Mehnat unumdorligi tushunchasi, ko’rsatkichlari, ularni hisoblash uslublari va




Download 8,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet156/386
Sana30.05.2024
Hajmi8,59 Mb.
#257248
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   386
Bog'liq
qorakol

9.10. Mehnat unumdorligi tushunchasi, ko’rsatkichlari, ularni hisoblash uslublari va 
oshirish imkoniyatlari 
 
Qishloq xo’jaligida mehnat unumdorligi, xodimlarning bir birlik vaqtda ma’lum bir 
miqdordagi mahsulot ishlab chiqarish uchun sarf qilgan aniq mehnat qobiliyatini aks ettiruvchi, 
iqtisodiy kategoriyadir. Alohida turdagi qishloq xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishda mehnat 
unumdorligini hisoblash uchun, natural birlikda, ya’ni sentnerda hisoblaniladi. Alohida 
(dehkonchilik, chorvachilik) tarmoqlarida yoki butun qishloq xo’jaligida mehnat unumdorligini 
hisoblash uchun, ular turli mahsulot bo’lganligi uchun, qiymat shaklida pulda hisoblaniladi. Bu 


212 
maqsad uchun joriy yoki xarid, shuningdek taqqoslama baholardan foydalaniladi. Turli shakldagi 
xo’jaliklarda, qishloq xo’jaligi yalpi mahsuloti qiymatini hisoblashda joriy baholardan foydalaniladi. 
Bir necha yillik mahsulot qimmatini dinamikada o’rganishda taqqoslama baholar qo’llaniladi.
Ta’kidlash kerakki, qishloq xo’jaligida pulda baholangan yalpi mahsulot ko’rsatkichini mehnat 
unumdorligini hisoblash uchun foydalanish mehnat xarajatlari samaradorligi haqida yetarli darajada 
to’liq va obyektiv tasavvur bermaydi. Chunki yalpi mahsulotda takroriy hisob-kitoblar, mahsulotning 
tovar bo’lmagan qismi qiymatining pasaytirilishi, material sig’imining ta’siri va boshqalar kabi 
kamchiliklar borki, ular mehnat unumdorligi darajasini va dinamikasini buzib ko’rsatadi. Bu esa 
mahsulotning mehnat sig’imini pasaytirishga va sifatini oshirishga undamaydi. Qishloq xo’jaligida 
mehnat unumdorligini ancha aniq hisoblash uchun yalpi mahsulot(YaM)dan emas, balki sof 
mahsulot(SM)dan foydalanish tavsiya etiladi. Chunki yangidan yaratilgan qiymatda takroriy hisob-
kitoblar va moddiy xarajatlarning ta’siri kamayadi. Sof mahsulot ko’rsatkichidan foydalanib, mehnat 
unumdorligini hisoblash alohida bir xo’jalikda mehnat xarajatlari samaradorligining aniq darajasini 
aks ettiradi. Hozirgi sharoitda bu ko’rsatkich ish kuchidan foydalanish samaradorligi ko’rsatkichlari 
tizimida birinchi darajali ahamiyat kasb etadi.
Mehnat unumdorligini hisoblashda mehnat xarajatlarini o’lchash uchun ish vaqtining 
davomiyligidan foydalaniladi. Qishloq xo’jaligida ish vaqti birligi sifatida, sof ish vaqti xarajatlarini 
aks ettiruvchi, kishi/soatlari, bir xodimning ish kuni(kishi/kunlari) va yil davomida ish vaqtini 
yig’indisini aks ettiruvchi, xodimlarning o’rtacha yillik sonidan foydalaniladi.
Mehnat unumdorligi(MU) darajasi natura yoki qiymat shaklidagi qishloq xo’jaligi mahsulotlari 
turlarining miqdorini (MM) yoki bajarilgan ishlar hajmini (IX) yohud mahsulot qiymatini (MQ) shu 
mahsulotni ishlab chiqarish uchun sarflangan ish vaqti miqdoriga (IVM) bo’lib topiladi. 
Shunday qilib, mehnat unumdorligining asosiy ko’rsatkichi quyidagicha aniqlanadi: 
m
so
m
m
mlrd
`
.
ln
6
,
8231
.
ln
3
,
3
.
2
,
27164
XS
yoki
IVM
MQ
yoki
MM(IX)
MU
=
=
=
Yuqorida keltirilgan nisbatning teskari ko’rsatkichi mahsulotning mehnat sig’imi deyiladi va 
quyidagicha aniqlanadi: 
m
so
m
mlrd
m
`
.
ln
0000001
,
0
.
2
,
27164
.
ln
3
,
3
MQ
yoki
MM(IX)
XS
yoki
IVM
MS
=
=
=
Respublika qishloq xo’jaligida 2012 yilda 27 trln. 164 mlrd. 200 mln. so’mlik qishloq xo’jaligi 
mahsuloti ishlab chiqarilgan bo’lib, qishloq xo’jaligida band bo’lganlarning o’rtacha yillik soni – 3 
mln. 300 ming kishini, yillik o’rtacha 1 xodimga to’g’ri kelgan yalpi mahsulot esa 8231,6 mln. 
so’mni tashkil etgan. 
Mehnat unumdorligi qancha yuqori bo’lsa, mehnat sig’imi shuncha past bo’ladi va aksincha, 
ammo mehnat unumdorligining oshish sur’ati mehnat sig’imining pasayish sur’atiga teng bo’lmaydi.
Mehnat unumdorligi va mehnat sig’imi o’rtasida funksional bog’lanish mavjud bo’lib, u 
quyidagicha ifodalanadi: 
;
MS
-
100
100
*
MS
MU

=
;
MU
100
100
*
MU
MS
+

=
∆MU - joriy yilda baza yiliga nisbatan mehnat 
unumdorligining o’sishi, %; 
∆MS - joriy yilda baza yiliga nisbatan mehnat 
sig’imining pasayishi, %;


213 
Agar MS 15%ga pasaysa, unda mehnat unumdorligi
15*100 
(----------- ) 18% ga oshadi,
100-15
15*100 
agar mehnat unumdorligi 15%ga oshsa, unda MS (---------- ) 13% ga
100+15 
pasayadi.
Mehnat xarajatlarining qo’shilish tarkibiga qarab, mehnat sig’imi bir qancha turlarga bo’linadi: 
1. Texnologik mehnat sig’imi;
2. Xizmat ko’rsatishdagi mehnat sig’imi; 
3. Ishlab chiqarishdagi mehnat sig’imi;
4. Ishlab chiqarishni boshqarishdagi mehnat sig’imi;
5. Mahsulotning to’liq mehnat sig’imi.
1).Texnologik mehnat sig’imi (MSt) - o’z ichiga xodimlarining aniq mahsulot ishlab chiqarish 
bo’yicha alohida texnologik operasiyalaridagi mehnat xarajatlarini oladi; 
2).Xizmat ko’rsatishdagi mehnat sig’imi(MSxk) o’z ichiga ishlab chiqarishga xizmat qiluvchi
va yordamchi tarmoq xodimlarining mehnat xarajatlarini oladi (mashina-traktor ustaxonasi, 
avtotransport va boshqalarni); 
3).Ishlab chiqarishdagi mehnat sig’imi(MSi/ch) o’z ichiga texnologik va xizmat ko’rsatish 
mehnat sig’imlarini oladi: 
MSxk
MSt
i/ch
MS
+
=
4).Boshqarishdagi mehnat sig’imi (MSbosh) o’z ichiga mahsulotga o’tkazilgan umum ishlab 
chiqarish va umumxo’jalik xarakteridagi boshqarish xodimlarining mehnat xarajatlarini oladi. Bunga 
xo’jalik rahbarlari va mutaxassislari, funksional bo’lim xodimlarining mehnat xarajatlari kiradi: 
MXux
MXui/ch 
MCbosh 
+
=
5).Mahsulotning to’liq mehnat sig’imi (MSto’l) barcha yuqoridagi turdagi mehnat 
sig’imlarini ifodalaydi: 
MSbosh
MSi/ch
MSxk
MSt 
MSto`l
+
+
=
Mahsulot ishlab chiqarishga sarf qilingan mehnat xarajatlarini 2 guruhga bo’lish qabul qilingan: 
1.Jonli mehnat xarajatlari. Bevosita qishloq xo’jaligida ishtiroq etayotgan xodimlarning ish 
vaqti; 
2.Buyumlashgan mehnat xarajatlari. U o’z ichiga mashina, mineral o’g’itlar va boshqalarda 
buyumlashgan sanoat xodimlarining mehnatini hamda ishlab chiqarishning oldingi bosqichlarida va 
urug’, yem-xashakda va qishloq xo’jaligidan chiqadigan mehnat predmetlarida buyumlashgan
mehnat xarajatlarini oladi. 
Ishlab chiqarish jarayonida yetakchi rolni jonli mehnat o’ynaydi, chunki u buyumlashgan 
mehnat yaratgan ishlab chiqarish vositalarini harakatga keltiradi. Buyumlashgan qishloq xo’jaligi 
mehnati buyumlashgan sanoat mehnatiga nisbatan kam samarali, chunki keyingisi qishloq xo’jaligini 
texnika bilan ta’minlashda muhim rol o’ynaydi. Hozirgi vaqtda jonli mehnatning unumdorlik 
darajasini faqat mahsulot ishlab chiqarishning yakunlovchi bosqichida hisoblash qabul qilingan. 


214 
Buyumlashgan mehnat xarajatlari qishloq xo’jaliginiki va sanoatniki bo’lishidan qat’iy nazar, 
ishlab chiqarishning oldingi boskichidagi mehnat xarajatlari hisoblanadi, bevosita ish vaqtida 
hisoblanilmaydi, ularning hisobi mahsulot tannarxini pul shaklida hisoblashda amalga oshiriladi. Shu 
bilan birga faqat jonli mehnat xarajatlarini baholash ijtimoiy mehnatning haqiqiy tejamini oshirib 
yuboradi, buyumlashgan mehnat xarajatining samaradorligi esa noma’lum bo’lib qolaveradi. Buning 
ustiga hozirgi sharoitda qishloq xo’jaligida har yili mahsulot ishlab chiqarishda buyumlashgan 
mehnat sarfi oshib bormoqda. Shuning uchun jonli mehnat xarajatlari samaradorligini baholash bilan 
bir qatorda, sanoat ishchilari va buyumlashgan qishloq xo’jaligi mehnati xarajatlaridan foydalanish 
samaradorligi qanday ekanligini bilish muhimdir. 
Ijtimoiy mehnat unumdorligi to’g’risida ancha to’liq va aniq ma’lumotga ega bo’lish uchun 
jami mehnat xarajatlari, ya’ni mahsulot birligiga hisoblangan jonli va buyumlashgan mehnat 
xarajatlarini birgalikda tahlil qilish muhim, ammo o’ta murakkabdir. 
Yuqoridagi tushunchalarni hisobga olib mehnat unumdorligi tor va keng ma’noda ko’rib 
chiqiladi. Tor ma’noda mehnat unumdorligi, faqat jonli mehnat xarajatlarini (JMX) hisobga oladi 
va quyidagicha aniqlanadi: 
JMX
MQ
yoki
MM(IX)
MU
=
Keng ma’noda mehnat unumdorligini ko’rib chiqishda ham jonli, ham buyumlashgan mehnat 
xarajatlari (BMX) hisobga olinadi va quyidagicha aniqlanadi: 
BMX
JMX
T
+
=
Shuni hisobga olib, keng ma’nodagi mehnat unumdorligi quyidagicha hisoblanadi: 
;
BMX
JMX
MQ
yoki
MM(IX)
MU
+
=
yoki
;
MQ
yoki
MM(IX)
MU
Tannarx
=
Qishloq xo’jaligida jonli mehnat xarajatlari 2 ga bo’linadi: 
1.Bevosita; 
2.Bilvosita. 
1).Bevosita xarajatlar - ma’lum bir ekin yoki chorva turlariga xizmat qiluvchi, dehqkonchilik 
va chorvachilik xodimlarining mehnat xarajatlari. Mahsulot ishlab chiqarishda qatnashish darajasi 
nuqtai nazaridan bevosita mehnat xarajatlari qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishida harakat qiladigan 
ijtimoiy mehnatning tarkibidagi faol va katta hajmni tashkil qiladigan mehnat massasini ifodalaydi; 
2).Bilvosita xarajatlar - bevosita ishlab chiqarishda qatnashmaydigan, balki ishlab chiqarishni 
tashkil qilishda, boshqarishda va alohida tarmoqqa xizmat ko’rsatuvchi xodimlarning mehnat 
xarajatlari.
Hozirgi vaqtda, qishloq xo’jaligida mehnat unumdorligi darajasini aniqlash uchun faqat 
bevosita mehnat xarajatlari(texnologik mehnat sig’imi)ni olish qabul qilingan. Bu boshqaruv va 
xizmat ko’rsatish personallari mehnat xarajatlarini mahsulot turlari bo’yicha taqsimlashning ba’zi bir 
qiyinchiliklaridan kelib chiqadi. Qishloq xo’jaligida texnika taraqqiyotining rivojlanishi va qishloq 
xo’jaligida mutaxassislar sonining o’sishi natijasida bilvosita mehnat xarajatlari salmog’i o’sishi 
kerak. Lekin hozirgi bizning iqtisodiyotimizda bunga erishilganicha yo’q. Shunday bo’lishiga 
qaramasdan, jonli mehnat unumdorligi darajasini ancha aniqroq hisoblash uchun, shuningdek 
bilvosita mehnat xarajatlarini ham hisobga olish maqsadga muvofiq bo’ladi. Chunki bu xarajatlarni 
ham tarmoq bo’yicha, ekin va chorva turlari bo’yicha va bevosita mehnat xarajatlariga proporsional 
mahsulot bo’yicha ham taqsimlash mumkin. Shularni hisobga olib, jonli mehnatning jami 


215 
xarajatlarini topamiz. U o’z ichiga bevosita va bilvosita mehnat xarajatlarini oladi va quyidagicha 
aniqlanadi: 
Bil.X
Bev.X
JMX
+
=
Demak, jami mehnat xarajatlari esa - jonli mehnat xarajatlari (JMX), shuningdek buyumlashgan 
(sanoat ) mehnat xarajatlari (BMXs ) va qishloq xo’jalik mehnat xarajatlari ( MX qishloq xo’jalik ) 
ni o’z ichiga oladi va quyidagicha hisoblanadi: 
BMX
MXk/ch 
BMXs
JMX
Bil.X
Bev.X
JamiMX
+
+
+
=
Qishloq xo’jaligida mehnat unumdorligi darajasini ifodalovchi ko’rsatkichlar tizimidan 
foydalaniladi. Ish kuchidan foydalanish samaradorligini baholash uchun ko’rsatkichlar tizimidan 
foydalanish zaruriyati: birinchidan, mehnat unumdorligini uning barcha darajalarida, ya’ni bir butun 
qishloq xo’jaligida, uning alohida tarmoqlarida va alohida mahsulot turlari ishlab chiqarish bo’yicha, 
har tomonlama tavsifini ta’minlash zaruriyati. Ikkinchidan, qishloq xo’jaligida iqtisodiy jarayonlar 
biologik jarayonlar bilan qo’shilib ketgan, ish davri esa ishlab chiqarish davri bilan mos kelmaydi. 
Bu yerda mehnat sarfi vaqti bilan uning pirovard natijasi – mahsulot olish vaqti o’rtasida tafovut 
kuzatiladi. Mehnat unumdorligining ko’rsatkichlar tizimi uni ishlab chiqarishning pirovard natijasi 
sifatida ham, uning alohida bosqich va operasiyalarida ham aks ettiradi. 
Qishloq xo’jaligida mehnat unumdorligini xarakterlaydigan ko’rsatkichlar klassifikasiyasi 
quyidagicha: 
I. Asosiy ko’rsatkichlar: 
1).Natural: 
a).1 xodimga to’g’ri kelgan mahsulot miqdori; 
b).1 kishi/soatiga to’g’ri kelgan mahsulot miqdori; 
v).1 s - mahsulotning mehnat sig’imi; 
2).Qiymat: 
a).1 xodimga to’g’ri kelgan yalpi yoki sof mahsulot qiymati. 
b).1kishi/soatiga to’g’ri kelgan yalpi va sof mahsulot qiymati. 
v).100 so’mlik yalpi va sof mahsulotning mehnat sig’imi. 
II. Qo’shimcha ko’rsatkichlar: 
1).Xususiy ko’rsatkichlar: 
a).Ish kunida bajarilgan ishlar hajmi, soat; 

Download 8,59 Mb.
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   386




Download 8,59 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Mehnat unumdorligi tushunchasi, ko’rsatkichlari, ularni hisoblash uslublari va

Download 8,59 Mb.
Pdf ko'rish