonda ham mehnat bozoriga uchta asosiy omil ta’sir
ko’rsatadi:
1.
Tabiiy-resurs,
2.
Demografik,
3.
Ijtimoiy-iqtisodiy
Qishloq xo’jaligida mehnat bilan bandlik quyidagi omillarga bog’liq:
Qishloq xo’jaligida mehnat bilan bandlikka to’sqinliq qiluvchi omillar:
1.Og’ir mehnat sharoitlari;
1.Agrar sektorda ijtimoiy sferaning kuchsiz rivojlanishi;
2.Mamlakat hududlari bo’ylab qishloq xo’jaligida mehnat resurslarining notekis taqsimlanishi;
3.Ishchi kadrlarning yetarlicha tayyorlanmasligi: mexanizatorlarning, quruvchilarning
chorvadorlarning va boshqalarning;
4.Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi samaradorligining pastligi;
5.Qishloq joylarda ishsizlar sonining o’sishi;
6.Yoshlarning qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi sferasidan chiqib ketishi.
Mehnatga yaroqli aholi sonining o’sish sur’ati va mehnatga bo’lgan talabning miqdori
o’rtasidagi nisbatni ifodalovchi demografik omil mehnat bozori orqali keskin barkarorlashtiriladi. Bu
omilning ta’siri bizning respublikada o’z ta’sirini hali ham yo’qotgan emas.
Shuningdek, ishsizlik darajasiga quyidagi ijtimoiy-iqtisodiy omillar ham keskin ta’sir qiladi:
•
Ishlab chiqarishning inqirozga uchrashi;
•
Maxsulot ishlab chiqarishdagi tarkibiy o’zgarishlar;
•
Mulkchilik shakllaridagi o’zgarishlar(xususiylashtirish);
•
Moliya-kredit, investisiya, tashqi iqtisodiy sfera va daromadlar sferasidagi vaziyatlar.