Mehnat resurslarini iqtisodiy baholash uslubiyoti




Download 8,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet154/386
Sana30.05.2024
Hajmi8,59 Mb.
#257248
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   386
Bog'liq
qorakol

9.8. Mehnat resurslarini iqtisodiy baholash uslubiyoti
 
Yuqorida qayd etilganidek, qishloq xo’jaligi korxonalarining, jumladan fermer xo’jaliklarining 
ixtiyoridagi barcha resurslarning qiymatini aniqlash va uni asosiy vosita sifatida buxgalteriya 
balansiga kiritish masalasi muxim masala hisoblanib, u eng avvalo resurslar egalarining qanchalik 
iqtisodiy quvvatga ega ekanliklarini bildirsa, boshqa tomondan har bir resursning ishlab 
chiqarilayotgan tovar yoki mahsulotdagi ulushini aniqlash imkonini beradi.
Shunday qilib, gap qiymatini yoki bahosini aniqlash ancha murakkab bo’lgan 2 ta resurs: 
mehnat resurslari va yer resurslari haqida boradi. Ushbu bobda mehnat resurslarining qiymatini 
aniqlashning ayrim jihatlarini ko’rib chiqamiz. 


209 
Ma’lumki, qishloq xo’jaligida, erkaklar 16 yoshdan 60 yoshgacha va ayollar 16 yoshdan 55 
yoshgacha mehnat resurslari tarkibiga kiradi. Demak, bola dunyoga kelguncha va undan keyin to 16 
yoshgacha, ya’ni mehnat resursi bo’lib shakllanguncha ham davlat tomonidan, ham oilaning o’zida 
oziq-ovqat va kiyim kechak bilan ta’minlashga sarf-xarajatlar qilinadi.
Shunday ekan, mehnat resurslari shakllanishi bilan bog’liq xarajatlar ham albatta, uning 
qiymatida hisobga olinishi kerak. Shundan kelib chiqib, mehnat resurslari qiymatiga bizning 
fikrimizcha quyidagi xarajatlar kirishi kerak: 
1.Homilador ayolning bola tug’ilgunga qadar davlatdan oladigan mablag’lari; O’zbekiston 
Respublikasi “Mehnat Kodeksining” 233- “Homiladorlik va tug’ish ta’tillari” moddasiga asosan, 
ayollarga tuqqunga qadar yetmish kalendar kun va tuqqanidan keyin ellik olti kalendar kun (tug’ish 
qiyin kechgan yoki ikki va undan ortiq bola tug’ilgan hollarda — yetmish kalendar kun) muddati 
bilan homiladorlik va tug’ish ta’tillari berilib, davlat ijtimoiy sug’urtasi bo’yicha nafaqa to’lanishi va 
234 - “Bola ikki va uch yoshga to’lgunga qadar parvarishlash uchun beriladigan ta’tillar” moddasida 
Homiladorlik va tug’ish ta’tili tugaganidan keyin ayolning xohishiga ko’ra, unga bolasi ikki yoshga 
to’lgunga qadar bolani parvarishlash uchun ta’til berilib, bu davrda qonun hujjatlarida belgilangan 
tartibda nafaqa to’lanishi belgilab qo’yilgan. Bunda yuqoridagi Kodeksning 286-“Homiladorlik va 
tug’ish nafaqasi” moddasiga asosan, homiladorlik va tug’ish nafaqasi homiladorlik va tug’ish 
ta’tilining butun davrida to’liq ish haqi miqdorida to’lanadi va 287- “Bola tug’ilganda beriladigan 
nafaqa” moddasiga asosan, bola tug’ilganda bir yo’la beriladigan nafaqa to’lanadi. Har bir tug’ilgan 
bola uchun beriladigan nafaqaning miqdori va uni to’lash tartibi qonun hujjatlari bilan belgilab 
qo’yiladi. Bu miqdor “Davlat ijtimoiy sug’urtasi bo’yicha nafaqalar tayinlash va to’lash tartibi 
to’g’risida Nizomning 6-“Bola tug’ilganda beriladigan nafaqa” paragrafi 79-bandi bo’yicha, bola 
tug’ilganda beriladigan bir martalik nafaqa O’zbekiston Respublikasi hududida belgilangan eng kam 
oylik ish haqining ikki baravari miqdorida beriladi. 
2.Tug’ilgandan keyin bola 16 yoshgacha bo’lgan davrda davlat tomonidan qilinadigan 
xarajatlar;
Demak, bola tug’ilishi bilan bog’liq barcha xarajatlar yuqoridagi 1 band bo’yicha hisobga olinar 
ekan. Bu yerda esa undan keyingi, ya’ni kamida bola 1 yoshga to’lgandan boshlab to 16 yoshga 
kirgunga qadar bo’ladigan xarajatlar hisobga olinadi. Bu xarajatlar ham 2 ga bo’linib, biri davlat 
tomonidan va ikkinchisi oilada sarflanadigan xarajatlardir. Bu bandda davlat tomonidan qilinadigan 
xarajatlar hisoblanadi. Aholining hayoti davomida salomatligini saqlash va faoliyatini ta’minlash 
uchun tibbiy me’yorlar darajasida ovqatlanishi va kiyim-kechakka bo’lgan extiyojini qondirishi 
zarur. Bu esa 5 yilda bir marta uslubiy tavsiyalar asosida aniqlashtiriladigan iste’mol savati deb 
nomlanadigan oziq-ovqat mahsulotlari, boshqa nooziq-ovqat tovarlari, shuningdek aholiga 
ko’rsatiladigan xizmatlarning to’plamida o’z ifodasini topadi. U ta’kidlanganidek oziq-ovqat, 
nooziq-ovqat va xizmat savatchalaridan iborat bo’ladi. Bir vaqtning o’zida uchchala savat ham 
insonning faoliyati uchun zarur hisoblanadi. Shulardan oziq-ovqat savati bir kishining bir oyda 
ovqatlanishi uchun ketadigan mahsulotlar miqdorini bildirib, bu yerda mahsulotlar iste’mol 
qilishning minimal me’yori asos qilib hisoblaniladi. Demak, kishilar iste’mol qiladigan barcha oziq-
ovqat mahsulotlarining tibbiy me’yorlar darajasidagi miqdorini, 16 yoshgacha bo’lgan yosh 
kategoriyalari bo’yicha hisoblab, shuningdek ularga kiyim-kechak borasidagi xarajatlarni ham 
qo’shib hisoblab taxminiy holatdagi sarf xarajatlarni hisoblab chiqarish mumkin bo’ladi. 
3.Oilada bola 16 yoshga to’lguncha, sarf qilinadigan o’rtacha xarajatlar; Xuddi yuqoridagidek, 
oilada ham bolalarni to balog’at yoshigacha, ya’ni 16 yoshgacha bo’lgan davrda ularga kerak 
bo’ladigan oziq-ovqat, kiyim-kechak va boshqa zarur xarajatlarni me’yor darajasida hisoblab chiqib, 
aniqlash mumkin.


210 
Hisob-kitoblarga qaraganda eng ko’p energiya talab qilinadigan yoshlar – bu 13-18; 18-59 va 
10-13 yoshlar oralig’i bo’lib, ularda bir sutkada mos ravishda – 2914; 2834 va 2738 k/kal. energiya 
talab qilinar ekan
6
.
Demak, 16 yoshgacha bo’lgan o’smirga ham davlat tomonidan va ham oilada sarflanadigan 
xarajatlarni birgalikda qo’shib, hisoblab chiqib ana shu yoshgacha bo’lgan o’smirni voyaga yetkazish 
bilan bog’liq jami xarajatlarni aniqlash mumkin bo’ladi. 
Ushbu bandlarning yig’indisi bizningcha, 16 yoshli o’smirning, ya’ni shakllangan mehnat 
resursining o’rtacha qiymatini tashkil qiladi. 
Mehnat resurslarining nafaqa yoshigacha bo’lgan davrgacha ishlaydigan vaqtlarini hisoblasak: 
u erkaklar uchun 44(60-16) yil va ayollar uchun 39(55-16) yilga teng. O’rtacha esa 41,5(44+39=83:2 
) yilni tashkil qiladi. O’rganilayotgan davrga qarab, ana shu 41,5 yil(mehnat resursining yoshiga 
qarab o’zgaradi), hukumat tomonidan turli davrda o’zgartirib turiladigan minimal ish haqi miqdoriga 
ko’paytiriladi. Shuningdek, mehnat resurslarining qiymatiga, minimal ish hakidan ortiqcha va barcha 
to’lovlardan kolgan nominal ish haqi ham kiritiladi. Xorijiy va MDH davlatlari olimlarining 
tadqiqotlarini tahlil qilgan holda, o’zimizning amaldagi qabul qilingan hujjatlar asosida va mahalliy 
shart-sharoitlardan kelib chiqib, mehnat resurslarining qiymatini quyidagi formulada hisoblash 
mumkin deb, uni tavsiya qilamiz:
)
(
5
,
41
*
ÌÈÕ
ÍÈÕ
ÌÈÕ
ÎÕ
ÄÌ
Ì
ÌÐÊ

+
+
+
+
=
Bunda: 
MRQ
-
 1 ta mehnat resursining qiymati, so’m hisobida; 
М
-
bola tug’ilgunga qadar davlat tomonidan beriladigan o’rtacha mablag’lar, so’m hisobida; 
ДМ

bola tug’ilgandan keyingi 16 yoshga to’lgunga qadar davlat tomonidan beriladigan 
o’rtacha mablag’lar, so’m hisobida; 
ОХ

bola tug’ilgandan keyingi 16 yoshga to’lgunga qadar oila tomonidan unga sarflangan 
o’rtacha xarajatlar, so’m hisobida; 
MIH
- o’
zgarib turuvchi minimal ish haqi miqdori, so’m hisobida; 
41,5

mehnatga qobiliyatli davr(yoshga qarab o’zgarib turuvchi raqam), yil; 
(NIH-MIH)- barcha to’lovlardan va minimal ish haqidan keyingi nominal ish haki, so’m hisobida. 
Mazkur usul bilan aniqlangan 1 ta mehnat resursining qiymatini jami mehnat resurslari soniga 
ko’paytirib, jami paxtachilik majmuasi korxonalaridagi mehnat resurslari qiymatini hisoblash 
mumkin. Paxtachilik majmuasi samaradorligini aniqlashda bir yillik mehnat resurslarining qiymati 
qo’shiladi, xolos. Uni aniqlashda quyidagi formuladan foydalanishni tavsiya qilamiz: 
P
ÌÐÊ
YQ
ÌRO
=
`
bunda 
MRO’YQ 

mehnat resurslarining o’rtacha yillik qiymati, so’m;


mehnat resurslarining ishlab chiqarish jarayonida o’rtacha ishtirok etish davri, yil. 
 

Download 8,59 Mb.
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   386




Download 8,59 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Mehnat resurslarini iqtisodiy baholash uslubiyoti

Download 8,59 Mb.
Pdf ko'rish