• Uchinchidan
  • Microsoft Word 01 Kishlok xujalik ishlab chikarish iktisodiyoti




    Download 8,59 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet151/386
    Sana30.05.2024
    Hajmi8,59 Mb.
    #257248
    1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   386
    Bog'liq
    qorakol

    Birinchidan,
    qishloq mehnatkashlarining ishlab chiqarish vositalaridan va o’z mehnatlarining 
    natijalaridan, ularni sotishdan keladigan foydadan uzoqlashuvi. Bu esa ish kuchining ishlab chiqarish 
    vositalari bilan qo’shilishi munosabatini xodim bilan davlat o’rtasidagi tovar aloqasi shaklida 
    ko’rsatadi. 
    Bozor munosabatlariga o’tish bilan tovar ishlab chiqaruvchilarning iqtisodiy alohidaligi darajasi 
    keskin o’sadi; xo’jalik faoliyati va ish o’rnini tanlashdagi muqobillikning kengayishi, xo’jalik yuritish 
    shakllari va mehnat haqi, shuningdek regionlar o’rtasidagi farq qiluvchi qishloq xo’jaligi korxonalari 
    o’rtasida ish kuchi aralashib ketishining kuchayishisiz sodir bo’lmaydi. 
    Ikkinchidan
    , ish kuchini takror ishlab chiqarishda qiymat qonunining tan olinmasligi, xodimlar 
    malakasi va ular bajarayotgan ishning murakkabligini hisobga olmaslik, ish haqi miqdori bilan ish 
    kuchining qiymatini qoplash uchun talab qilingan xarajatlar o’rtasidagi uzilishga olib keldi. Bozor 
    sharoitida malakali ish kuchini jalb qilish uchun raqobat rivojlanishi bilan qishloqda mehnat 
    munosabatlari sohasida qiymat qonunining, talab va taklif qonunining roli oshib boradi. 
    Uchinchidan,
    mehnatning bozor orqali jamiyat tomonidan tan olinish mexanizmi xodimlar 
    o’rtasida yaxshi mehnat sharoiti va yaxshi haq to’laydigan joyga bellashuvni amalga oshirishga 
    imkoniyat beradi. 
    Ish kuchi bozori - bu mazmuniga ko’ra ish kuchining harakat formasidir. Mehnat bozorining 
    rivojlanishi ish kuchiga to’laqonli haq to’lashni ta’minlaydi; ish kuchi sifatini oshirishni, 
    tashabbuskorlikni, tadbirkorlikni rag’batlantiradi; uning yuqori harakatchanligini ta’minlaydi. Bular 
    hammasi o’z o’zidan iqtisodiyotni va fan-texnika taraqqiyotini tezlashtirishga xizmat qiladi. 
    Mulkning va xo’jalik yuritishning turli tuman shakllariga o’tish sharoitida, nafaqat aniq ish o’rnini 
    tanlash erkinligini kengaytiradi, balki har bir kishiga o’z ish kuchini qo’llashga: dehqon xo’jaligida 
    ishlash, yollanma mehnat, davlat yoki kooperativ korxonalarda ishlashiga erkinlikni kengaytiradi. 
    Yashash joyini tanlashdagi erkinlik ham kengayadi. Shu bilan birga bozor munosabatlari sharoitida 
    aniq ish joyi hyech kimga kafolat qilinmaydi.
    Ish kuchi bozori ko’p hollarda qishloq xo’jaligining davlat sektori bo’lmagan bo’g’inlarida - 
    dehqon xo’jaligida, shirkat xo’jaliklarida aksiyador korxona va jamiyatlarda, aralash korxonalarda 
    namoyon bo’ladi. Shu bilan birga ish kuchi bozori davlatning faol tartibga solishiga tayanadi, ya’ni 
    vaqtincha band bo’lmaganlarga moddiy yordam, kadrlarni qayta tayyorlash tizimlarini tashkil qilish, 
    aholini bir joydan boshqa joyga ko’chirish va boshqalar orqali amalga oshiriladi.

    Download 8,59 Mb.
    1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   386




    Download 8,59 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Microsoft Word 01 Kishlok xujalik ishlab chikarish iktisodiyoti

    Download 8,59 Mb.
    Pdf ko'rish